O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sogayish davri.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bemor odam hisoblanadi. U kasallikning dastlabki kunlarida o’ta yuqumli bo'ladi. Keyinchalik u kamroq darajada havfli bo'lib, kasallik boshidan 6 hafta o'tgandan keyin yuqumli bo’lmay qoladi. Kasallik manbai bo'lib ko’kyo’talning yashirin (latent) turi bilan og'rigan bemorlar xizmat qiladi. Kasallik havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Kasallikka asosan bir yoshgacha bolalar ita beriluvchan bo'ladi. Kasallikdan keyin bola organizmida kuchli, barqaror immunitet qoladi.
Klinikasi. Ko’kyo’talning kechishida quyidagi davrlar farqlanadi, yashirin, (inkubasion davri), kataral, spazmatik yo’tal xurujlari va sog'ayish davri. Kasallikning yashirin davri 3-4 kundan to 10-14 kungacha davom etadi. O'rtacha 5-8 kunni tashkil etadi. Kataral davr 12-15 kungacha cho’ziladi. Emlangan bolalarda bu davr uzayishi, go’dak bolalarda birmuncha qisqarishi mumkin. Kasallik oddiy yo’tal bilan boshlanadi, bemorni umumiy ahvoli uncha o'zgarmaydi. Yo’tal asta-sekin xurujsimon tusga kiradi. Spazmatik yo'tal xurujlari davrida bemorning ahvoli og'irlashadi, yo'tal xurujlari holsizlantirib qo’yiladi. Bu davrning asosiy belgisi xurujsimon yo’tal bo'lib, 2-3 xafta davom etishi mumkin. Yo’tal birin-ketin keladigan nafas chiqarish harakatlari bilan boshlanadi va oxirida qisqa hushtaksimon nafas olish bilan tugaydi. Yo’tal xuruji 2-3 martadan 20 martagacha takrorlanishi mumkin. Yo’tal xurujlari yelimsimon shilimshiq balg'am chiqishi yoki qayt qilish bilan tugashi mumkin. Yo’tal xuruji vaqtida bemorni ahvoli o’ziga xosdir: Uning yuzi qizaradi, ba'zan ko'karadi, lablari ko'karib biroz shishadi, bo'yin vena tomirlari birtib chiqadi, ko'zlari qon quyilgandek bo'ladi, tillari chiqib turadi, ba'zan ko'zining oqsil pardasiga qon quyiladi. Bemorning beti salqib shishib turadi, til yuzasida yaralar xosil bo'ladi. Yo’tal xuruji boshlanishi oldidan bolalarda xuruj boshlanihidan darak beruvchi belgilar paydo bo'ladi: bemor bezovtalanadi, qo’rqish alomatlari kuzatiladi. Sog'ayish davri. Bu davr 1 haftagacha davom etadi. Yo’tal xurujlari kamaya boradi, bemorning ishtaxasi ochilib kayfiyati yaxshilanadi. Ko'kyo'talning kechishi yengil, o'rtacha og’irlikdagi va og'ir turda o’tishi mumkin. Kasallikning yengil turida yo’tal xurujlari kuniga 5-15 martagacha takrorlanishi mumkin va qisqa davom etadi. O'rtacha og'irlikdagi turida yo'tal xurujlari kuniga 15-25 martagacha takrorlanadi. Og'ir turdagi ko’kyo’talda esa xurujlar soni 25-30 tadan oshishi, har bir xurujning uzoq davom etishi, bemor ahvolining og'irlashuvi kuzatiladi. Ko'kyo'tal deyarli hamma vaqt nafas a'zolarining zararlanishi bilan kechadi. Uning kataral davrida o'pkaga deyarli o'zgarishlar aniqlanmaydi. Xurujsimon yo'tal davrida bronxitga o'xshash o'zgarishlar bo'lib, o'pkada xirillashlar eshitiladi. Xirillashlar ko'pincha yo'tal xurujsimon keyin izsiz yuqoladi. Ko'kyo'talda qon tomir tizimiga ham ancha o'zgarishlar bo'ladi. Bemor betining salqib turishi, lablarining ko'kimtir tusga kirishi, bo'yin vena qon tomirlarining yo’tal xuruji paytida bo’rtib turishi, qo'l-oyoq barmoqlarining ko'karishi, muzlashi qon tomir tizimidagi o'zgarishlarni ifodasidir. Ko'kyo'talda bosh miyada gipoksiya va qon aylanishining buzilishi tufayli ensefalopatiya belgilari kuzatiladi: bemor bezovtalanadi, asabi beqarorlashadi, qo'1-oyog'i titraydi, pay reflekslari kuchayadi. Tana harorati ko'kyo'talda deyarli ko'tarilmaydi, yoki subfebril darajada bo'lishi mumkin Go'daklarda ko'kyo'tal katta yoshdagi bolarlarga qaraganda o'ziga xos kechishga ega. Ularda kasallikning yashirin davri nisbatan qisqa, yo'tal ham og’irroq bo'ladi, ba'zan nafas maromi buzilib, nafasning to'xtab qolishi kuzatiladi. Kasallik asoaratlari tez rivojlanadi. Ko'kyo’talda uchraydigan asoratlardan yana biri ensefalit bo'lib, bu asosan 1-2 yoshdagi bolalarda uchraydi. Ko'kyo'talda ko'krak qafasida bosimni ortib ketishi natijasida kelib chiqadigan asoratlardan pnevmotoraks, emfizema, kindik va chov churrasi, to'g ri ichakning tushishi kabilarni qayd qilish mumkin. Ko'kyo'tal tashhisi kasallikning belgilari, epidemiologik vaziyat va laboratoriya (bakteriologik) tekshirishlar natijasiga asoslanib qo’yiladi. Davosi. Ko'kyo'talga davo qilish uchun kun tartibini to'g'ri tashkil etish zarur. Bemor yetarli darajada uxlashi, ovqati yoshiga mos, vitaminli, tez hazm bo'ladigan bo'lishi kerak. Kasallikning yengil formalarida bemorni uy haroitida davolash mumkin. Go'daklik davridagi va og'ir turda o'tadigan ko'kyo'talni kasalxonada davolanishi shart. Toza havodan tez-tez bahramand bo'lishi katta ahamiyatga ega. Ko'kyo'talga davo qilish uchun ayniqsa biror asorat rivojlangan paytda antibiotiklar tavsiya eliladi. Ko'kyo'talda ampisillin eritromisindan foydalaniladi. Serologik davolashga bemorlarga 3-6 ml miqdorda ko'kyo'talga qarshi immunoglobulin yuboriladi. Bemorga neyroleptik preparatlar (aminazin, propazin) beriladi. Og'ir hollarda kortikosterioid gomonlardan foydalaniladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling