Mavzu: Оvqat hazm qilish, endokrin va moddalar almashinuvi hamda siydik
ayirish tizimlari kasalliklari.
Reja:
I.Ovqat hazm qilish organlar tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va profilaktikasi.
2Qandli diabet kasalligi, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, giperglikemik va gipoglikemik koma holatlarida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, oldini olish choralari.
3.Siydik ayirish tizimi kasalliklari haqida umumiy ma'lumot, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi vrachgacha yordam berish, profilaktikasi.
4.Buyrak tosh kasalligi, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, buyrak sanchig’i xuruji va o'tkir siydik tutilishida birinchi vrachgacha yordam ko’rsatish.
Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklariga gastrit, oshqozon va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, enterit, коlit, xolesistit kabi kasalliklar kiradi.
Gastrit-oshqozon shilliq qavatining yallig'lanish kasalligidir. Etiologiyasida alimentar- ovqat omili katta ahamiyatga ega. Sifatsiz ovqat ist'emol qilish, haddan tashqari issiq, sovuq, achchiq ovqatlar yeyish, buzilgan ovqatlarni eyish, ovqatni yetarli chaynamaslik gastrit kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ayrim hollarda gastrit qator boshqa ichki kasalliklardan keyin ikkilamchi rivojlanadi. Masalan: yurak etishmovchiligida (dimlanish hisobiga), yuqumli kasalliklarda (angina,gripp,sil), kasb kasalliklarida (kislotalar, ishqorlar, simob, qo’rg'oshin, fosfor va hokazo bilan ishlash), ta'sirlovchi dori moddalar qabul qilganda (asetilsalisil kislota, gormonlar, kaliy yod, rezerpin) va boshqalarda.Shunday qilib gastritning kelib chiqishida ham ekzogen (tashqi), ham endogen (ichki) omillar ahamiyatga ega. Kechishiga qarab o'tkir va surunkali gastritlar farqlanadi. O'tkir gastrit odatda ovqatlanish tartibi buzilganda ovqatdan 3-5 soat o’tgach rivojlanadi, ba'zan u shiddatli kechishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |