O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet20/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik manzarasi. Bemor boshdagi qattiq og’riqdan, dag'al quruq yo’taldan shikoyat qiladi. 2-3 kundan so’ng oz miqdorda yopishqoq, ba'zan qonli balg'am ajraladi. Keyinroq balg'am miqdori ko'payadi, u shilliq – yiringli, sarg’imtir bo'lib, yengil ko'chadi va yo’tal yumshayadi.Birinchi kunlari tana harorati 38 C gacha ko'tarilishi mumkin, et uvishishi, umumiy holsizlik, yelka, qo'l-oyoq muskullarining og’rishi, ko'p terlash, to’sh suyagi orqasida og'riq va achishish, ovoz bo’g'ilishi hansirash, yurakning tez urishi kuzatilishi mumkin.O'tkir bronxitda tana harorati ko'tarilishi bilan bemorni o'rnidan turg'izmay, yotqizib qo'yo’lgani ma'qul, issiq ovqatlar, shilliq pardalarni ta'sirlantiradigan mahsulotlar, rasiondan istesno qilinadi. Spirtli ichimliklar man etiladi. Ilitilgan sutga borjom yoki ichimlik soda (natriy gidrokarbonat) suvini qo'shib ichish buyuriladi. Ko'krak qafasiga gorchichniklar, bankalar qo’yiladi. Antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari, simptomatik dori - moddalar bemorning yoshiga qarab tavsiya etiladi.
Pnevmoniya ya'ni zotiljam - o'pka to'qimasidagi yallig’lanish jarayoni bo'lib mustaqil kasallik tariqasida boshlanadi yoki qanday bo'lmasin boshqa biror kasallikning bir ko'rinishi, yo bo'lmasa asorati bo'ladi. Yallig’lanish o'pkaning bir bo’lagini zararlagan bo'lsa, buni krupoz pnevmoniya deyiladi. Yallig'lanish jarayoni butun o'pkani egallab olishi mumkin bu total pnevmoniyadir. O’choqli pnevmoniyada o'pkadagi yallig'lanish prosessi cheklangan joyni zararlaydi.
Bronxopnevmoniya uncha katta bo'lmagan o'choqlarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Ko'pincha kasallik boshlanganini aniq bilib bo'lmaydi chunki u bronxit yoki yuqori nafas yo'llarining o'tkir yallig’lanishi jarayonida rivojlanadi. Umumiy behollik, bosh og'rig'i, ko'krakda kurak ostida og'riq , hansirash belgilari kuzatiladi. Quruq yo'tal уoкi yiringli ,shilliq - yiringli ba’zan qon aralash balg’am ajraladi. Harorat 38 C gacha ko'tariladi. Yuz va lab terisining biroz qizarishi yoki ko'karishi, nafas olishning tezlashishi (daqiqasiga 25-30 marta) kuzatiladi.
Davosi. Вemоr kasalxonaga yotqiziladi, agar uyda davolanadigan bo'lsa, unga o'rinda yotish rejimi buyuriladi. Bemor yotgan xona yaxshi shamollatib turiladigan va yetarlicha issiq bo’lishi kerak. Ovqat yarim suyuq, to'yimli bo'lishi kerak. Ko'proq suyuqlik: meva suvlari, mineral suvlar berib turish foydali.
Kasallikning dastlabki soatlaridan boshlab yurak tomirlar faoliyatini quvvatlaydigan dorilar, anlibiotik va SAP buyuriladi. Og'iz bo'shlig'i kasalliklarining oldini olish uchun milklar, tanglay, lunj shilliq pardalarini 2 % li gidrokarbonat eritmasi yoki kuchsiz kaliy permanganat eritmasi bilan artib turish kerak. Ko'krak qafasiga banka va xantalmalar qo’yiladi
Profilaktikasi. Bronxit, gripp kasalliklarini o'z vaqtida davolash zarur. Fizkultura sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish mumkin. Chekish, spirtli ichimliklar ichishga qarshi kurash choralari ko'riladi. Bronxial astma - infeksion - allergik kasallik bo'lib, bronxlar muskulaturasi tortishib, qisqarishi natijasida, odamning birdan nafasi qisib, bo’g’ilib qolishi keyin yo’talib yopishqoq balg’am tashlashi bilan harakterlanadi. Kasallikning paydo bo'lishiga va uning rivojlanishiga ba'zi kasblarda, masalan, teri oshlash korxonalarida to'qu fabrikalarida kimyo zavodlarida, laboratoriyalarda, dorixonalarda, sartaroshxonalarda ishlash sabab bo'ladi.Qushlarning pati, hayvonlar juni, uy, kutubxona changi, mog'or, dorilar, kimyoviy yuvish vositalari hamda qator oziq-ovqat moddalari allergenlar hisoblanib, kasallikning kelib chiqishida muhim rol o’ynaydi.Bundan tashqari, mikroorganizmlar va ularning toksinlari ham bronxial astmaning kelib chiqishida muhim omillardan biri hisoblanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling