O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet35/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik manzarasi. Toshlar borligi uzoq yo’llargacha sezilmasligi mumkin. Kasallikning bosh simptomi buyrak sanchig'i xuruji hisoblanadi: belning o’ng va chap tomonidagi kuchli og’riq chov sohasiga o'tadi, bunda bemor qusishi va hatto hushini yiqotishi mumkin. Siydikda qon ya'ni eritrositlar paydo bo'lishi mumkin.Buyrak sanchig'i tosh o'tadigan siydik yo'lining ta'sirlanishi bilan bog'liq.Buyrak sanchig'i paydo bo'lishiga qattiq jismoniy zo’riqish, silkitadigan yo’lda yurish shikasttlanish bevosita turtki bo'lishi mumkin.Agar tosh qovuqqa o’tgan bo’lsa, buyrak sanchig'i tez (2-3 soat o’tgach) to’xtashi mumkin. Agar tosh buyrak jomida bo’lsa va atrofdagi to’qimalarni muttasil ta'sirlantirib tursa, u holda bemor belida unchalik o'tkir bo'lmasada, doimiy o’g'riq bo'ladi, tana harorati ko’tariladi, ba'zan siydikda qondan tashqari, yana yiring ham bo'ladi. Siydik ajralishining buzilish simptomlari bo'lishi mumkin, ba'zan qorin dam bo'ladi.
Davosi. Buyrak sanchig’i xuruji vaqtida atropinning 0.1 % li eritmasidan 1 ml teri ostiga. yuboriladi. Bel sohasiga issiq grelka yoki issiq vanna tayinlanadi. Ovqat rasioni turlicha va to’la qimmatli bo'lishi kerak. Bemor ko'p harakatlanmasligi, gimnastika bilan shug'ullanmasligi, yetarli miqdorda suyuqlik ichishi kerak. Siydikni o'tkir tutilishiga prostata bezini o’sma kasalliklari, qovuqdagi toshlar, orqa miya kasalliklari sabab bo'ladi.
Bemor mustaqil siya olmaydi, siydik qovuqda to’planib boradi. Siydik tutilishi qovuqning cho’zilishiga va qorinda qattiq og'riq bo'lishiga olib keladi, bular o’z navbatida boshqa ichki organlar (ichak ,o’pka va boshqalar) funksiyasining buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Birinchi yordam sifatida bemorga bir stakan sovuq suv ichiriladi, oraliqqa grelka qo’yiladi, bemorga oqayotgan suv tovushi eshittiriladi, ozroq tozalash klizmasi qilinadi.Beladonnali shamchalar qo’yiladi. Agar shu choralar natija bermasa, bemorni tezda kasalxonaga olib borish kerak, bu yerda siydikni katetir bilan chiqariladi (katetir maxsus rezina yoki metall naycha bo'lib, uni siydik chiqarish kanali orqali qovuqqa kiritiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling