O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik antiseptika
Antiseptika turlari
Antiseptikaning fizik, mexanik, kimyoviy, biologik turlari farqlanadi. Fizik antiseptika. Jarohatlarni kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya'ni qurutuvchi steril tamponlar, qizdiruvchi lampalar, fen apparatlari ishlatish, jarohat suyuqligini tez shimib oluvchi bog’ichlar tamponlar, drenajlar va oq gigraskopik doka fizik antiseptikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Mexanik antiseptika. Hamma yaralar bakteriya bilan zararlangan hisoblanadi, shuning uchun ham asosiy vazifa ularni birlamchi xirurgik yo'l bilan tezroq tozalashdan iborat. Bu esa mexanik usullar yordamida amalga oshiriladi: yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni kesib tashlash, yaralar atrofini tekislash va kerak bo'lganda ularni tikish bilan erishiladi. Kimyoviy antiseptika. Bu usulda bakteriosid va bakteriostatik xususiyatga ega bo'lgan turli imyoviy antiseptik moddalarni ishlatish ko'zda tutilgan. Antiseptiklar bilan mikroblarni o'qotish yoki uni jarohatda rivojlanishini to'xtatishdan iborat. Asosiy antiseptik vositalarga antiseptik moddalar кirib, ular turli kimyoviy gunihlarga mansubdir. Xloramin eritmasi qo'lni tozalashda, yiringli yaralarni davolashda metalmas asboblar, bemorlar uchun ishlatiladigan asboblar va xonani tozalashda qo'llaniladi. Kaliy permanganat. Suvda yaxshi eruvchi qoramtir kristalldir. Pushti rangli eritmalari og'iz bo'shlig'i, qovuq va boshqa organlarni chayish uchun ishlatiladi. Kuchliroq qoramtir binafsha rangli eritmasi bakteriasid xususiyatga ega bo'lib, to'qimalarni kuydiradi. Shuning uchun kuyishda qora qo'tirlarni davolashda, badbo'y hidlarni yo'qotishda, shuningdek chirityotgan, yiringli jarayonlarni yuvishda qo'llaniladi. Vodorod peroksid. 3-5%li eritmasi ishlatiladi. Rangsiz suyuqlik vodorod peroksid to'qima fermentli katalaza bilan qo'shilib, kislorod ajratadi, bu ko'p miqdorda ko'pik ajralishiga olib keladi. Ko'pik harakati tufayli jarohatdan yot jismlar, qon quyqasi, yirng chiqib ketadi. Formaldigid. U gazsimon ,o'tkir xidli, suvda yaxshi eriydigan modda.Formaldugidning 40%li suvdagi eritmasi formalin deb yuritiladi. Asboblarni, drenajlarni, qo'lqoplarni sterillashda keng qo'llaniladi. Spirt ya'ni etil spirti xirurgiyada keng qo'llaniladi. Spirtni qo'lni zararsizlantirish, operatsiya joyini tozalashda, kesuvchi asboblarni, oplik asboblarni dezinfeksiya qilishda va ipakni sterillashda ishlatiladi. Biologik antiseptika. Maxsus zardoblar, vaksina va antibiotiklar ta'sirida bemorning himoya kuchlarini oshiradigan, jarohatlarda infeksiyaning rivojlanishini to'xtatuvchi antiseptik xususiyatlari bo'lgan davolash vositalari (maxsus zardoblar va vaksinalar, anatoksinlar, immunoglobulinlar, qon va plazma quyish va boshqalar) shuningdek, ma'lum biror oganizm, (viruslar, zamburug’lar va boshqalar) faoliyatida paydo bo'lgan moddalar orqali boshqalarga ta'sir qiluvchi antibiotiklar, bakteriofaglar va proteolitik fermentlardan iborat. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling