O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet21/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik manzarasi. Kasallik turli vaqtda asosan kechasi xuruj qiladi. Bemor bunda ko'krak qafasida bosilgandek sezgi sezadi. Bemor yotganda sigilish kuchayadi, shu sababli u o’tirib oladi. Bemorni ko’rganda, majburiy vaziyatdan tashqari, hamma yordamchi nafas muskullarining nafas olishda qatnashishi kuzatiladi, bo'yin tomirlari turtib chiqqan umrov usti chuqurchasi silliqlashgan, yuzi qizarib, ter bosadi. Og'zi ochiq, burun qanotlari kengaygan. Nafas olish qisqa, nafas chiqarish qiyinlashgan, davomli, shovqinli, xirillashlar bilan kechadi va uzoqdan eshitilib turadi. Xuruj boshlanishida yo’tal kamroq, xuruj kuchayganda ko’payadi xuruj oxirida vital yengillashib yopishiqoq tiniq balg'am ajraladi, bemorniing ahvoli biroz yahshilanadi va bemor uyquga ketadi.
Davosi. Xuruj tutib qolgan paytda karovat yoki divanda kasalga eng qulay vaziyatni egallash uchun yordam berish, toza havo kelib turishini ta'minlash ko’krak qafasining yon yuzalari va oyoqlariga gorchichniklar qo’yib qo’yish kerak.Bemorning terisi ostiga 0,1 % li 1.0 ml atropin, 10 ml 2,4 % li eyfillin eritmasi 10,0-40 % li glyukoza yoki 0.9 foizli natriy xlorid eritmasi bilan qo’shib yuboriladi.Bemorni tinchlantirish uchun valeriana, brom preparatlari buyuriladi.
Yurak- qon tomirlari tizimi kasalliklariga yurak poroklari (nuqsonlari), endokardit, miokardit, perikardit, yurakning ishemik kasalliklari (stenokardiya, miokard infarkti, ateroskleroz), gipertoniya kabilar kiradi.Yurak poroklari (nuqsonlari). Bunda yurakning tuzilishida anatomik o'zgarishlar bo'lib, ularning ishi buziladi. Yurak nuqsoni tug'ma yoki orttirilgan bo'lishi mumkin. Yurak tugma nuqsonlarining kelib chiqishi xilma-xil va murakkabdir. Ularning kelib chiqishida irsiy omillar ham sabab bo'ladi, u nuqsonlar homilador ayol ko'pincha kamqonlik va boshqa kislorod yetishmovchiligi bilan kechuvchi kasallikka chalinganda, qizilcha, gripp kabi yuqumli xastaliklar bilan og’riganda (homiladorlikning dastlabki 3 oyida), shuningdek nurlar (rentgen va boshqalar), kimyoviy moddalar (benzol, benzin. alkogollar ) ta'siridan ham paydo bo'ladi .O’pka arteriyasining torligi, yurak bo’lmachalari orasidagi tuxumsimon (oval) teshikchaning ochiqligi, o’ng qorincha devorlarining qalinlashuvi (gipertrofiyasi) - Fallo uchligi, aortaning odatdagidan o’ngroqda boshlanishi. Fallo to’rtligi (tetrada) yurakning tug'ma nuqsonlariga kiradi.Yurakning orttirilgan poroklariga ikki tabaqali (mitral) qopqoq yetishmovchiligi, chap bo’lmacha va qorincha oralig'idagi teshikchaning torayishi, aorta qopqog'i yetishmovchiligi, aorta teshigining torayishi, uch tabaqali qopqoq etishmovchiligi kiradi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling