O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


O'TKIR TOMIRLAR YETISHMOVCHILIGI


Download 0.82 Mb.
bet23/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

O'TKIR TOMIRLAR YETISHMOVCHILIGI
O'tkir tomirlar yetishmovchiligiga ko'p qon va suyuqlik (ich ketish,tinmay qusish), og'ir shikasttlanish zaharlanish, asab va ruhiy zo’riqishlar sababchi bo'ladi.O'tkir tomirlar yetishmovchiligiga hushdan ketish, kollaps, shok holatlari bilan yuzaga chiqadi.Hushdan ketish miya to’qimalarining o'tkir qonsizlanishi (ishemiyasi), natijasida qisqa vaqt hushni yiqotishdir. Ruhiy kechinmalar, ko'p qon yuqotish, og'riq, charchash, jazirama issiqda uzoq vaqt bo’lish hushdan ketishga sababchi bo'ladi.Bemor hushidan ketadi, teri va shilliq pardalari oqarali,sovuq ter bosadi, ko'z qorachiqlari torayadi. Tomir urushi (puls) to'liqligi kuchsiz nafas olishning yuza bo'lishi kuzatiladi.
Davosi. Hushdan ketishga sababchi bo’lgan omillar tezda bartaraf qilinadi. Bemorni boshi past, oyoqlari esa balandroq qilib yotqiziladi. Bunday vaziyatda miyaning qon bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Bemor yotgan xonaga sof xavo kirib turishini ta'minlash lozim. Nashatir spirti bug'lari hidlatiladi.Og'ir hollarda sun'iy nafas oldiriladi.
KOLLAPS
Kollaps deb, arterial va venoz bosimning keskin pasayishi va tomirlarda aylanadigan qon miqdorining kamayishi bilan harakterlanadigan o’tkir yurak tomirlar yetishmovchiligiga aytiladi.Kollaps og ir yuqumli kasalliklarda (shigella,salmonellez, dizenteriya), ko'p qon ketganda, shikasttlanganda, gavda vaziyatining gorizontal holatdan vertikal holatga tez burish (ortostatik kollaps) natijasida, ovqatdan zaharlanishda yuzaga keladi.
Klinikasi. Bemor hushini yiqotmagan holda qattiq tashnalikdan shikoyat qiladi.Teri qoplamlari keskin oqarib, sovuq ter bosadi, tez-tez yuzaki nafas oladi. Tana harorati, qon osimi pasayib, og’zi quriydi. Puls tezlashgan, ipsimon bo'ladi.
Birinchi tibbiy yordam va davosi. Kollapsni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf qilish (qon oqishini to’xtatish, intoksikasiyaga qarshi kurash) bemorga ruhiy va jismoniy jihatdan to’la orom berish, isitish zarur.Teri ostiga 0.5 ml 0.1li adrenalin.1,0 25 % li kofein eritmasi teri ostiga 1,0-2,0 ml 0,2 % li noadrenalin, 1,0 ml 1,5% li mezaton eritmasi vena ichiga in'eksiya qilinadi.
SHOK Shok (fransuzcha- zarba) haddan tashqari kuchli taassurotlar natijasida nerv, endokrin, nafas va qon aylanish tizimlarining faoliyati hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan harakterlanadi. O'tkir tomirlar etishmovchiligining eng og'ir formasidir. Shok shikasttlanishda, tananing ko'p qismi kuyganda (jarohat shoki), allergik reaksiyalarda (anafilaktik shok), o'tkir miokard infarktida (kardiogen shok) kuchli hayajonlanish, asab va ruhiy buzilishlarda (emosional shok), qon gruppasi to'gri kelmagan qon quyo’lganda (gemotrnsfuzion shok) yuz beradi.Jarohat shoki ko'pincha bosh ko'krak, qorin, chanoq va oyoq qo'llarning shikasttlanishida tananing ko'p qismi kuyganda sodir bo'ladi.
Jarohat shokining 2 ta tazasi farq qilinadi.
Erektil faza - qisqa muddatli qo'zg’alish, so’ngra torpid - pasayish fazasi. Shokning boshlang’ich fazasida bemor bezovtalanadi, qarashlari bejoli, havo yetishmayotganidan noliydi, teri va shilliq pardalari oqarib sovuq ter bosadi. Keyingi fazasida bemorning ahvoli og’irlashib, atrof muhit va kishilarga befarq bo'lib qoladi. Og'riqni sezish kamayadi, ba'zan umuman sezmaydi. Rangi oqarib, tana harorati pasayadi. Nafasi va pulsi tezlashadi qon bosimi pasayadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling