O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet48/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Profilakrikasi . Kasallikni oldini olishda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash, turmushda sanitariya gigiena talablariga, shaxsiy gigienaga amal qilish katta ahamiyatga ega. Bolalar kollektivida A gepatit aniqlanganda. 21 kun davomida karantin e'lon qilinadi. Dezinfeksiya ishlari o’tkaziladi.B,D,S gepatitlari profilaktikasida tibbiyot muassasalarida sterilizasiya rejimiga qat'iy amal qilinadi. Bolalarni B gepatit vaksinasi bilan tug'ruqxonadan chiqishidan oldin 1 va 3 oylik bo’lganda (jami 3 marta) emlanadi.A virusli gepatitning spesifik profilaktikasida immunoglobulin profilaktikasi muhim o'rin tutadi.
ICH TERLAMA (QORIN TIF1)
Ich terlama-o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, umumiy intoksikusiya, tana haroralining ko’tarilishi, ingichka ichak devoridagi limfa tugunlari-peyer pilakchalarining zararlanishi, terida toshmalar paydo bo'lishi va bakteremiya bilan harakterlanadi.
Etiologiyasi. Ich terlama kasalligini salmonellalar guruhiga kiruvchi qorin tifi bakteriyalari qo’zg'atadi. Uni 1880 yilda nemis olimi Ebert aniqlagani uchun Ebert tayoqchasi deb yuritiladi. Mikrob parchalanganda endotoksin ajratib chiqadi.
Epidemiologiyasi. Ich terlama antroponoz kasallikdir. Infeksiya manbai bemor odam va bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Kasallikning inkubasion davri oxirlaridan boshlab mikrob bemorning axlati, siydigi va hatto so’lagi orqali ajralib chiqa boshlaydi. Mikrob organizmda tuzalish davrida ham chiqib turadi. Kasallikdan tuzalgandan so’ng bemordan uch oygacha bakteriya ajralib turishi o'tkir bakteriya tashuvchilik, uch oydan ortiq muddatda bakteriyalarni chiqishi surunkali bakteriyt tashuvchilik hisoblanadi. Surinkali bakteriya tashuvchilik odamda uzoq muddat hatto bir umr davom etishi mumkin.Ich terlama tarqalishida suvning ahamiyati kattadir. Bu kasallik epidemiyasiga sababchi bo'ladi.Ich terlama respublikamizda yoz, kuz oylarida ko'proq kuzatiladi.
Klinikasi. Ich terlamaning yashirin davri 7 kundan 21 kungacha o'rtacha 14 kun davom etadi. Bu davrda kasallik alomatlari bo'lmaydi. Kasallik alomatlari boshlang'ich davrda asta sekin paydo bo’la boshlaydi.Bemor darmonsizlanib, eti uvishadi,o’zini nohush his etadi, boshi og'riydi, ishtaxasi pasayadi. Darmonsizlik kundan kunga zo’rayib tez charchaydi, uxlagisi kelaveradi. Tana harorati asta sekin ko’tarila boradi. Kechqurun harorat ertalabkisidan yuqori bo'ladi. U zinapoyasimon shaklda ko’tarila boradi. Kasallikning 5-7 kunlariga borib bu alomatlar avjiga chiqadi. Harorat 39-40 C ga yetadi. Harorat ko’tarilishi bilan intoksikasiya kuchaya boradi. Bemor yotib qoladi, ishtasha butunlay yo’qoladi, ichi qotadi, uyqusi buziladi, bosh og'rig'i kuchayadi. Bemorning atrofdagilarga qiziqishi yo’qoladi, savollarga javob berishni hoxlamaydi. Til qalinlashib yonlariga tish izlari o'rni qoladi, til usti oq- kulrang karash bilan qoplanadi, tomoq qizarib bodomcha bezlar shishadi.Qorin damlaydi, bemor o’ng yonbosh sohasida og'riq sezadi, paypaslab ko’rilganda ichak quldirashi aniqlanadi. Bu davrda jigar, taloq kattalashadi. Birinchi davrning oxiri va ikkinchi haftaning dastlabki kunlaridan qorin tifining rosa avj olgan davri boshlanib, u 10-15 kun davom etadi. 30-40 C harorat 1-2 hafta davomida saqlanib turadi. Bemorni ko’zdan kechirganda harorat yuqori bo'lishiga qaramay teri oqargan bo'ladi. Bemor lanj, xomush, parishon xotir bo'ladi, og'ir hollarda hushidan ketadi. Kasallikning 8-10 kunlarida bemorning badan terisida, ayniqsa qorin terisida pushti rang rozeoloz toshmalar paydo bo'ladi. Toshmalar barmoq bilan bosib ko’rilganda yo’qoladi va barmoq olingandan keyin yana paydo bo'ladi. Toshmalar 3-4 kundan keyin yo’qoladi.Bemorning yuz muskullari tortishib uchib turadi, oyoq qo'llari beixtiyor harakat qiladi, beixtiyor siydik ajraladi va bo’shaladi, qon bosimi pasayib ketadi. Bu davrda hayot uchun muhim organlarning zararlanishi va ichak teshilishi, ichakdan qon oqishi kabi asoratlar kelib chiqishi oqibatida bemor halok bo'lishi mumkin. Sog’ayish davrida bemor ahvoli kundan-kunga yaxshilanib boradi. Umuman organizm va hamma organlar faoliyati asliga qayta boshlaydi. Qorin tifidan sog'ayganlarning 3-5 % surunkali mikrob tashuvchilar bo'lib qoladilar.Ba'zan bemor ich terlamadan tuzalgandan so’ng, oradan 1-2 shafta o’tgach, kasallik qaytalanishi kuzatiladi. Uni tibbiy iborada "residiv" deb ataladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling