O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet22/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

S t e n о k a r d i ya .Stenokardiya (yunoncha - stenos - tor qisqa va kardia- yurak), yurak qo'sishi - yurak ishemik kasalligining bu formasi bir necha sekunddan 20 minutgacha va ko'proqqa cho’ziladigan anginoz og'riq xurujlari bilan harakterlanadi.Stenokardiya xurujiga aterosklerozdagi yurak- qon tomirlarining torayishi va qisilishi oqibatida,yurak muskullarining qon bilan ta'minlanmasligi sabab bo'ladi.Stenokardiya toj tomirlar ,ya'ni miokardni qon bilan ta'minlaydigan tomirlar bo'ylab qon oqishi buziladi, bu yurak sohasida, yoki to’sh orqasida og’riq paydo bo'lishiga olib keladi. Og'riq xuruji odatda, jismoniy yoki ruhiy zo’riqish, haddan tashqari ko'p chekish, sovqotish sababli paydo bo'ladi. Yurakda og'riq harakat qilganda, jismoniy zo’riqqanda paydo bo'ladigan harakat stenokardiyasi va og’riq tinch turganda ayniqsa ,uyqu vaqtida paydo bo'ladigan tinchlik stenokardiyasi farq qilinadi.Stenokardiyada og'riqning davomliligi har xil, bir necha sekunddan bir necha soatgacha va bundan uzoqroq.
Davosi. Stenokardiya xurujlarida tomirlarni kengaytiradigan vositalar validol, nitrogliserin qabul qilish og'riqni to’xtatadi.
M i o k a r d i n f a r k t i
Miokard infarkti- bu miokard nekrozi (jonsizlanishi)dir. U yurak loj arteriyalarining tromb bilan to’satdun bekilib qolishi yoki ularning o'tkir spazmga uchrashi oqibatida paydo bo’ladi.Miokard infarkti ko'pincha ateroskleroz, gipertoniya kasalligi bilan kasallangan shaxslarda sodir bo'ladi. Stenokardiyani bu kasallikning darakchisi deb hisoblaydilar, biroq ba'zan miokard infarkti to’satdan yuz beradi.Yurak sohasida yoki to’sh sohasida to’satdan paydo bo'lib, chap yelkaga, chap kurakka, pastgi jaqqa va tananing boshqa qismlariga o'tadigan og riq infarkt miokardining asosiy simptomi hisoblanadi. Stenokardiyadagi og'riqdan farqli ravishda, miokard infarktida og'riq uzoqroq (bir necha soatgacha) bo'ladi. Toj arteriyalarini kengaytiradigan vositalar (validol, nitrogliserin) qabul qilingandan keyin bosilmaydi. Miokard infarktining yetakchi simptomi kuchli og'riqda bemor o’lim vahimasiga tushadi, rangi oqarib ketadi, peshonasini sovuq ter bosadi. Miokard infarktining belgilaridan biri tana haroratining ko’tarilishi hisoblanadi. Harorat qonga nekroz o’chog'i infarktidan parchalanish mahsulotlari tushishi sababli ko’tariladi. Harorat katta raqamlargacha chiqishi mumkin, lekin ko'pincha subfebril bo'ladi.
Davosi. Agar miokard infarkti ko’chada, jamoat joyda yuz bersa, zudlik bilan tez va shoshilinch tibbiy yordam mashinasi chaqiriladi va bemorning yaqindagi kasalxonaga yoki klinikaga joylashtiriladi. Miokard infarkti uyda sodir bo’ganda ham bemor kasalxonaga yotqiziladi. Hamma hollarda miokard infarktida birinchi navbatda og'riq xurujini to’xtatish ta'minlanadi, o'tkir yurak yetishmovchiligi bilan kurash olib boriladi. Bunda teri ostiga 1,0-2,0 ml morfin yuboriladi. Arterial bosimni ko’tarish maqsadida mezaton, kofein, kamfora kordiamin yuboriladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling