O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet94/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Etiologiyasi- OITSni T- limfotrop virus qo’zgatadi. Virus hujayrasi bir zanjirli RNK bo’lib kattaligi 9.7 kb teng.Virusning RNK molekulasi nukleokapsidda joylashgan bo’lib, lipidli qatlam bilan o’ralgan. Hujayra 3 strukturali genidan iborat: glikoprotein 160, u parchalangan 120 va 41 glikoprotein hosil bo’ladi.
Virus bemorga yuqqan qondagi T-limfotsitlar aniqrog’i T-xelperlar va monotsitlarni emiradi. Bunda 120 glikoprotein T-limfotsitlarning retseptorlari bilan boglanadi va 41 glikoprotein yordamida virus odam hujayrasining membranasiga joylashadi. Nukleokapsid hujayra sitoplazmasiga o’tib u erda virus 2 zanjirli DNK sintezlanadi, hujayraning xromosomasida DNK provirusi rivojlanadi. Bu provirusning DNKsi bemorning qonida umirbod T-limfotsitlarning va monotsitlarini zararlaydi. Bemorning zararlangan T-limfotsit hujayrasida yetilgan virusning zarrachalari ko’payadi va qondagi boshqa soglom T-limfotsitlarni va monotsitlarni emiradi, shu tufayli bemorning immunitet faoliyati susayadi. Bunday bemorlar har qanday kasalliklarning oldida himoyasiz bo’lib kurasha olmay nobud bo’ladi.


Odam immuntanqisligi virusi tashqi muhitda tezda halok bo’ladi.
Virus bemorning qonida, spermasi, so’lagida, ko’z yoshida topilgan. Har xil dezinfektsiyalovchi moddalar ta'sirida tezda halok bo’ladi. 50°S da 30 minut davomida uning aktivligi 100 baravar kamayadi. Lekin u ionlashgan radiatsiyaga va ultra binafsha nurlarga nisbatan chidamlidir.
O’zbekiston Respublikasida 1987 yilda Immunalogiya institutining SPID laboratoriyasida aholi tekshirilib birinchi bemorlar aniqlangan. 1987 yildan to 1988 yilgacha 9000 aholi tekshirilgan va 119 analizda SPID kasalligi tasdiqlangan. Bulardan 64,7% chet el fuqarosi, 2,1% gomoseksualistlar, 10,2% teri tanosil bilan kasallangan bemorlar, 3,4% har kim bilan jinsiy muloqat qilganlar bemorlari bo’lgan. 1993 yilning 1 martigacha OIV infektsiyali 31 fuqarosi aniqlangan. Bunda 22 ta chet el fuqarosi, 2 tasi SNG mamlakatlarida yashovchi va 7 tasi respublikamiz aholisi bo’lib Toshkent, Farg’ona va Buxoroda yashaydiganlar bo’lishgan.
1987 yildan Respublikamizda OITSga qarshi kurash va uni oldini olish markazlari faoliyat ko’rsata boshladi. O’zbekiston Respublikasi OITSni oldini olish va unga qarshi kurashish markazi o’zining viloyatlardagi markazlari bilan ishlab faoliyat ko’rsatmoqda. 1988 yil 1 yanvardan 2001 yil yanvargacha Respublika SPID markazi tomonidan 300 dan ortiq OIV shaxslar ro’yxatga olinib, OITS dan vafot etganlar 15 kishini tashkil qilgan.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling