O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi
Epidemiologiyasi .Gripp barcha mamlakatlarda uchraydigan kasallik bo'lib, har 2-3 yil ichida gripp epidemiyalari takrorlanib turadi. Infeksiva manbai bemor hisoblanadi. Bemor gaplashganda, aksirganda va yo’talganda virus havo zarralari va so'lak tomchilari bilan atrof muxitga tarqaladi. Virus odam organizmiga nafas yo'llari orqali tushadi Gripp bolalar va keksalarda og’irroq kechadi.Kasallik epidemiyalari asosan qish oylarida uchraydi, Grippdan keyin xosil bo'ladigan immunitet turg'un emas.
Klinikasi. Grippning yashirin davri juda qisqa. U bir necha soatdan 1-2 kungacha. kasallikning og'ir yoki yengil o’tishi intoksikasiyaning kuchli yoki kuchsizligiga bog'liq Kasallikning tipik ko'rinishida yuqori harorat, intoksikasiya va tumov alomatlari yaqqol ifodalangan bo’lsa, atipik ko'rinishida esa uning asosiy simptomlari bo'lmaydi.Kasallik qisqa muddatli boshlang'ich davri bilan boshlanadi. Bemorni eti uvishib, lohas bo'ladi, qaltiraydi va tana harorati 38-40 C ga ko’tariladi. Bemor bu davrda sovuq qotadi, junjukadi, darmoni qurib boshi qattiq og'riydi. Qo’l-oyoqlari muskullari qaqshab og'riydi. Bel sohasida, boshning peshona va chakka qismlarida hamda ko'z soqqasida og'riq kuchli bo'ladi. Bir necha soatdan so’ng bemorning tomog'i og'rib, bo'rni bitib qoladi, yo’taladi, aksiradi, terlaydi, yuzi va bo'yni qizaradi, ko'z qon tomirlari kengayadi, uyqu bosadi, bo’shashadi. Ba'zan bemor alaxlaydi. Pulsi tezlashadi, A/B pasayadi, burundan qon kelishi mumkin. Bemor quriq yo’taladi, ovozi xirillab chiqadi. Tili qurib, karash bilan qoplanadi. Kasallikning 3-4 kunidan so’ng lab va burun atroflarida uchuq toshadi. Gripp asoratsiz kechganda 3-5 kun ichida tana harorati pasayadi. Bemorning axvoli yaxshilana boshlaydi. Ishtaha paydo bo'ladi. 4-5 kundan so’ng yo’tal kamayadi, balg’am ajraladi. Quvvati asta-sekin tiklanib, 8-10 kundan keyin sog'ayib ketadi.Grippning og’ir formasida intoksikasiya juda kuchli bo'ladi, harorat 39-40 C gacha ko’tariladi, boshi qattiq og'riydi, bemorning nafas olishi tezlashadi. Lablari ko’karib, yuragi sust, tez-tez uradi, qon bosimi pasayib ketadi, bemor alaxlaydi.Grippning asoratlari og'ir meningoensefalit, pnevmoniya, nevrit, pleksit, radikulitlar, miokardit, pielonefrit va gaymorit kabi asoratlar ko'p uchrab turadi. Davosi. Bemorga haroratni tushirish uchun stitromon, parasetamol, aspirin, amidopirin kabi dorilar buyuriladi. Yo’talni kamaytirishga kodein, terpingidrat, tusupreks kabi tabletkalarni ichish foydalidir. Ko'krak qafasining orqa tomoniga xantal qog'ozi qiyish yoki oyoqni xantal eritilgan issiq suvga 5-10 daqiqa solib turish nafasni yengillashtirib, yo’talni ham bir oz kamaytiradi Bemor ko'proq suyuqliklar ichib turishi lozim. Shirchoy, limonli yoki murabboli choylar ichib turish maqsadga muvofiqdir. Na'matak damlamasi yaxshi naf beradi.Bemor bor xonadonda vaqt-vaqti bilan isiriq tutatib turish, oilada grippning tarqalishini oldini oladi. Profilaktikasi. Maxsus profilaktika maqsadida gripp mavsumi boshlanishidan oldin gripp vaksinasi bilan yoppasiga emlash isullari o’tkaziladi. Vaksina maxsus suyuqlikda eritilib, burunga tomiziladi. Grippni oldini olishda grippga qarshi immunoglobulinni qo'llash, burunga interferon tomizish, oksolin mazidan surtish, remantadin ichish ham yordam beradi.Gripp epidemiyasi vaqtida maktabgacha bolalar muassasalari, internatlar, shifoxonalarda karantin e'lon qilinadi. Tibbiyot xodimlari, savdo va boshqa asholiga xizmat ko’rsatuvchi soxa hodimlari doka niqob tutib ishlashlari kerak. Gripp epidemiyasida bemorga bir yo’la 7 kunga mexnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi. PARAGRIPP Paragripp infeksiyasi o'rtacha darajadagi umumiy intoksikasiya bo'lishi, yuqori nafas yo'llari, asosan xiqildoq shilliq pardasining zararlanishi bilan ta'riflanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling