O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet30/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Xolesistit–o’t pufagining yallig’lanish kasalligi bo'lib, ko'pincha o’t-tosh kasalligi natijasida ba'zan alohida kasallik sifatida rivojlanadi, xolesistit gastrit, enterit va kolit kasalliklaridan so’ng rivojlanishi mumkin. Bodomcha bezining surunkali yallig’lanishi, tish kariesi, o'rta quloq yallig'lanishi, gaymorit, adneksidlar kasallik sababchisi hisoblanadi.Xolesistit o'tkir va surunkali turga bo'linadi.
Klinikasi. Asosiy belgisi og'riq bo'lib to’satdan paydo bo'lib o’ng qovurg'a ostiga, qorinning yuqori qismiga, kindik atrofiga, yuqoriga va o’ngga tarqaladi. Og'riq o’t- tosh kasalligiga nisbatan birmuncha kuchsiz bo'ladi. Bunda bemorni umumiy axvoli yomonlashadi. Og'riq bemorga azob beradi. O’ng yonboshiga yotganda og'riq kuchayadi. Ko’ngil aynishi va qusish kuzatiladi qayt qilganda bemorni ahvoli engillashmaydi.Kasallik og'ir kechganda bemor titrab qaqshaydi. Harorat 38-40C gacha ko’tariladi. Yengil kechganda harorat subfebril bo'ladi.
Davosi. O'tkir xolesistitda bemorga o'rinda yotish rejimi, jigar kasalligidagi kabi № 5 dieta tayinlanadi. Antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari qo'llaniladi. Fizioterapevtik muolajalar–o’ng qovurg’alar osti sohasiga grelka, issiq bug’lash, parafln applikasiyasi, UVCH qo'llaniladi. Sanatoriy-kurortda davolash tavsiya etiladi.
QANDLI DIABET
Qandli diabet kasalligiga organizmda insulin gormoni yetishmasligi natijasida rivojlanadi. U oshqozon osti bezining B-hujayralari shikasttlanishidan paydo bo'ladi. Qandli diabet qadim zamonlardan ma'lum kasallikning belgilari eramizdan oldin 30-50 yo’llarda Stels tomonidan aniqlangan. Diabet so'zi "yorib o’tish" ma'nosini anglatadi. Abu Ali Ibn Sino qandli diabetni belgilarini aytganda, siydikni shirin ta'mga ega ekanligini ham ta'kidlab o’tgan. Kasallik etiologiyasida qator omillar ahamiyatga ega: irsiy omillar, semizlik, haddan tashqari ko'p ovqat eyish, ruhiy va jismoniy shikasttlanish, oshqozon osti bezi kasalliklari, oshqozon osti bezining o’smasi, zaxm, sil kasalligi va boshqalar .

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling