O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Desmurgiya haqida ma'lumot


Download 0.82 Mb.
bet65/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Desmurgiya haqida ma'lumot.
Yaralanganda, shikasttlanganda, operasiyalardan keyin jarohatga infeksiya tushishining oldini olish, qon oqishini to'xtatish, shikasttlangan organ yoki tana qismiga tinch sharoit yaratish uchun bekitish kerak. Bunga tananing shu qismiga bog'lam qo’yish bilan erishiladi. Xirurgiyaning bog'lamlar turini, ularni qo’yish usullarini va bog'lamlar qo’yishda ko'zda tutilgan maqsadni o'rganadigan bo’limi desmurgiya , bog’lam qo’yish prosessi yara bog’lash deyiladi.
Desmurgiya (astos-grekcha-bog'lam va erdon-ish demakdir) bog'lamlar qo’yish to'g'risidagi ta'limotdir.
Bog'lamlar qo’yish san'ati tibbiyotning eng qadimiy namunalaridan bir hisoblanadi, qadimiy qo'lyozmalarda yaralarni davolashda bog'lovchi material sifatida yopishqoq smola, bo’z va boshqa narsalar ishlatilganligi haqi'da yozib qoldirilgan (Gippokrat, Korniliy, Sels, Galen).Desmurgiya ta'lmiotini rivojlantirishda N. I. Pirogovning xizmati каttа bo'lib, u o'z ilmiy asarlarida bog'lovchi maleriallar turlari va ularni qo'llash usullarini yozib qoldirgan.
Bog'lam turlari:
Bog'lamlar tarkibiga ko'ra: yumshoq va qattiq bog'lamlarga bo'linadi. Tanaga qo’yiladigan bog'lam odatda. ikki qismdan iborat bo'ladi. Yaraga davolash uchun qo'yilgan va bog’lamni tutib turuvchi qism. Bog'lov materialini tutib turish uchun oddiy bint, to’rli bint, trikotajli bint, elastik bint va shu kabilar qo'llaniladi. Bog'lov materiali bog'ich va boshqa narsalar bilan tutib turiladi.
Birinchi yordam ko'rsatishda, asosan yumshoq bog'lamlar qo'llaniladi, bularga yelimli, kosinka, bint bog'lamlar kiradi, qattiq bog'lamlardan-shina bog'lamlar ishlatiladi (kraxmalli, gipsli, yelimli). Bog lam qo'yiladigan maqsadiga ko'ra, jarohatlarni zararli tashqi ta'surotlardan himoya qiladigan, bog’lov materiali va dori preparatlarini ushlab turadigan-oddiy bog'lamlar farqlanadi. Tananing biror qismini doimo bosib turadigan bog'lamlar (ko'pincha qon oqishini to'xtatish uchun qo'llaniladi).
Shikasttlangan tana qismiga zarur harakatsizlikni ta'minlaydigan-immobilizasiya qiladigan bog’lamlar: tananing biror qismini doimo tortib bo'shlig'ini germetik yopib turadigan okklyuzion bog’lamlar, tananing biror qismidagi noto'g ri holatni to'g'rilab turadigan korrigasiyalovchi bog’lamlar farq qilinadi.
Bog’lam jarohatni ifloslanishidan himoya qiladi, qon oqishini to'xtatadi, shikasttlangan organni qimirlamaydigan qilish imkonini beradi, bo'shliqlarni germetik yopishga sharoit hozirlab, kollaps, shok kabi juda og'ir asoratlar rivojlanishining oldini oladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling