Gipertonik kriz - gipertoniya kasalligining keskin kuchayishi bo'lib arterial bosimning birdaniga kezkin ko’tarilib ketishi bilan harakterlanadi.Bemorning boshi aylanadi, bosh og'riq kuchayadi, arterial bosim to’satdan ko’tarilib ketadi. Ba'zan bemorning ko’ngli ayniydi, qayd qiladi, birdaniga holsizlanib hushidan ketadi.Miyada qon aylanishi buzilishi natijasida harakatlar, nutq buzilishi yuz berishi mumkin. Og’ir hollarda shohilinch davo choralari ko’rilmaganda miyaga qon quyo’ladi (insult).
Birinchi tibbiy yordam. Gipertonik kriz yuz berganda darhol xakim chaqirish, xakim kelguncha bemorni o'ringa yotqizib, oyoqlariga grelka qo’yish yoki issiq vannalar qilish lozim. Korvalol, valokordin dori moddalaridan 30-35 tomchi ichirish, shuningdek muntazam ishlatib yuradigan dorisidan navbatdan tashqari bir doza qabul qilish zarur. To’sh osti, yurak sohasida og'riq bo’lsa, darhol nitrogliserin tabletkasi til tagiga tashlanadi. Dori moddalardan dibazol, magneziya sulfat, papaverin, gipotiazid qo'llaniladi. Gipertonik krizda kompleks davo choralari arterial qon bosimining bemorga monand tutib turish, uning ko’tarilib ketishiga ham, juda pasayib ketishiga ham yo’l qiymaslikdan iborat bo'lishi zarur. Qon bosimining birdan pasayib ketishi bosh miya, yurak va buyraklarning qon bilan yaxshi ta'minlanmay, bemorni ahvoli og'irlashishi mumkin.
Tayanch so’z va iboralar.
Nafas olish a’zolarining tuzilishi,kasalliklari: o'tkir rinit, faringit,laringit, bronxit, bronxial astma, turlari: Infeksion allergic va atopik ,astma xurujida yordam ko’rsatish, pnevmoniya, plivrit turlari ,birinchi yordam. Yurak, tug'ma paroklar, endokardit, miokardit, stenokardiya, miokard infarkti,o’tkir tomir etishmovchiligi: kollaps, shok, hushdan ketish, gipertoniya, gipertonik kriz, birinchi yordam ko’rsatish
Savollar .
1.O’tkir renit deb nimaga aytiladi?
2.Faringit bilan laringitning farqini ayting?
3. Bronxial astma qanday kelib chiqadi?
4.Stenokardiya deb nimaga aytiladi?
5.Miokard infarkti xuruji qachon kelib chiqadi?
6.O’tkir tomir etishmovchiligiga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |