O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
Klinik manzarasi. Nevrosteniyaning asosiy belgilaridan biri jonga tegadigan darmonsizlikdir. Bu nerv tiziminig ortiqcha qo’zg'aluvchanligi va tezda holdan toyib qolishi bilan ifodalanadi.Bemorlar arzimagan gap yoki boshqa tashqi taasurotlardan g'azablanib, baqirish, so’kinish bilan javob beradi-yu, lekin darrov tinchlanib qoladi, bo’lib o’tgan voqealardan afsuslanib kechirim so’raydi, ba'zan yig'lashga tushadi. Kayfiyati buziladi, tushkunlikka tushadi, atrofdagilarga qiziqishi yuqoladi. Odam tez charchab qolishi tufayli mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Bemorlar xotirasi yomonligidan nolishadi. Uyqusi yuzaki bo'lib qoladi, turli vahimali, qo’rqinchli tushlar ko’ra boshlaydi.Uyqudan lanj bo'lib turadi. Boshini bir "xalta" уuк qisib turgandek bo'lib seziladigan bosh og'rig'I, yurak sohasini sanchib turishi, og’rishi, quloq shang’illasli, bosh aylanishi ko'z oldining qorong’ilashishidan nolishadi.Uarda fikrlash, o’zlashtirish, eslash qobiliyati susayadi.
Davolash. Nevrosteniyaning boshlang’ich bosqichlarida vitaminlarga boy ovqatlarni iste'mol qilish, oila va ishda xotirjam bo’lish, vrach ko'rsatmalarini o’z vaqtida bajarish bemorni tezda sog'ayib ketishiga va mehnat qobiliyatini tiklanishiga olib keladi.Bemorga uyquni yaxshilaydigan tinchlantiradigan bromidlar, trinkvlizatorlar (elenium, relanium, seduksin ba'zan uxlatuvchi dori moddalar buyuriladi, fizioterapevtik muolajalar o’tkaziladi. Og’ir hollarda davolash kursi tugagandan keyin sanatoriylarda dam olish tavsiya etiladi. Isteriya - yunoncha “hustera" bachadon degan ma'noni anglatadi. Qadimgi yunonlar bu kasallikni bachadonni organizmda aylanib yurishiga bog'liq deb hisoblagan edilar. lsteriyaning klinikasi tushga, uning ba'zi alomatlari boshqa kasalliklarning belgilariga o’xshab ketadi .Shuning uchun bu kasallikni buynk taqlidchi deb ham atashadi. Isteriya islerik tutqanoq xurujlari, vegetativ va sensimator o'zgarishlar bilan harakterlanadi.Isteriya tutqanog'i qanday bo’lmasin biror xildagi bemor ruhiyatini shikasttlaydigan tashqi taasurotlar yoki o’tmishdagi- ko’ngilsiz voqealarni esga soladigan voqealar bilan bog'liq bo'ladi Tutqanoqlar ko'pincha kunduzi tutadi, bemorni harakatlari tartibsiz bo’ladi, lekin bemor birdan yiqilib tushmaydi, ohista yumshoqroq joyga yiqiladi. O’zini shikastllantirmaslikka harakat qiladi. Bemorning es-hushi butinlay yo’qolmaydi, reflekslar va ko'z qorachiqlarinnig yorug’likka reaksiyasi saqlanib qoladi. Muskullarning qisqarishi titrashlar ko'rinishida bo'ladi. Tilini tishlab olmaydi, og'zidan ko'pik chiqmaydi, beixtiyor siyib qo’yish hollari kuzatilmaydi. Isteriya tutqanog'i bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Agar bemorni atrofida odamlar ko'p bo’lsa, tutqanoq uzoq davom etadi.lsteriyada harakat va sezuvchanlikning buzilishi kuzatiladi va falajlar, giperkinezlar holida uchraydi. Isteriya falajida muskullar tonusi o’zgarmaydi, patologik reflekslar bo’lmaydi. Oyoqlarning barcha harakatlari va koordinasiya saqlangan bo'ladi. lekin bemor tik tura olmaydi yura olmaydi. Isteriyada ko'pincha me'da-ichak yo'lining faoliyati buziladi, qayd qilish. ichak parezi, hiqichoq tutushi shular jumlasidandir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling