O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet56/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik manzarasi. Kasallikning inkubasion davri 11 kundan 21 kungacha o'rtacha 14 kunni tashkil etadi. Suvchechakning boshlang'ich (prodromal) davrida subfebril harorat paydo bo'ladi, bemorning kayfiyati buziladi, injiq va lohas bo'ladi. Keyinchalik tana harorati ko'tariladi. Bemor tanasida toshmalar paydo bo'ladi. Toshma odatda bemorning yuzi, sochlar orasi tanasi, oyoq-qo'llarida bir vaqtda paydo bo'ladi. Ammo oyoq osti va qo'lning kaftida toshma toshmaydi. Toshma dastavval suyuqliksiz bo’rtma (papula) holida paydo bo'lib, u tez orada (bir necha soat ichida) ichi suyuqlik bilan to’lgan pufakcha (vezikula)ga aylanadi. Pufakchalar terida yuza joylashgan bo'lib, atrofi qizg’ish hoshiya bilan o'ralgan bo'ladi. Igna sanchib ko’rilsa, bo'shlig'i bitta bo’lganligi uchun pufakcha puchayib qoladi. Odatda pufakchalar 1-2 kundayoq qurib kulrang po'stloq qora qo’tirga aylanadi, va u 1-3 xafta mobaynida to’kilib ketadi. Ularning o'rnida chandiq qolmaydi har kuni terida yangidan toshma toshib turganligi uchun bemorning badanida bo'rtma, pufakcha va qo'tirni topish mumkin. Toshma badanni qichishtiradi. Ba'zan og’iz, burun va jinsiy a'zolarning shilliq pardalarida ham toshma toshishi mumkin. Bemorlarning 10 foizida pufakchalar yiringlashi mumkin, va bunday hollarda ularning o'rnida mayda chandiqlar qolishi mumkin.
Kasallikning yengil turlarida toshmalar butun tananing u yer bu yeridagina uchrab intoksikasiya belgilari kuzatilmaydi. Kasallikning og'ir turlarida toshmalar ko'plab toshadi, isitma ko’tariladi, intoksikasiya belgilari yuzaga chiqadi.
Asoratlari. Suvchechakning asosiy asoratlariga ikkilamchi infeksiyaning zotiljam (pnevmoniya) bilan qo'shilib kelishi kiradi.
Davosi. Gigienaga qat'iy rioya qilish zarur, bolaning tirnoqlari kalta qilib qirqilgan, qo’llari toza bo'lishi kerak. Teridagi pufakchalarga 4-10 % li kaliy permanganat yoki 1-2 % li brilliant yashili yahshilab surtib turiladi. Yiringli asoratlar rivojlanganda antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari qo'llaniladi.
Profilaktikasi. Sanitariya chora-tadbirlari qo'llaniladi. Bemor uy sharoitida toshma toshgandan 5 kun ichida alohida yotqizilishi kerak. Dezinfeksiya qilish talab qilinmaydi. Kasal bilan aloqada bo'lgan va sog'lom bolalar 11 kundan 21 kungacha ajratib qo'yiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling