O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Giyohvand moddaning ishlov berilgan eritmalariga quyidagilar kiradi


Download 0.82 Mb.
bet101/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Giyohvand moddaning ishlov berilgan eritmalariga quyidagilar kiradi:
1. Agarda o’simlik uy sharoitida qo’lda tayyorlangan bo’lsa, jigarrang tusdagi eritma bo’lib quyuq damlangan choyga o’xshaydi, biroq tindirib qo’yilsa, tiniqroq, rangi ochroq tagida cho’kma hosil bo’ladi. Uni "qora eritma" va qoracha deyishib, uni qo’rqmasdan vena tomiriga yuborishadi.
Ampulalardagi tiniq eritma penitsillin flakonlariga o’xshash idishlarda bo’ladi. Uni "morfin gidroxloridi" deb yuritiladi. Geroin-yashirin ravishda laboratoriyalarda tayyorlanadi. Rangi oq, kulrangroq- jigarrang mayda kukun, badbo’y hidli poroshok.
Hozirgi vaqtda kokaindan kuchli "KREK" va eng xavfli "AYS" preparatlari sintez qilingan. Bu preparatlar arzonroq bo’lib, tez tarqaladi. Bulardan tashqari, yana bir qancha kayf qildiruvchi vositalar, gallyutsinogenlar, kannabiollar "LSD" va tayyorlanadi.
Giyohvand moddalar inson organizmiga markaziy va pereferik ta'sir ko’rsatadi.
Markaziy ta'sirida ikki xil farmakologik ta'siri namoyon bo’ladi, ya'ni u bir nechta mirkazlar faoliyatini susaytirsa, boshqalarini qo’zg’atadi.
Markaziy ta'siriga quyidagilar kiradi:
a) og`riqsizlantiruvchi ta'siri;
b) eyforiya (kayfi-safo, dimog’ichog’lik) chaqirish;
v)qaram (jismoniy va ruhiy) bo’lib qolishlik;
g) tinchlantiruvchi ta'siri;
d) uxlatuvchi ta'siri;
j) nafas markaziga ta'siri;
z) tana haroratini –tushiruvchi ta'siri;
e) yo’tal va qusish markaziga ta'siri va shu kabilar.
Pereferik ta'siri: me'da- ichak a'zolari silliq muskullariga ta'siri (spazmolitik, og`riqni qoldiruvchi, bo’shashtiruvchi).
Giyohvand moddalarni turli sabablarga ko’ra,shifokor ko’rsatmalarisiz surunkali ravishda istemol qilinishi oqibatida giyohvandlik kelib chiqadi. Giyohvandlar o’z salomatligini, obro’-e'tiborini yo’qotgan, nogiron odamlardir. Bular davolash maqsadida beriladigan giyohvand moddaga nisbatan 2-10 martadan ortiq dozadagi giyohvand modda qabul qiladilar. Giyohvand moddani dastlab qabul qilinganda odamda kayf qilish- eyforiya vujudga keladi. Bunday kayfiyatni hosil qilish uchun o’smir yana giyohvand moddani qabul qiladi, so’ng giyohvand moddani ist'emol qilish odatga aylanib qoladi. Endi u giyohvand moddani qabul qilmasdan tura olmaydi. Organizmning reaktivligining kamayishi va giyohvand moddaga o’rganib qolishi tufayli odam giyohvand bo’lib qoladi. Giyohvandlikning shakllanishi va rivojlanishi uch bosqichda kechadi:

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling