O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bo’g'ma bilan og’rigan yoki kasallik bakteriyasini tashib yuruvchilar hisoblanadi. Bemor butun kasallik mobaynida yuqumli hisoblanadi. Ba'zi hollarda esa kasallikning asosiy belgilari o’tgandan keyin ham atrofdagilar uchun xavtli bo'lishi mumkin. Bo’g’ma tayoqchasining tashib yurishning toksigen va toksigen bo’lmagan turlari farq qilinadi. Toksigen deganda, kasallik paydo qiluvchi turi ko'zda tutiladi. Bo’g’ma tez-tez kasallikka chalinib turadigan zaif hamda yuqori nafas yo'llarining surunkali kasalligi bor odamlarda ko'proq uchraydi. Bo’g’ma tayoqchalari bemorlar va bakteriya tashuvchilarning organizmidan. aksirganda va yo’talganda havo-tomchi yo'li orqali sog'lom bolalarga yuqadi. Yuqori nafas yo'llari, burun, tomoq shilliq pardalari, teri kindik, ko'z va jinsiy organlarning shilliq qavatlari bo’g’ma tayoqchalarining kirish darvozasi hisoblanadi. Ba'zi hollarda kasallik turli ro’zgor buyumlari va o’yinchoqlar orqali kontakt yo'li bilan yuqishi mumkin. Difteriyaga 1 yoshdan to 10 yoshgacha bo’lgan bolalar ko'proq beriluvchan bo’lsalarda, bu kasallik bilan yangi tug'ilgan chaqaloqlar ham og'rishi mumkin. Kasallik o’tgandan keyin organizmda barqaror tabiiy immunitet paydo bo'ladi. Kasallik ko'proq kuz-bahor oylarida uchraydi.
Klinikasi. Bo’g’ma kasalligida turli a'zolar zararlanishi mumkin, shuning uchun klinik manzarasi ham qaysi a'zoning ko'proq zararlanganligiga qarab turlicha namoyon bo'lishi mumkin Bo’g’mani og'iz, burun, halqum, tomoq, ko'z, teri, kindik, xiqildoq – burun, tashqi jinsiy a'zolar zararlanadigan turlari farq qilinadi. Kasallikning yashirin davri 2-10 kun davom etadi. Yosh bolalarda ko'proq tomoq bo’g’masi uchraydi. Tomoq difteriyasi yalig’lanish jarayonining tarqalishi va zaharlanish belgilariga qarab mahalliy, tarqalgan, toksik turlarga bo'linadi . Tomoq mahalliy bo’g’masi ancha yengil o'tadigan turi bo'lib, bunda yallig'lanish jarayoni mahalliy hususiyatiga ega bo'ladi ,umumiy zaharlanish alomatlari kuzatilmaydi. Bo’g’maning mahalliy turida pardasimon oq karashlar tomogdagi bodomcha bezlardan nariga o’tmaydi. Avval ular quyuq o’rgimchak tiri ko'rinishida bo'ladi tez orada oqimtir kul rang parda hosil bo'ladi. Parda to'qimalariga yopishib olib, ko’chirib olinganda, qonab turadi. Kasallik holsizlanish, ishtahaning pasayishi, yutinganda tomoqda og’riq bo'lishi va tana haroratining ko’tarilishi bilan boshlanadi. Tomoqning mahalliy bo’g’masi pardali orolchali, va kataral turlarga bo'linadi. Bo’g’maning pardali turida bodomcha bezlar qizarib shishadi. Oqimtir-kulrang parda hosil bo'ladi. Parda to'qimalar bilan mahkam birikkan bo'lib, chegaralari aniq bo'ladi. Kasallikning orolchali turida esa parda noaniq chegaraga ega bo'lib, bodomcha bezlarda kichik-kichik orolchalar tarzida joylashgan bo'ladi. Tomoq bo’g’masining kataral turining klinik tashxisi ancha murakkab bo'ladi, chunki bunda bodomcha bezlar faqat qizaradi, ularda parda hosil bo'lmaydi. Kasallikning bu turida tashxis asosan bakteriologik tekshirishlar natijasida aniqlanadi. Bo'g'maning bu turlarida yallig’lanish jarayoni mahalliy bo'lib, organizmning umumiy zaharlanishi kuchli bo'lmaydi. Tomoqning tarqoq bo’g’masida intoksikasiya belgilari yaqqol yuzaga chiqadi, harorat yuqori bo'ladi, karashlar zichroq joylashib, butun bodomcha bezlardan tashqari, halqumning shilliq pardasi tanglay ravoqlarini, yumshoq tanglayni, tilchani, yutqin devorini qoplaydi. Bo'g'maning toksik turi sensibillashgan organizmning giperergik reaksiyasi bo'lib, keng mahalliy o'zgarishlar va umumiy intoksikasiya bilan kechadi. Kasallikning bu turi bola organizmining kuchli zaharlanishi haroratning balandligi va fibrin 1chi (parda) ning tomoq chegaralaridan chiqib boshqa a'zolarga tarqalishi bilan kechadi. Tana harorati 39-40 C ga ko'tariladi. Bodomcha bezlar va ular atrofidagi to'qimalar shishadi, bolaning rangi oqarib qayta-qayta qusadi, holsizlanaish. Tomir urishi tez va zaif bo'ladi, bolani ahvoli og’irlashadi. Shish pastga bo'g’in va ko'krak qafasi teri osti yog' qatlamiga hamda yuqoriga lunj va qovoqlarga tarqaladi. Shish ustidagi terining rangi odatda o'zgarmaydi. Bolaning tovushi bug’iq, burni bilan gapirgandek bo'ladi. Yurak tovushlarining jarangdorligi pasayadi, sistolik shovqin paydo bo'ladi. Aksariyat hollarda, buyrak, asab tizimining faoliyati buziladi. Bo'yindagi shishning katta-kichikligiga qarab, bo’g’maning toksik turining I. II. III darajalari farq qilinadi. Bo’g’maning toksik turida og'izdan badbo'y, qo'lansa hid keladi, nafas harakatlari qiyinlashib, shovqinli bo'lib, xirillaydi, Toksik bo’g’maning o’ta og’ir o'tadigan turi gipertoksik, gangrenoz, gemoragik turidir. Gipertoksik bo’g’ma mahalliy o'zgarishlardan tashqari markaziy asab tizimining va yurak qon tomir a'zolari faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi va yashin tezligida bir necha kun ichida bemorning halok bo'lishi bilan tugaydi. Kasallikning gangrenoz formasi og’iz va yutqin to'qimalarining chirib parchalanib ketishi bilan kechadi. Gemorragik bo’g’ma burundan milklardan, me'da-ichaklardan qon ketishi badanida gemorragik toshmalar hosil bo'lishi kuzatiladl. Shiqo'ldoq bo’g’masi yoki chin bo’g’ma yuqori nafas yo'llarining torayishiga va nafasning qiyinlashuviga olib keladi Shiqildoq bo’g’masi yallig'lanish jarayonning tarqalishiga qarab 1) mahalliy. 2) tarqalgan. 3) toksik turlarga bo'linadi. Kasallikning mahalliy turida faqatgina xiqildoq, tarqalgan turida xiqo'ldoq va traxeya, toksik turida xiqo'ldoq traxeya va bronxlar zararlanadi. Shiqildoq bo’g’masi kechishiga qarab bir necha bosqichda bo'ladi. Odatda kasallik yuqori harorat dag'al yo'tal va tovushning qisman xirillashi bilan boshlanadi. Bu davrda nafas olish uncha qiyinlashmaydi. Bu bosqich kataral bosqich deb yuritiladi va 2-3 kundan 7-.8 kungacha davom etadi. Ikkinchi bosqich- stenotik bosqich bo'lib bunda nafas yo'llari torayadi, yo'tal it hurgandagiga o'xshash cho’ziqroq, qo'pol bo'ladi, bolaning tuvushi yo'qoladi, shovqinli nalas oladi. lab-burun uch burchagi ko'karadi, nafas olish qiyinlashadi, hansiraydi, bola bezovtalanadi. Nafas olish jarayonida ko'krak qafasining muskullari ishtirok eta boshlaydi. Bolaga o'z vaqtida yordam ko'rsatilmasa asfiksiya bosqichiga o'tadi. Bu davrda bola hushidan ketadi, talvasaga tushadi, organizmida kislorod yetishmasligi oqibatida bola halok bo'ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling