O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Yuqumli kasalliklar tasnifi


Download 0.82 Mb.
bet41/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Yuqumli kasalliklar tasnifi
Yuqumli kasalliklar qaysi muxitda tarqalishiga qarab 2ga bo'linadi. Faqat odamzodga xos bo’lgan kasalliklar antroponoz kasalliklar deb ataladi. Bu kasalliklar faqat odamlarda uchraydi. Masalan:qizamiq, difteriya, ich terlama va boshqalar ana shu guruxga kiradi L.V.Gromoshevskiy yuqish yo’llariga qarab yuqumli kasalliklarni 5 guruxga ajratadi. 1. Ichak uqumli kasalliklari. Bu kasalliklar fekal-oral yo’l bilan tarqaladi. Bemor ichagidagi patogen mikroblar, ularning axlati orqali tashqariga chiqariladi va har xil yo’llar bilan sog'lom odamning og'zi orqali ichagiga tushadi. Bu kasalliklarga ug'burug’, ich terlama, xolera, gelmintozlar kabi kasalliklar misol bo'ladi. 2. Nafas yo'llari infeksiyasi. Bu kasalliklarni qo’zgatuvchi mikroblar va viruslari bemorning nafas yo'llari shi'lliq qavatida joylashgan bo'lib, yo’talganda, gapirganda tupik zarrachalari bilan tashqariga chiqariladi va havo orqali sog'lom odamlarga yuqadi. Gripp, qizamiq. Ko’kyo’tal, va shunday kasalliklar jumlasidandir.3. Qon orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar. Bu kasalliklarni qo’zg’tuvchilari faqat bemorning qonida bo'ladi. Shu sababdan bu kasalliklar f'aqat qonso’rar hashoratlarning chaqishi orqaligina uyqadi. Ular asosan rikketsioz kasalliklardir (bezgak, leyshmanioz, qaytalama tif, sariq isitma kabilar). Teri va tashqi shilliq pardalarida joylashadigan yuqumli kasalliklar. Bu kasalliklar kiyim-kechak, bosh kiyim, choyshablar, idish-tovoqlar, kundalik ruzg'ori buyumlari, suv, ifloslangan qo'l orqali yuqadi (qo’tir,kuydirgi, qoqshol,bo’g'ma va boshqalar). Ba'zi hollarda kasallik bemor bilan bevosita muloqatda bo’lganida yuqadi (venerik kasalliklar,quturish, OITS va boshqalar) 5. Turli yo’llar bilan yuqadigan infeksiyalar. Bu guruxga mansub kasalliklarda patogen mikrob odam tanasiga turli yo’llar bilan tushadi. Ayniqsa kasalliklardan brusellyoz, kuydirgi, o’lat, tuberkulyoz, bo’gma mikroblari shu tariqa yuqadi.Yuqumli kasalliklaning muayyan jamoada kelib chiqishi, tarqalish yo’llari va ularning oldini olishga asoslangan qonuniyatlarini o'rganadigan ta'limot epidemiologiya deyiladi. Epidemiologiya lotin tilidan epi-ko'p, demos-aholi degan ma'noni anglatadi.Epidemiologiya nuqtai nazaridan har bir yuqumli kasallikka xos epidemik jarayon mavjud. Lekin har qanday epidemik jarayon 3 big'indan iborat. l.lnfeksiya manbai 2. Kasallik mikroblarning tarqalishi 3.Kasallikka moyil odam.
lnfeksiya manbai. Antroponoz kasalliklarda infeksiya manbai odam xisoblanadi. U bemor odam yoki bakteriya tashuvchi bo'lishi mumkin.Zoonoz kasalliklarida infeksiya manbai odam yoki hayvon hisoblanadi. Masalan: brusellyozda infeksiya manbai faqat uy hayvonlari hisoblanadi. Kuydirgi, o’lat kabi kasalliklarda kasal hayvon ham infeksiya manbaidir. Kasallik mikroblarining tarqalishi yo’llari. Epidemiya davom etishi uchun patogen mikrob, infeksiya manbaidan tashqariga chiqishi kerak. Har bir kasallikda mikrobning tarqalish yo’llari turlicha bo'ladi. Nafas yo'llari infeksiyasi havo-tomchi yo'li bilan tarqalsa, ichak infeksiyalari mikroblari esa asosan najas bilan ajralib, sog’lom kishi organizmiga og'iz orqali tushadi. Odam va hayvon to'qimalarida kasallik qizg'atuvchisi ko'payishi uchun imkoniyat bo’lgan taqdirdagina shu organizm yuqumli kasallikka moyil bo'ladi. Qizamiq, gripp kabi kasalliklar atrofdagi odamlarga juda oson yuqadi. Bo’g'maning yuqish ehtimoli o'rtacha, ichak infeksiyalarida undan ham kamroq. Boshqa tomondan. yuqumli kasalliklarning qanetik og'ir o’tishi odam organizmining genetik hususiyatlari, ushbu mikrobga qanetik bardosh berishiga bog'liq. Shu sababdan bir xil sharoitda xastalik yuqqan bo’lsa hali, ba'zilarda uning alomatlari unchalik sezilmasa boshqalarda o'rtacha og'irlikda, hatto g’oyat og’ir holda kechishi mumkin.Yuqumli kasallikka yo'liqqan odamlarning ko'p yoki ozligiga qarab, epidemiologik jarayonning turli xillari ajratiladi.
1. Sporadik kasalliklar. Kasallikka yo'liqqan kihshilar soni unchalik ko'p bo'lmaydi va bemorlar onda-sonda uchraydi.
2. Epidemiya-yuqumli kasallikning bironta o’lka, viloyatda yoki mamlakatda keng tarqalib
ketishi.
3. Pandemiya-bir vaqtda xalqaro miqyosda, ya'ni bir necha mamlakal va qit'alarda bironta
yuqumli kasallikning keng tarqalib ketishi (masalan: xolera, gripp epidemiyalari).
4. Endemiya-muayyan xududda bironta, yuqumli kasallikning doimiy uchrab turishi
5. Ekzotik kasalliklar-xorijdan keltirilgan yuqumli kasalliklar (masalan: bezgak,OITS kabilar).
Yuqumli kasalliklar profilaktikasida dizenfeksiya ishlarining amalga oshirilishi katta ahamiyatga ega.Dizenfeksiya tashqi muxitdagi yuqumli kasalliklarning qo’zg'atuvchilarini va ularning manbalarini yo’qotish usullari va vositalari.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling