O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Valeologiya muammaolari .Irsiyat va salomatlik . Yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlar.Irsiy kasalliklar
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarrohlik infeksiyasi. 14. Kuyish. Sovuq urishi. Elektr tokidan shikastlanish. Suyaklar sinishi. Bosh, boyin va umurtqa pogonasining shikastlanishi.
- Maruza matnlar oliy oquv yurti talabiga mos ravishda yozilgan bolib, bu toplam oliy oquv yurti talabalariga "Tibbiy bilim asoslari fanini oqitish uchun tavsiya etaman.
- Kirish. Valeologiya fani haqida tushuncha Valeologiya fanining rivojlanishi va boshqa fanlar bilan bog’liqligi Ontogenez tushunchasi
- Valeologiya o’rganadigan va hal qiladigan muammolarni quyidagilar tashkil etadi
10.Valeologiya muammaolari .Irsiyat va salomatlik . Yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlar.Irsiy kasalliklar.
11. Antiseptika va aseptika. Desmurgiya va transport immobilizasiyasi. 12. Qon ketishi. Qon va uni o'rnini bosuvchi suyuqliklar quyish. 13. Shikasttlanishlar. Bolalar shikastti. Suvga cho’qish. Yopiq va ochiq shikastlanishlar. . Jarrohlik infeksiyasi. 14. Kuyish. Sovuq urishi. Elektr tokidan shikastlanish. Suyaklar sinishi. Bosh, bo'yin va umurtqa pog'onasining shikastlanishi. 15.OITS haqida ma’lumot .OITSning klinik belgilari ,tashxisi,davolash ,oldini olish choralari. 16. Giyohvandlik haqida tushunhca.Giyohvandlikning shakllari va organizmga ta’siri. Ma'ruza matn to'plamlarini yozishda 22 ta adabiyotdan foydalanilgan. Ma'ruzalar yangi o'quv adabiyotlaridan foydalanilgan holda, tiniq, ravon, mazmunli ,sodda jumlalar bilan reja asosida bayon etilgan. Ma'ruza matnlar oliy o'quv yurti talabiga mos ravishda yozilgan bo'lib, bu to'plam oliy o'quv yurti talabalariga "Tibbiy bilim asoslari fanini o'qitish uchun tavsiya etaman. Taqrizchi: Tibbiyot fanlari doktori Madartov Q. Mavzu : Kirish .Valeologiya fani haqida ma’lumot . Fanning rivojlanishi va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Ontogenez nazariyasi va salomatlik REJA : Kirish. Valeologiya fani haqida tushuncha Valeologiya fanining rivojlanishi va boshqa fanlar bilan bog’liqligi Ontogenez tushunchasi Salomatlik omilllari va ko’rsatkichlari O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan jismonan baquvvat, ma'naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, har taraflama kamol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko’lamli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda 2000 yilni «Sog’lom avlod yili», 2005 yilni esa «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon qilinishi 2005 yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30-sonli qarori bilan «Sixat salomatlik yili davlat dasturi»ni e'lon qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan «Sihat salomatlik yili davlat dasturi»ning hayotga tadbiq etilishi va ijrosi yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejalashtirildi. Ushbu chora tadbirlar qatorida ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan tadbirlardan biri "jismoniy-tarbiya institutida, universitetlar va pedagogika, institutlarining jismoniy tarbiya fakultetlarida joriy yilning sentyabr oyidan «Valeologiya asoslari» fanini kiritish rejalashtirildi. Ushbu fanni «Boshlang’ich ta'lim va sportning tarbiyaviy ishi», «Maktabgacha ta'lim va bolalar sporti» yo’nalishlariga ham kiritilishi rejalashtirildi. Demak, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Salomatlik insonning eng ulug’vor boyligidir. Jismoniy tarbiya institutlarining asosiy vazifalaridan biri salomatlikni saqlash va mustaxkamlash sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Ammo salomatlik jarayonini idora etilishi, har bir inson uchun xos bo’lgan shaxsiy salomatlik muammolarini aniq echa bilish bilan bog’liqdir. Ma'lumki, salomatlik inson tomonidan, uning biologik va ijtimoiy faoliyatini to’liq va keng miqyosda bajarishi uchun eng asosiy omildir, o’zini namoyon qilishdagi poydevoridir. Afsuski, MDH davlatlarida turli kasalliklarga chalinish hozirgi kunda nihoyatda yuqori darajada bo’lib, gepatit, sil kasalligi, ruxiy kasalliklar, onkologik kasalliklar miqdori ortib bormoqda. Giyohvandlar va VICh infektsiya bilan zararlanganlar soni beto’xtov ortib bormoqda. Shu jumladan, alkogolizm va narkomaniyaning, "tamaki chekishning millatlar genofondiga salbiy tasir ko’rsatishi, ularning kamayib va yo’kolib ketish xavfini tug’dirmoqda. Xalqlarning 70% «hali bemor emas, lekin sog’lom xam emas» degan ibora bilan atalishiga loyiq bo’lib qolgan. Insoniyatning ma'navii jihatdan etuk bo’lishida adabiyot, san'at va dinning_aha miyati etakchi bo’lsa, intellektual rivoj lanishda ta'lim, tarbiya va ilmning ahamiyati kattadir. Jismoniy jihatdan sog’lom rivojlanishda esa jismoniy tarbiya, sport va sog’liqni saqlash tizimini ahamiyati bebahodir.Oxirgi 20 yil mobaynida olimlar tomonidan salomatlik holati uchun qanday miqdoriy va sifatli ko’rsatkichlarni asos qilib olinish zarurligi, salomatlikka xos bo’lgan hamma jarayonlarni qamrab oladigan ta'rifni " shakllantirish, salomatlikni kasallik holatidan farqlanishi, uchinchi yoki oraliq holat uchun xos bo’lgan belgilarni ajratish va qanday yo’llar va vositalar" yordamida sog’liqni saqlash va tiklash kabi muammolarni hal etish ustida ilmiy tadqiqotlar o’tkazildi . Olimlarning fikriga ko’ra, salomatlikning holatiga turli omillarning ta'siri quyidagi miqdoriy ko’rsatkichlar bilan ifodalandi: irsiyat-20%, tashqi muxit ta'siri 20%, turmush tarzi 50%,.tibbiy yordam darajasi 10%. Demak, odam salomatligi bu ijtimoiy, tashqi muxit va biologik omillarining bir - biri orasidagi murakkab munosabatlar natijasidir. Bu borada yangi ilmiy yo’nalish valyoologiya;. Fani vujudga keldi, Valeologiya so’zi yunoncha Va1eo so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi «salomat bo’lish» deganidir. Bu atama birinchi marotaba 1982 yilda_I.I. Brexman, tomonidan taklif etilgan. Valeologiya tibbiy pedagogik va ijtimoiy toifadagi fan bo’lib, ham jismonan, ham ruhan sog’lom bo’lgan millat namoyondasini tarbiyalash va takomillashtirish borasidagi zarur omillarni va uslublarni o’rganib, ularni turmushga tadbik etish kabi vazifalarni zimmasiga oladi. Valeologiyaning asl maqsadi muayyan shaxsning salomatligini nazorat qilish va ta'minlash orqali oilaning, jamiyatning, millatning va davlatning mustahkam bo’lishiga asos yaratishdir. Valeologiya fan sifatida tibbiyot, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, ekologiya, biologiya, psixologiya, xuqukshunoslik, jamiyatshunoslik hamda o’zga fanlarning inson salomatligiga tegishli asoslari jamlamasi sifatida shakllangan. RF FA ning aka demigi V.P.Petlenkoning ta'rifiga binoan, valeologiya fanining ro’yobga chiqishi bu salomatlik to’g’risidagi tafakkurningshiddat bilan olqa intilishining aksidir. "Valeologiya kafedrasi birinchi bor 1987 yilda Leningrad shahrida, vrachlar malakasini oshirish instituti qoshida professor V.P.Petlenko tomonidan tashkil etilgan. Bu fanga oid besh tomlik birinchi ilmiy va o’quv qo’llanmasi ham V.P.Petlenko qalamiga mansubdir. Valeologiya o’rganadigan va hal qiladigan muammolarni quyidagilar tashkil etadi: Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling