Mavzu : OITS haqida tushuncha, kelib chiqish sabablari ,rivojlanishi ,
epidemiologiysi, klinik manzarasi ,davosi va profilaktikasi.
Reja:
1. Kirish. OITSning kelib chiqishi, tarixi,geografik tarqalishi, OITS qo’zg’atuvchi virusning topilishi, biologik xossalari.
2. OITS virusining tashqi muhitga chidamligi, epidimologiyasi
3. Xavfli guruhlar
4. Klinikasi .
5. Davosi , profilaktikasi.
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) - maxsus limfotrop virus ta'sirida organizmda immunitet etishmay qolishi, shuning oqibatida har xil kasalliklar paydo bo’lishi, xatarli o’smalar rivojlanishi bilan ta'riflanadigan havfli yuqumli kasallikdir. Bu virus qonga kirib olib organizmning ximoya (immunitet) sistemasining muhim bo’gimlardan biri bo’lgan oq qon tanachalari - limfositlarning ma'lum turlarini zararlantiradi. Natijada kasallangan odam mikroblar oldida ximoyasiz bo’lib qoladi va u har xil kasalliklarga chalinaverib, nihoyat o’ladi.
Oxirgi yillar davomida OITS butun er yuzida, deyarli barcha mamlakatlarda hammaning diqqatini jalb qilmoqda. OITS yil sayin tarqalib ko’payib bormoqda. Undan ko’p odamlar halok bo’lmoqda. Uni "XX asrning o’lati" deb ham atashmoqda.
Virus tashuvchilar soni dunyoda 80 mlndan oshib ketdi, shulardan 34,4 mln o’lim bilan tugagan.
Tarixiy ma'lumotlar. 1981 yili AQSH- da 5 yigit pnevmoniya bilan kasallangani va tegishli antibiotiklar bilan davolashga qaramasdan hech tuzalmagani vrachlar diqqatini jalb qiladi. Tekshirishlar natijasida, bemorlarning hammasi gomoseksualist ekanligi va ularning hammasida immunitet so’nganligi, ya'ni etishmasligi aniqlanadi. Ko’p o’tmay shunga o’xshash bemorlarni yana 26-si ma'lum bo’ladi. Ularning bir qismida pnevmoniyadan tashqari Kaposhi sarkomasi ham aniqlanadi. O’sha vaqtgacha Kaposhi sarkomasi keksaroq kishilarda uchrashi ma'lum edi.
1981 yil AQSH olimlari M.Gottlib,G.Mazkur va F.Sigallar gomoseksualistlarda uchraydigan bu kasallik shu vaqtgacha noma'lum bo’lgan va immunitet tanqisligi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik ekani haqida matbuotda axborot berdilar Ko’p o’tmay Amerika epidemiologlari bu kasallik AQSHda tez-tez uchrab turishi va u gomoseksualistlardan tashqari giyovandliklarda (narkomanlarda) ham uchrashi haqida xabar beradilar.
1982 yil AQShdagi kasallikni nazorat qilish markazi yangi kasallik reester bo’yicha ro’yxatga olingan: bu orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) deb nomlanadi. Shundan so’ng AQSh va Evropa mamlakatlarida ofitsial nom bilan atasha boshlandi. OITS (SPID) ro’yxatga alohida kasallik deb kiritildi.
1983 yili Los Anjeles (AQSh)li olim Robert Gallo va Parijdagi Paster institutining professori L.Montone OITS qo’zg’atadigan virusni topdilar. 1986 yili odam immun tanqisligi virusi OIV (VICH) deb alohida nom oldi.
OITS ning kelib chiqish tarixi. AQSh olimi R.Galloning fikricha, OITS Markaziy Afrika mamlakatidan kelib chiqqan. Uning uqtirishicha Markaziy Afrika o’rmonlarida yashovchi yashil maymunlarda OITS nikiga o’xshash virus topilgan. Bu virus o’z vaqtida odamlarga o’tgan va so’ngra Afrikalik odamlar orqali AQShga keltirilgan va tarqab ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |