O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi
- Epidemiologiyasi.
- Klinik manzarasi.
POLlOMlELIT (SHOL)
Poliomielit markaziy nerv tizimi asosan orqa miya, gohida bosh miya zararlanishi bilan xaraklerlanadigan o'tkir yuqumli kasallikdir- Poliomielit (orqa miyaning) klinik ko'rinishini dastlab 1840 yil Geyn va I887 yilda Medin aniqlashgan. Ushbu kasallik bu olimlarning sharafiga Geyn-Medin kasalligi deb yuritiladi. Etiologiyasi. Poliomielitning qo’zg'atuvchisi birinchi bo'lib Rorrech 1909 yilda poliomilitdan o'lgan bemorning orqa miyasidan ajratib olishgan. Virus tashqi muhit sharoitlariga chidamli, xona haroratiga 3 oydan keyin o’z kuchini yo’qotadi. 56 C haroratda 50 daqiqa mobaynida qizdirilganda xalokatga uchraydi. Dezinfeksiya qiluvchi moddalar va ultrabinafsha nurlar ta'sirida chidamsizdir. Virusning 3 ta immunologik turi ma'lum. Epidemiologiyasi. Infeksiya manbalari poliomielit bilan kasallangan odam va uning virusini tashib yuruvchi odamlardir. Infeksiya manbalari bo'lib poliomielitning oshkora formalaridan tashqari uni atipik bilinmaydigan abortiv formalarini boshidan kechirgan kishilar ham xizmat qiladi. Bemor virusini nafas yo'llari va najas orqali ajralib chiqaradi. Sog'lom kishilarning tashuvchilik xossasi poliomielitda eng ko'p uchraydi. Poliomielitning kishilarga yuqushi asosan, me'da-ichak tizimi orqali amalga oshadi. Virus iflos qo'llar, o'yinchoqlar, ro'zgor buyumlari orqali ham yuqishi mumkin. Kasallik virusini sut va sut mahsulotlari orqali yuqishi ham aniqlangan. Bulardan tashqari virus havo-tomchi yo'li orqali ham yuqadi. Kasallik bilan asosan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadi. Poliomielitning boshdan kechirgandan keyin turg'un immunitet qoladi. Mamlakatimizda 1958 yildan beri qo'llanib kelayotgan poliomielit virusini tirik vaksinasi bilan emlash natijasida kasallikka chalinish hollari ancha kamaydi. Klinik manzarasi. Poliomielitning yashirin davri 5 kundan 35 kungacha o'rtacha 9-12 kun davom etadi. U boshlang'ich yoki falajlikdan oldingi bosqichida kasallik haroratini ko'tarilishidan boshlanadi. Kasallikning dastlabki kunlaridan boshlab kataral hodisalar qayd qilinadi (rinit, nazofaringit, angina, bronxit). Ba'zi hollarda kasallikning boshlanishi hazm apparati tizimining buzilishi bilan (ich ketishi yoki qotishi) harakterlanadi.Markaziy nerv tizimining ta'sirlanishi va faoliyatining buzilishiga xos belgilar qayd qilinadi: bosh og'rig'i, qayt qilish, adinamiya, bo'shashish, uyquchanlik yoki uyqusizlik, ba'zan alahlash, talvasalar tutib turishi, shular jumlasidandir Bolada orqa miya nerv ildizlari va bosh miya, orqa miya pardalarining ta'sirlanishi belgilari paydo bo'iadi. Bosh va orqani bukib ko'rilganda, umurtqa pog'onasiga bosib qaralganda og'riq turadi, qo'l-oyoqlarda og'riq paydo bo'ladi. Sezuvchanlik ortib ketadi. Aksari, ensa muskullarining qattiq bo'lib tortishib turgani (rigidligi) simptomlari topiladi. Umurtqa pog'onasining xarakterli tarzda bezillab turishi spinal simptom bilan ma'lum bo’ladi: o'tirgan kasal o'zining tizzalariga lablarini tekkiza olmaydi, chunki engashganda umurtqa pog'onasida qattiq og'riq sezadi. Bola o'tirgan holatda ikkala qo'llariga tayanib oladi. Es-hush, odatda, o'zgarmagan bo'ladi. Ko'pincha badan terlab turadi. Kasallikning falajlikdan oldingi bosqichi odatda 2-5 kun davom etadi. Orqa miya suyuqligidagi o'zgarishlar juda doimiy va xarakterli belgi bo'lib hisoblanadi. Paralitik bosqichi isitma avjiga chiqqan vaqtda paydo bo'ladigan parezlar va falajlar bilan xarakterlanadi. Bolani diqqat bilan kuzatilganda, muskullari zaif bo'lib qolganligi. Reflekslar yo’qolib ketganligi aniqlanadi. Ko'pchilik hollarda falajlik kasallikning 5-kuniga kelib , ba'zan kechroq 5-14 kuni paydo bo'ladi. Parezlar va falajlarga har-xil muskul gruppalari beriladigan bo'ladi, lekin oyoq muskullari ko'proq, gavda bo'yin, qorin pressi muskullari,nafas muskullari kamroq zararlanadi. Orqa miya nervlari ishtirokidagi spinal falajlar bosh miya nervlari yadrolarining zararlanishi bilan birga davom etib borishi mumkin ko'proq yuz nervlari, kamroq ko'zni uzoqlashtiruvchi, ko'zni harakatlantiruvchi, adashgan, til-xalqum, til-osti nervlarining yadrolari zararlanadi. Falajlar boshlangandan 1-2 xafta o’tgach muskullar atrofiyasi boshlanadi. Atrofiya 2-3 xafta o’tgandan keyin seziladi. Zararlangan qo'1-oyoqlar muzdek rangi ichib, ko’kimtir bo'lib turadi. Kasallikning paralitik bosqichi bir necha kun 1-2 xafta, goho bundan ham ko'proq davom etadi.Emlangan bolalarda poliomielit yengil formalarda kechadi. Davosi. Bemorlar tezda kasalxonalarga joylashtiriladi. Bemorlar o'rnidan turmay joyida yotishi kerak. Bu kasallikning o’ziga xos spesifik davosi yo'q. Asoratlar paydo bo'lgan maxalda antibiotiklar qo'llaniladi. Paralitik davrida og'riqni qoldiradigan vositalar analgin, salisilatlar qo'llaniladi. Issiqlik muolajalari issiq o’rash, paraffin, ozokerit qo’yish, sollyuks lampadan nur berish foydalidir. Og'ir falajlar va kontrakturalar paydo bo'lganda ixtisoslashtirilgan kasalxonalarda davolanadi. Kasallikning 3-4 xaftasidan boshlab, 10-15 kun davomida muskullar orasiga prozerin buyuriladi, 10-15 kunga 0,5- 2 ml dan kuniga 3 marta glutaminat kislota buyuriladi, fizioterapevtik muolajalar qo'llaniladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling