O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- OITSning oldini olish choralari.
Buyrak kasalligi turi .
Davosi. Shu vaqtgacha ko’p dorilar tekshirib ko’riladi, lekin ularning bittasi ham yaxshi natija bermadi. Davolash printsipi quyidagichadir: 1.OITS virusiga ta'sir qilish. 2.Organizmning immun holatini yaxshilash, ya'ni immunostimulatsiya usuli. 3.Paydo bo’lgan har turli opportinustik (yondosh) kasalliklarga qaratilgan davo usullari. OITS (SPID)ga qarshi azidotimidin qo’llaniladi. Hozir bu dorini 15 mingdan ziyod kishi qabul qiladi. Davolanuvchilar orasida foydali yakun topgani 11%ni tashkil etadi, ayni vaqtda bu dorini qabul qilmaydiganlar 10%ni tashkil etadi. Bundan tashqari ritinovir, indinavir preparatlari virusga ta'siri kuchli deb hisoblanadi. Ammo virus juda tez uz xususiyatlarining o’zgarishiga ega bo’lganligi sababli qo’llaniladigan preparatlarning effektivligi tez pasayadi. OITSning patogenetik va simptomatik terapiyasiga ham katta ahamiyat berilayapti. Bundan tashqari yondosh kasalliklarni davolash usullari ham keng qullaniladi. Masalan: Zamburuqqa qarshi terapiya, isitma hamda ich ketishga qarshi kurashish va h.k: OITSning oldini olish choralari. Keng ko’lamda xavfli guruxlarga kiruvchi kishilar orasida sanitariya ma’orif ishlarini olib borish, ommaviy axborot vositalari orqali hamda maxsus varaqalar, risolalar, shaxsiy oldini olish vositalari va OITSning tarqalish yo’llari to’g’risida adabiyotlar chop etilib, aholi o’rtasida tashviqot ishlarini olib borish. Virus tashib yuruvchilarni aniqlash maqsadida ommaviy ravishda tekshirishlarni rejalashtirish. Qon zardobida OITSga antitelo bo’lgan kishilarni donorlikga qo’ymaslik, OITSga chalingan bemor va bolalarga muolaja qilish, tibbiyot xodimlari zararlanishining oldini olish choralarini ko’rish, OITS infektsiyasi manbai, uning yuqish yo’llarini nazorat qilish, chunki qiyin infektsiya manbalarining xili juda ko’p, ularni xozircha butunlay nazorat qilish mumkin emas. Xuddi shunga o’xshash kasalliklarning yuqish yo’llari ham ko’p. Birdan bir natijaga erishish mumkin bo’lgan yo’l, OITSga qarshi alohida immunitet paydo qilish, ya'ni emlashdir, oxirgi yillarda bu masala ustida ko’p ishlar qilinmoqda. Dastlabki natijalar yomon emas. O’zbekiston Respublikasida OITS kasalligi va uning tarqalishiga qarshi qator tadbir va choralar ko’rilmoqda. O’zbekiston bo’yicha 14 ta markaz tashkil etilgan. Ularning ishlarini Respublika OITS markazi tekshirib boradi. Shu markazlarga qarashli 82 ta OITS laboratoriyalari bo’lib, ular qon quyish stantsiyalari, maslahat aniqlash markazlari, shaxar va tuman markaziy kasalxonalari, teri- tanosil dispanserlari, ilmiy- tadqiqot institutlarida ochilgan. Bundan tashqari 100ga yaqin ishonch xonalari mavjud. Eng muhimi OITSning xavfli guruhlar orasidagi vakillarining qoni tibbiyot sohasida donorlik sifatida ishlatilmaslik uchun qayta- qayta tekshiruvdan o’tkazish kerak. Agar biror kishining qon zardobida OITS virusiga antitelolar borligi aniqlansa, ular keyingi hayotlari davomida virus tashuvchi bo’lib hisoblanadilar. Bunday kishilarda OITS kasalligi alomatlari bormi-yo’qmi, bari bir ular virus tarqalishi jihatidan xavflidirlar. Barcha virus tashuvchilarga OITS ni boshqalarga yuqtirmaslik to’g’risidagi oddiy tushunchalardan xabardor etish zarur. OITSning oldini olish uchun turli yuqumli kasalliklarda bir marta ishlatadigan tibbiy asboblar qo’llaniladi. Amerikada R.Gallo, Solk, Frantsiyada Montanie, Rossiyada akademik R.V.Petrov va uning shogirdlari vaktsina ishlab chiqarish ustida ishlamoqdaalar. Kashf etilgan vaktsinalar tekshirilmoqda. Olimlarning ba'zilari vaktsinani, odamlar ustida, boshqalari maymunda sinab ko’rmoqdalar. Ajab emas yaqin kelajakda yaxshi vaktsina topilar va hozircha butun kishilik jamiyatini xavotirga solgan muammo echiladi. Tibbiyot muassasalari ichida kasallik tarqalib ketishining oldini olish; qon va qon preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda virus bilan zaxarlanishiing oldini olish tadbirlari; Virus tashuvchilarni aniqlash maqsadida yoppasiga diagnostik tekshiruvdan o’tkazish; Ishonch xonalarini tibbiy muassasalar hamda o’quv yurtlarda tashkil etishi tibbiy xodimlarning virus bilan zaxarlanishining oldini olish; muolaja postlarini alohida, aptechkalar bilan ta'minlash; tibbiyot muassasalarida ishonch xonalarda infektsiyalarni oldini olish tadbirlari, tomirdan giyoxvand moddalarni qabul qiluvchilar bilan aloxida tushuntirish ishlarini olib borish; alohida seksual sohada tarbiyalash; aholi orasida ma'rifat ishlarini olib boorish, radio, televideniya, gazeta va jurnallar orqali axborat berish va infektsiyani havo–tomchi maishiy ovqatlanish orqali yuqmasligini ta'kidlab o’tish kerak. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling