O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Suyaklar singanda birinchi yordam ko'rsatish


Download 0.82 Mb.
bet91/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Suyaklar singanda birinchi yordam ko'rsatish.
Birinchi yordamdan maqsad, singan joyda osoyishtalik berish ya'ni, qotirilgan suyak siniqlarini qimirlatmaslik va og'riqni qoldirish, shuningdek, ochiq suyaklar sinishi uchun infeksiyaning oldini olish, qon ketishini to'xtatish hisoblanadi.
Suyak singanda birinchi yordamning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
1. Singan sohada suyaklarni harakatlanmaydigan qilish. 2. Shokka qarshi yoki shok rivojlanishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar o'tkazish. 3. Shikastlangan kishini davolash muassasasiga tez olib borishdan iborat. Singan sohadagi suyaklarni tezda harakatsiz qilib qo’yish (immobilizasiya) og'riqni kamaytiradi va shok rivojlanishining oldini olishda muhim rol o'ynaydi. Suyaklar ochiq singanda oyoq-qo'lni immobilizasiya qilishdan oldin jarohatga yod eritmasi yoki boshqa antiseptik modda surtish va aseptik bog'lam qo'yiladt. Jarohatdan qon oqayotgan bo’lsa, qonni vaqtincha to'xtatish usullari qo'llaniladi. Oyoqni Diterixsning transport shinasi, qo'lni Kramer (narvonsimon) shinasi yordamida immobilizasiya qilish qulay.
Transport shinalari bo'lmasa, duch kelgan materiallardan: karton,faner, taxtacha, sim,qamish va boshqa xonaki shinalar bilan immobilizasiya qilinadi.Hech qanday qo'shimcha material bo'lmaganda, immobilizasiyani shikastlangan oyoq yoki qo'lni tananing sog'lom qismiga: qo'lni gavdaga, oyoqni sog'lom oyoqqa bintlash yo'li bilan bajariladi. Transport immobilizasiya qilish uchun quyidagi qoidalar bajariladi:
1.Immobilizasiya uchun foydalaniladigan shinalar mustahkam singan sohani yaxshi ushlab turadigan bo'lishi. 2.Singan oyoq yoki qo'lning ustini biror mato bilan bekitmasdan turib, shinani qo’yish mumkin emas. 3. Singan sohani harakatlanmaydigan qilib, singan joydan yuqorida va pastdan ikkita bo'g'imda bog'lash zarur. 4. Son suyagi singanda, oyoqning hamma bo'g'imlarini mahkam bog'lash kerak. Sovuq qotish shokning rivojlanishiga olib keladi, shuning uchun, bemorni issiq qilib o'rash kerak. Imkoni boricha, bemorga og'riq qoldiruvchi dorilar qo'llash va tezda kasalxonaga yuborish zarur. Bemorni davolash muassasasiga maxsus sanitariya mashinasida yoki duch kelgan transportdan foydalanish kerak.
Bosh suyagining jaroxati yumshoq to'qimalarning, gematomalarining paydo bo'lishi va hamda bosh suyagini sinishlari va yorilishlari, bosh miyani shikstlanishi bilan kechadi.
Bosh miya funksiyasining uzulishlari jarohatning 8-15% da qayt etiladi, yopiq shikastlanishlari ochiq shikastlanishlarga qaraganda uch marta ko'proq uchraydi. Ko’cha-transport falokati oqibatida bosh miya shikastlanishlari soni 50%dan oshadi.
Bosh miyaning yopiq va ochiq shikastlanishi farqlanadi.Yopiq shikastlar ichida ko'p uchraydigani miya chayqalishi hisoblanadi. Miyani chayqalishi mexanik kuchning tezligidagi ta'siridan kelib chiqadi. Harbiy holatlarda miyani chayqalishiga snariyatlar va minalarni portlashi yoki og'ir narsalar bilan boshga urish sabab bo'ladi.
Miya chayqalishining yengil darajasida qisqa muddatli xushni yo’qotish, ba'zan bosh aylanishi, quloqlar shang'illashi, ko'ngli aynishi yoki qusish kuzatiladi. Miya chayqalishining asosiy belgilaridan biri retogrod amneziya bemor o'z xushiga kelgandan keyin jarohatdan oldinga holatini eslay olmaydi. Bu kuzatilgan narsalar 5-7 kundan so'ng asta sekin yo'qoladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling