O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Dezinfeksiya tarkibiga quyidagilar kiradi


Download 0.82 Mb.
bet42/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Dezinfeksiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Dezenfeksiya yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradigan mikroblarni tashqi atrof-muxitdan yiqotish haqidagi ta'limotdir.
2. Dizenseksiya yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bo’g’imoyoqlilar (pashshalar, chivinlar, burgalar, bitlar, kanalar) ni qirish demakdir.
3. Deratizasiya yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchilar (sichqon, kalamush, bo’rsiq kabilar) ni qirishdir.
Profilaktik dezinfeksiya yuqumli kasallik manbai borligi noma'lum bo’lganida ham muntazam ravishda o’tkaziladi (suvni xlorlash yoki qaynatib ichish, sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish
va boshqalar).Manba dezinfeksiyasi yuqumli kasallik aniqlangan epidemik o’choqda o’tkaziladi.Joriy dezinfeksiya bemor uyda qolganida ularning xonadonida, yuqumli kasallik shifoxonalarida bemor chiqindilarini tez-tez zararsizlantirib tirishdan iborat:
Yakunlovchi dezinfeksiya bemorning uyida, uni shifoxonaga jo’natgandan so’ng yuqumli kasalliklar shifoxonalarida esa bemor uyiga ketganidan keyin amalga oshiriladi. Bemorning kiyim–kechaklari, кo’rpa to’shaklari dezinfeksion kameralarda dezinfeksiya qilinadi, idish-tovoqlari qaynatiladi. Dezinseksiya - hashoratlarni qirish. Pashsha va chivinlarga qarshi xlorafos, muksid. baktokulisid kabi kimyoviy vosilalar qo'llaniladi. Suvarak, kanalar, burgalar va bitlarga qarshi ham maxsus turkibli preparatlar mavjud. Deratizasiya-kemiruvchilarni qirish. Odatda kalamush. sichqon, yumronqoziqlarni qirish maqsadida zookumarin, rux fosfidi va boshqa zaharli preparatlar qo'llaniladi. Kemiruvchilarni qopqon yordamida ham qirish mumkin.
Organizmning yuqumli kasallikni qizg'atadigan bakterivalar, viruslar yoki birorta begona moddaga qarshilik ko’rsatish xususiyati immunitet deyiladi. Immunitet lotin tilidan olingan bo’lib, “immunitas” "halos bo’lmoq" degan ma'noni anglatadi. Immunitetni 2 turi ma'lum
1. Tabiiy (tug'ma) immunitet:
2. Orttirilgan immunitet:
Tabiiy immunitet odam va hayvon organizmining tug'ma biologik xususiyatlariga bog’liq, u nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyatdir. Orttirilgan immunitet esa odam yoki hayvonning yashash jarayonida paydo bo'ladi. Orttirilgan immunitet: tabiiy, sun'iy, faol va passiv bo'lishi mumkin .
O'tkir respiratorli virusli infeksiya yuqori nafas yo'llarining yallig'lanishi, yuqori harorat, umumiy intoksikasiya va tumov alomatlari bilan ta'riflanadigan yuqumli kasalliklar hisoblanadi. Ilgari bu kasalliklarni "mavsumiy katar " deb atashgan va bakteriyalar qo’zg'atadi deb hisoblashgan. Bu kasalliklarga gripp, paragripp, adenovirus infeksiyasi, respirator sintesial inleksiya, reovirus, rinovirus infeksiyalar kiradi.Bu kasalliklarning hammasida infeksiya manbai bemor yoki virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik havo - tomchi yo'li bilan yuqadi. Ba'zi bemorlarda uzoq vaqt davomida viruslar axlat bilan chiqib turadi. Demak kasallik ba'zan fekal-oral yo’l bilan yuqishi mumkin.Bu kasalliklar bolalar o'rtasida keng tarqalgan.
GRIPP
Gripp o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, yuqori harorat, intoksikasiya va yuqori nafas yo'llarining yallig lanishi bilan ta'riflanadi. U yuqumli kasalliklar ichida eng ko'p uchraydi.
Etiologiyasi. Kasallik qizg'atuvchisi virus . Ularning A,.B,S turlari ma'lum. Gripp viruslari tashqi muhitga chidamsiz bo'lib, quyosh nurlari ta'sirida tezda halok bo'ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling