Ontogenez yunonchada–Onton–mavjudot ,Genezis–rivojlanish so’zlaridan olingan. Bu tushuncha 1866 yilda E.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan .
Ontogenezning 3 ta tipi farqlanadi : 1.Lichinkali rivojlanish .2. Lichinkasiz rivojlanish . 3.Ona qornida rivojlanish.
Lichinkali ontogenez tuxum hujayrada sariq modda kam bo’lgan organizmlarda kuzatiladi .Ularning lichinkasi etuk shakldan o’z tuzilishi bilan farq qiladi .
Lichinkasiz ontogenez tuxumda oziq moddalar ko’p bo’lgan organizmlarda kuzatiladi .Yosh organizmlar o’z tuzilishiga ko’ra etuk organizmlarga o’xshaydi.
Odamda va yuqori sut emizuvchilarda ona qornida rivojlanish uchraydi. Organizmning hamma hayotiy funksiyalari ona organizmi orqali amalga oshadi.
Ontogenez asosan ikki davrga bo’linadi :
1.Embrional rivojlanish davri . 2.Post embrional rivojlanish davri .
Embrional rivojlanish davrida zigota hosil bo’lishidan boshlanib tug’ilguncha davom etadi . Zigota ko’p hujayrali organizmning bir hujayrali bosqichidir u tuxum va urug’ hujayralarinig qo’shilishi natijasida hosil bo’ladi .Zigota davri juda qisqa vaqt davom etadi .
Postembrional davr bola tug’ilgandan so’ng rivojlanishi va o’lgunicha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Tayanch so’z va iboralar.
Valeologiya fani haqida ma’lumot ,jismoniy tarbiya va sportning salomarlik bilan bog’liqligi,jismoniy ko’rsatkichlar,bo’y o’lchash ,antropometriya, rivojlanish tarixi,ontogeniz, davrlari: lichinkali, lichinkasiz,ona qornida rivojlanish, embrional rivojlanish, postembrional rivojlanish.
Savollar .
1.Valeologiya fani deb nimaga aytiladi?
2.Valeologiya fanini rivojlantiradigan omillarga nimalar kiradi?
3.Jismoniy ko’rsatkichlar deb nimaga aytiladi?
4.Ontogenez deb nimaga aytiladi?
5.Embrional rivojlanish deb nimaga aytiladi?
6.Postembrional rivojlanish deb nimaga aytiladi?
Mavzu: Hujayra va to'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |