Davolash. Qizamiqning yengil va asoratsiz turlarida bemorlarni uy haroratida davolash mumkin. Kasallikni davolashda gigiena qoidalariga, kun tartibiga rioya qilish, bolani to'g'ri ovqatlantirish, bemor yotadigan xonani tez-tez shamollatib turish kabilar katta ahamiyatga ega. Yuqumli kasalliklar kasalxonasiga qizamiqning og'ir turlari bilan og'rigan bolalar va asosan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar yotqiziladi.
Bemor yotgan xona toza bo'lishi kerak. Uning terisi va shilliq pardalariga diqqat bilan qarab borish bolaning yuzi va qo'llarini tez-tez issiq suvda yuvib turish, burnini tozalab turish zarur har kuni bemor ko'zlarini yuvish. lablari qurib qolmasligi uchun moy surtib turiladi. Bolalarga yetarli darajada suyuqlik ichirib turish lozim. Bemorning ovqati vitaminlarga boy bo'lishi va yengil xazm bo'ladigan bo'lishi kerak.
Profilaktikasi. Qizamiqning oldini olish asosan ikki yo’nalishda epidemiyaga qarshi kurash va maxsus profilaktika tarzida amalga oshiriladi. Epidemiyaning oldini olish maqsadida bemorlar toshma toshganda 5-kungacha ajratib qo'yiladi yoki yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joylashtiriladi. Qizamiq chiqqan bolalar muassasasida 21 kun davomida karantin e'lon qilinadi. Bemor bilan muloqotda bo’lgan bolalar nazorat ostiga olinib, ularning terisi, shilliq pardalari va tana harorati muntazam ravishda tekshirib turiladi. Qizamiq o'tkazmagan bolalarga gammaglobulin yuboriladi, Bemor yotgan xona yaxshilab shamollatiladi va har kuni xo'l latta bilan tozalab turiladi.
Qizamiqning maxsus profilaktikasida qizamiqqa qarshi faol immunitel hosil qilish uchun sog'lom bolalar profilaklik emlash taqvimi bo'yicha ko'rsatilgan muddatlarda qizamiqqa qarshi vaksina bilan emlanadi.
SUVCHECHАK
Suvchechak o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, badan terisida o'ziga xos vezikulo-pustulyoz toshmalarning toshishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Suvchechakni Arago tanachalari deb ataladigan filtrlovchi viruslar qo’zg'atadi.
Epidemiologiyasi- Infeksiya manbai bemor hisoblanadi. U butun kasallik davomida va kasallik tuzalganidan keyin ham 5 kungacha yuqumli bo'ladi. Kasallik sog'lom odamga havo-tomchi yo'l bilan yuqadi. Kasallikka beriluvchanlik o'ta yuqori bo'lib, aholi zich yashaydigan joylarda epidemiya holida uchrashi mumkin. Suvchechak bilan asosan 2 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadi.Ba'zan chaqaloqlar ham kasallikka chalinishi mumkin. Suvchechak ko'pincha qish va bahor oylarida uchraydi. Kasallik bilan og'rib tuzalgan bolalarda barqaror immunitet qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |