O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otkir faringit
- Otkir laringit
- Otkir bronxit
O'tkir rinit-burun shilliq pardasining yallig’lanishi bo'lib, ba'zan prosess burun-xalqumga, xiqildoq, xalqumlarga ham tarqalgan bo'ladi. Kasallik kayfiyatning biroz buzilishi et uvishishi darmonsizlik, haroratnmg subfebril bo'lihidan aksirish burun-yutqunda quruqlik sezishdan boshlanadi. 1-3 kundan keyin burun bo'shlig’ining shilliq pardasi nam tortib ko'p miqdorda seroz-shilliqli sekret ajraladi. Burundan nafas olish birdaniga og'irlashadi. Odam darmonsizlanib, butun a'zoi - badani qaqshab og’riydi.Bemorni o'ringa yotqizish oyoqlariga issiq vannalar qilish zartir. Tomirlarni toraytiruvchi vositalar bo’lgan tomchilar (naftizin, galazolin) yosh bolalarga protorgol va surtma dorilar tayinlanadi.
O'tkir faringit-yutqin shilliq pardasining o'tkir yallig’lanishi, ko'p hollarda o'tkir burun kasalliklari bilan davom etadi. Faringitning paydo bo'lishida burun va burun oldi bo’shliqlarining kasalliklari, kasb-korga oid zararlar, ichkilik ichish, tamaki chekish, juda issiq va achchiq ovqat yeyish sabab bo'ladi. Bunda holsizlanish, tomoqqa, quloqqa beriladigan sanchiqsimon og'riq turishi kuzatiladi. O'lkir faringit odatda mahalliy davolanadi.Iliq ishqorli ingalyasiyalar, burunga moy lomchilari tayinlanadi. O'tkir laringit - hiqildoq shilliq pardasining eng ko'p tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Alohida kasallik sifatida o'tkir laringit tovushning bitta taranglashuvi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Ko'pchilik hollarda u o'tkir respirator xastaliklar gripp bilan kechadi. Bemorning tovushi o'zgarib darg'allashadi. Tomoq achishadi odam yo’taladi. Tovush bo'g'ilib chiqmay qoladi. Ehtiyot choralarini ko’rish ya'ni qattiq gaplashmaslik zarur. Bordiyu, kasalning kasb-kori ko'p gapirish bilan bog’liq bo’lsa tovush funksiyasi tamomila tiklanmagunga qadar, bemor ishdan ozod qilinadi.Davolashda ovqatlanish rejimi muhim o'rin tutadi. Bunda sovuq, juda ham issiq, achchiq ovqat eyish man qilinadi. Hiqildoqning shilliq pardasi iliq suv, ilitilgan mineral suv, bo'yinga isituvchi kompress qo'yish yo'li bilan isitiladi. Oyoqlarga issiq vannalar qilish bug’li ingalyasiya bemorning ahvolini yengillashtiradi. Bronxitlar-bronxlarning yallig'lanishi bo'lib, nafas a'zolari kasalliklari ichida eng ko'p uchraydi. Birlamchi va ikkilamchi bronxitlar farqlanadi. Birlamchi bronxitlarda yallig’lanish jarayoni bronxlarda rivojlanadi. Ikkilamchi bronxitlar yuqumli kasalliklar natijasida rivojlanadi. (gripp, qizamiq, ko’kyo’tal, sil, qorin tifi). Bronxitlar kechishiga qarab o'tkir va surunkali bo'ladi. O'tkir bronxit-ko'pincha bahor va kuzda paydo bo'ladi. Strepto-stafilo- pnevmokokklar kasallik qo'zg’atuvchilari bo'lib hisoblanadi. Fizikaviy va kimyoviy moddalar ( chang, gaz dorilar)dan ta'sirlanish natijasida kasallik rivojlanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling