O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet31/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik manzarasi. Bemorlar tashnalik o’shishi, ishtaha kuchayishi, ko'p siyishdan (sutkalik siydik miqdori normadan ancha oshadi, ya'ni 2,5-3,0 litrdan 5-10 litrgacha yetadi), teri qichishidan noliydilar. Umumiy darmonsizlik orta boradi, tana massasi kamayadi. Pereferik tomirlar turi kengayishi tufayli, teri qoplamlari pushti rang tus oladi,aksariyat terida chipqonlar (terining qichishidan tirnalish sababli) paydo bo lib, bular suvsizlanish oqibatida terining oziqlanishi buziladi.Diabet og'ir - yengilligiga qarab 3 darajaga bo’linadi: yengil, o'rtacha, og'ir darajasida uglevodlarni ortiqcha miqdorda is'temol qilingandagina uning qondagi miqdori ko’tariladi va u siydikda paydo bo'ladi. O'rtacha darajasida bemor qandli diabetga xos yuqorida sanab o’tilgan shikasttlardan noliydi, qonda qand miqdori oshganligi qayd qilinadi, qand siydikda doimo bo'ladi. Diabetning og'ir darajasi bo’lgan hollarda bemorlar mehnat qilish qobiliyatini yuqotadilar. Ularda diabetik koma paydo bo’lish ehtimoli bor.
Diabetik komada markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishi qayd qilinadi, darmonsizlik, bosh og'rishi paydo bo’ladi, avval qo'zg’alish keyin uyquchanlik vujudga keladi, bemor qusadi, shovqinli nafas oladi, hushidan ketadi. Terisi pushti rang, quruq, arterial bosimi pasaygan. Ko’z soqqalarini barmoq bilan bosib ko’rilganda. yumshoq bo'ladi. Bemor og'zidan aseton hidi keladi. Siydik tekshirilganda qand miqdori ko'pligidan tashqari aseton B -oksimoy kislota topiladi.
Davosi. Qandli diabet organizimda insulin yetishmasligiga bog’liq bo’lgani sababli davolash organizmga insulin yuborishga asoslangan. Kasallikning yengil darajasidan insulin qo'llanilguncha dietoterapiya o’tkaziladi (dieta). Dietani diabetning boshqa darajalarida ham tayinlanadi. Diabetning yengil formasi detoterapiya bemorni ahvolini insulin qo'llanilmasdan yaxhilashiga yordam beradi. Insulinni dieta bilan davolash natija bermagan hollarda qo'llaniladi.Insulin davolash taktikasi quyidagicha: 3-5 g glyukozani (o'rta hisobda 4 g) o’zlashtirish uchun 1 ТВ. insulin zarur deb hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab etiladigan insulin miqdorini o’zlashtirilmagan qand deb ataladigan. ya'ni siydik bilan ajratiladigan qand miqdorini nazarda tutgan holda hisob qilinadi. Insulin odatda ovqatdan 20-25 minut oldin teri ostiga yuboriladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling