O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet27/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik manzarasi. Bemor ishtahasi yo’qligidan, ko’ngil aynishi, kekirish, ovqat, shilliq, o’t aralash qusishdan, qorinning yuqori qismida og’riq turishi, og'irlik sezish, bosim, ba'zan tutib qoladigan og'riqdan, og'iz bemaza bo'lishidan shikoyat qiladi. Bundan tashqari harorat ko’tarilishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'z oldini qorong'ilashishi kuzatiladi. Umumiy ahvoli qoniqarli yoki o'rtacha og'irlikda, tilini karash qoplagan, og'zidan yomon hid kelishi mumkin, qorin dam bo'lib, paypaslaganda og'riq bo'ladi,ich ketishi kuzatiladi.O'tkir ko'rinishi 3-5 soatdan keyin o’tib ketadi, ammo dispeptik holat yana ikki hafta davom etadi, parhezga rioya qilinganda va to’g'ri muolaja qilinganda kasallik asta-sekin o’tib ketadi, aks holda jarayon surunkali turga o'tadi.O’tkir gastritda o'zgarishlar harakterli maxsus optik tizim bilan ta'minlangan gastroskop yordamida aniqlanadi. U me'da shilliq pardasini ko'zdan kechirish va zaruriyat bo’lganda tekshirish uchun to'qima bo’lakchasini olish (biopsiya) imkonini beradi.
Davosi. Organizmga tushgan zararli omilni tezroq bartaraf qilish uchun, oshqozon iliq suv bilan yuviladi. Bemor o'rinda yotish rejimiga rioya qilishi kerak. Dastlabki 1-2 kun ovqat yemay turiladi. Keyinroq parhezga qattiq amal qilinadi. Og’riqni qoldirish uchun qator dori-darmonlar, xususan beladonna preparatlari tayinlanadi. Og’ir hollarda teri ostiga lidaza, izotonik natriy xlorid eritmasini yuborish kerak.
Oshqozon va 12- barmoqli ichak yarasi kasalligi surunkali qaytalanuvchi kasallikdir.
Etiologiyasi. Yaraning paydo bo'lishida oshqozon va 12 barmoqli ichak harakatining buzilishi, oshqozon shirasining kislotaliligi va peptik faoliyati ortib ketishi, shilliq ishlab chiqarishning kamayishi,oshqozon shilliq qavatida qon aylanishining pasayishi muhim rol o'ynaydi. Bu o'zgarishlarga asosiy sabab ruhiy hayajonlanish, aqliy va jismoniy charchash, doimiy xavotirda bo’lish va boshqalar hisoblanadi. Kasallik nasl surishi mumkin. Yara kasalligi omillariga noto'g'ri ovqatlanish. (quruq ovqat yeyish, tartibsiz ovqatlanish, yaxshi chaynamaslik, dag’al haddan tashqari achchiq, issiq va sovuq ovqatlar is'temol qilish, tish yo’qligi va boshqalar) sabab bo'ladi. Chekish, spirtli ichimliklar ichish, oqsil, vitamin yetishmasligi sabab bo'ladi. Yara kasalligining rivojlanishida mikroblar muhim ahamiyatga ega.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling