O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Tiriklik alomatlari quyidagilar


Download 0.82 Mb.
bet16/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Tiriklik alomatlari quyidagilar:
1. Yurak urishi borligi. Yurak urishini ko'krak qafasining chap ko'krak uchi sohasida qo'l bilan yoki eshitib ko’rib aniqlanadi.
2. Arteriyalarda puls borligi.Pulsni bo'yin (uyqu arteriyasi), bilak-kaft usti bo’g'imi sohasi (bilak arteriyasi)da aniqlanadi.
3. Nafas borligi. Nafasni ko'krak harakati va qorinning harakati bo'yicha shikasttlangan kishining burniga yoki og’ziga qo’yo’lgan ko'zguning namlanishi bo'yicha, burun teshiklariga yaqinlashtirilgan paxta yoki bint bo’lakchalarining qimirlashi bo'yicha aniqlanadi.
4.Qorachiqlarning yorug'likka reaksiyasi borligi.
Yurak urishi, puls, nafas olish to’xtaganligi, qorachiqlarning yorug’likni sezmasligi shikasttlangan kishining o'lganligidan dalolat bermasligini yodda tutish lozim. Bunday belgilar kompleksi klinik о’limda ham kuzatilishi mumkin. Bu holda shikasttlangan kishiga to'liq hajmdagi yordam ko’rsatilishi shart.
ANIQ MURDA ALOMATLARI
Ko'z shox pardasi xiralashganda va qurib qolganda, "mushuk ko'zi simptomi" (ko'z bosilganda ko'z qorachig’i shakli о’zgarib mushuk ko'ziga o'xshab qoladi) bo’lganda tana sovub qolganda va murda dog'lari paydo bo’lganda yordam ко’rsatishning foydasi bo'lmaydi. O’limning boshqa shak-shubhasiz alomatlari murdaning qotib qolishi bo'lib, u o’limdan 2-4 soatdan keyin paydo bo'ladi. Birinchi vrachgacha tibbiy yordam-shikasttlangan yoki kasallanib qolgan kishiga hodisa yuz bergan joyda va uni tibbiyot muassasasiga yetkazish davrida o’tkaziladigan shoshilinch tadbirlar kompleksidir.Birinchi tibbiy yordam tadbirlari quyidagi uch guruhni o’z ichiga oladi.
l.Tashqi shikasttlovchi omillar ta'sirini zudlik bilan to'xtatish va shikasttlangan kishini u tushgan noqulay sharoitdan olib chiqish.
2.Shikasttlanish, baxtsiz hodisa yoki to'satdan boshlangan kasallikning harakteri va turiga ko'ra shikasttlangan kishiga tez birinchi yordam ко’rsatish (qon oqishini to'xtatish asoratga bog’lam qo’yish suniy nafas oldirish, yurakni massaj qilish ziddi-zarar kiritish va boshqalar .
3.Kasallangan yoki shikasttlanib qolgan kishini davolash muasasasiga tezda olib borish (transportirovka qilishni uyushtirish). Birinchi yordam ko'pincha o’zaro va o'z-o'ziga yordam tariqasida beriladi, chunki cho'kayotgan odamni suvdan chiqarilmasa, odamni o't tushgan xonadan olib chiqmasa uni bosib qolgan narsalardan ozod qo'linmasa uning halok bo'lishi o'z-o'zidan ma'lim
Tadbirlarning ikkinchi guruhi esa tibbiy yordamni tashkil etadi. Uni faqat tibbiyot xodimlari yoki to'satdan kasallanish va shikastllanishlarni asosiy belgilarini o'rganib chiqqan va birinchi tibbiy yordam ko'rsatishga o'rgatilgan kishilar ko'rsatishi mumkin.
Birinchi tibbiy yordami tadbirlari kompleksida shikasttlangan kishini davolash muassasasiga yetkazishning ahamiyati katta chunki u yerda malakali vrachlar yordam ko'rsatadi

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling