O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri bo’g’masi.
- Profilaktikasi
Burun bo’g’masi. Kasallikning bu turida pardali va kataral yarali turlari mavjud. Pardali turida burun shilliq qavatida, burun to’sig’ida, burun chig'anog'ida va burun bo'shlig’i devorlarida fibrinoz pardalar hosil bo'ladi. Kataral yarali turida burundan oldin seroz keyin esa seroz qonli suyuqlik ajraladi va burun teshiklari atrofida terini ta'sirlab, teri yoriladi. Bo’g’maning ko'z, teri, kindik, jarohat yuzalarida va jinsiy a'zolarda uchraydigan turlari bir muncha kamroq uchraydi. Ko'z bo’g’masi qovoqning shishuvi, qon aralash yiring ajralishi bilan kechadi. Ko'z konyuktivasida kulrang-oqimtir parda hosil bo'ladi.
Teri bo’g’masi. Terining shikasttlangan joylarida, bo'yinda, burun ostida kuzatiladi. Terida giperemiya shish va kulrang flbrinoz pardalar xosil bo'ladi. Kindik bo’g’masi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda kindigida kulrang fibrinoz karashlar xosil bo'ladi. Bo'g'maning asoratlari. Asoratlarga qon aylanishining buzilishi, miokardit, chegaralangan falajlar, poliradikulo-nevrit va nefrozlar kiradi. Tashxisi. Izchillik bilan to’plangan kasallik tarixi epidemiologik vaziyat va difteriyasining asosiy klinik belgilari uning tashxisini qo’yishga imkon beradi.Har bir tashxis bakteriologik yo'l bilan asoslanishi shart. Davosi. Bo’g’mani davolashda kun tartibi, parhez, parvarish katta ahamiyatga ega. Lekin asosiy davolash usuli bo’g’maga qarshi antitoksik zardob qo'llashdir. Kasallikni davolashda uning turiga, og'riq darajasiga va qaysi bosqichda ekanligiga e'tibor berish kerak. Kasallikning dastlabki kunlarida bemorga faqat suyuq ovqat bergan ma'qul. Agar bemorda miokardit alomatlari bo’lsa, uni qimirlatmay yotqizib qiyish kerak. Big 'marling asosiy davosi bo’g’maga qarshi zardobni yuborishdan iborat. Bu zardob qanchalik barvaqt qo'llanilsa, uning foydasi shunchalik yaxshi bo'ladi. Shunga qaramay, kasallikning o'ta og ir turlarida xatto 1-2 kunlarda ishlatiladigan zardob ham yetarali natija bermasligi va kasallik ilim bilan tugashi mumkin. Zardobda oqsil modda bilgani tufayli, bemor organizmini allergiyaga yoki anafllaktik reaksiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham uni yuborishdan oldin bemor organizmining zardobga sezuvchanligini aniqlash zarur. Bemorlarga zardob Bezredko usuli bo'yicha, bo'lib-bo'lib yuboriladi. Kasallikning mashalliy turlarida zardobni bir kunda bir marta yuborish kifoya, lekin og'ir turlarida zardobni kun davomida qayta yuborish va bir necha kun davomida qo'llashga to'g'л keladi. Bo’g’mada ko'pincha boshqa a'zolarning faoliyati buziladi, shuning uchun ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida dori-darmonlar ishlatiladi. Agar yurak faoliyati buzilgan bo’lsa, yurak glikozidlari vitamin S va B guruhi vitaminlari qo'llaniladi. Bemorda zaharlanish alomatlari kuchli bo’lganda gemodez, reopoliglyukin, qon zardobi va boshqalar tavsiya etiladi. Bakteriologik tekshirishning ikki marta salbo'y javob olingandan keyingina kasalxonadan javob beriladi. Bo’g’ma tayog'chalarini tashib yuruvchilarni ham davolash zarur. Bakteriya tashib yuruvchilarni antibiotiklar bilan davolash zarur. Profilaktikasi. Kasallikni oldini olishda bo’g’ma tashhisini o'z vaqtida qo'yish kerak. Bemor bolalarni sog'lom bolalardan ajratish, epidemiyaga qarshi mahalliy va umumiy tadbirlarni ko’rish katta ahamiyatga ega. Bo'g'mani asosiy profilaktikasi kasallikka qarshi emlashdir. Bo'g’maga qarshi faol emlash ko'k yo'tal va qoqshol kasalligiga qarshi vaksinalar bilan birgalikda o'tkaziladi KO’KYO'TAL Ko'kyo'tal havo-tomchi yo'li bilan yuqadigan kasallik bo'lib, asosan nafas yo'llarining zararlanishi, asab faoliyatining buzilishi va yo’tal xurujlari bilan xarakterlanadi. Ko'kyo'tal bilan bola erta, ya'ni hayotining birinchi kunlaridan boshlab kasallanishi mumkin. Ko'kyo'tal g'o'zg'atuvchisini 1906 yo’lda Borde va Jangu kashf etishgan. Bular tashqi muhitga nihoyatda chidamsizdir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling