O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Valeologiyaning ta'lim tizimidagi ulug’vor maqsadi
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
Valeologiyaning ta'lim tizimidagi ulug’vor maqsadi -har bir shaxsda o’ziga nisbatan emotsional va ijtimoiy jihatdan muhim, mantiqiy, dunyoviy rivojlanishning bir namoyondasi sifatida baho berishni o’rgatishdir. Talabalarga sog’lom turmush tarzini o’rgatish va mustahkamlash deganda faqat salbiy urf-odatlardan voz kechishnigina emas, balki xarakat faolligiga asoslangan valeologik madaniyatni ham da'vat etish ko’zda tutiladi. O’zbekiston Davlat Jismoniy-tarbiya institutida sport tibbiyoti, anatomiya va biomexanika kafedralarida birinchi marotaba bakalavriyat talabalari uchun valeologiya fani bo’yicha ishchi dasturi ishlab chiqarildi. Dasturda valeologiya fanini o’rganilishi ikki qismga bo’lingan: nazariy valeologiya va amaliy valeologiya.Nazariy valeologiya tibbiy—biologik pedogogik, psixologik, ijtimoiy fanlarning ilmiy asoslariga tayangan bo’lsa, amaliy valeologiya o’z navbatida yana ikkita bo’limga ajraladi. Tashxisiy valeologiya salomatlikni o’lchov ko’rsatkichlarin aniqlash bilan chegaralansa, xususiy amaliy valeologiya organizmni sog’lomlashtirish muammolarini hal etadi.
Umumiy tushunchalardan valeologiya so’zining ta'rifi, uning maqsadi, vazifalari, kelib chiqishi va taraqqiyoti ko’rilib chiqadi. So’ng «salomatlik», «kasallik», «oraliq» yoki chegaralanuvchi xolatlar xaqidagi tushunchalar talabalar e'tiboriga tavsiya etiladi. Nazariy bo’lim quyidagi ma'ruzalar mavzularidan iborat: 1.Valeologiyaga kirish. Odam salomatligi haqida hozirgi zamon tushunchalar nazariyasi». 2.Odam organizmining individual taraqqiyot qonuniyatlari. Ontogenez nazariyasi va salomatlik. 3. Organizmning konstitutsional xususiyatlari va ularning aniqlash usullari. Konstitutsiya haqidagi nazariya va salomatlik. 4. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi bolalar va o’smirlar salomatligini tibbiy nazorat etish usullari 5. Sog’lom turmush tarzining metodologik asoslari. 6. Salomatlik va faol harakatchanlik. 7. Irsiyat va salomatlik. 8. Salomatlik va to’g’ri oziqlanish. 9. Ekologik_omillar ta'siri va salomatlik. Valeologiya bugungi kunda nisbatan yangi ilmiy va o’quv fani bo’lib, tuzilishi va uslublari jihatidan to’liq shakllangan fanlar darajasiga etmagan. Shu bilan bir qatorda, valeologiyaning kelajakda insonshunoslikka oid fanlar orasida etakchi o’rinni egallashi muayyandir. «Inson va uning salomatligi» muammolarini taxlil kilish tizimida, ayniqsa, yuqori toifali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida valeologiya beradigan bilimlar muhim o’rin tutadi. Bizning asrimizda valeologiya oliy darajada muhim bo’lgan ilmiy-pedagogik fanga aylanishiga ishonchimiz komildir.Induvidual rivojlanish yoki ontogeniz tiriklikning eng muhim xususiyatlaridan bridir .Jinsiy usulda ko’payuvchi organizmlarda ontogeniz zigotaning hosil bo’lishdan boshlanib , ularning o’limi bilan tugallanadi . Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling