O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet64/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

SULFANILAMID PREPARATLAR
1. Bularga streptosid, norsulfazol, etazol, urosulfan, sulgin ,ftalazol, sulfadimetoksin, sulfalen kabi dori moddalari kiradi. Organizmga mahalliy va umumiy ta'sir ko'rsatadi.
ASEPTIKA. Bu fizik omillar, kimyoviy preparatlar, biologik usullarni qo'llash bo'yicha o’tkaziladigan tashkiliy ishlar tufayli, operasiya yarasiga mikroblar tushishini oldini olish demakdir.
Aseptikaning asosiy qonuni quyidagicha sharhlanadi: yaraga tegadigan har bir narsa bakteriyalardan holi bo'lishi, ya'ni sterillangan bo'lishi kerak. Yaraga mikroblar ikki xil yo’l bilan tushadi: ekzogen va endogen. Mikroblar va ularning sporalarini xirurgik operasion oqliklar, asboblar, chok solish va yara bog’lash materiallarini, xirurgning qo'lqopi, xalati, qo'llaridan yo'qotishga sterilizasiya deyiladi.Sterilizasyani turli usullarda: bug' bilan ,bosim ostida avtoklavlash, quruq issiqlik,qizdirish,qaynatish,kuydirish yo'li bilan antiseptik eritmalarda va antibiotiklarning eritmalarida saqlash bilan amalga oshiriladi.
Radioaktiv nurlanish nurlar (gamma-nurlar), ultrabinafsha nurlar (simob-kvars lampalar), gazlar bilan sterilizastya qilish birmuncha keng qo'llaniladi.
Ma'lumki, qaynoq suv bug'i issiqlik o'tkazish qobiliyatiga ega. U qaynoq havoga nisbatan yuqori issiqlik darajasiga ega bo'lgani uchun sterilizasiya qilinayotgan jismga issiqlikni tez o'tkazadi.
Oquvchi bug' bilan sterillash avloklavda bajariladi .Quruq issiqlik bilan sterilizasiya qilinadigan sohalarni qizdirishga asoslangan va unda sterilizasiya qilinayotgan jismlardagi harorat I70C-200Cga yetishi kerak. Avtoklavlar qarovsiz qoldirilmaydi. 180C temperaturada sterilizasiya qilish vaqti 15 minutga teng, nur bilan sterilizasiya qilish, bu usul katta energetik kuchga ega bo'lib, sterilizasiyaning kuchi materiallarning har - xil chuqurligigacha yetib boradi.
Ultra tovush bilan sterilizasiya qilish. Bu usulda sterilizatorlar kuchsiz antiseptik vositabilan to’ldiriladi va ultra tovush to'lqinlari ta'sirida xirurgik asboblar, kichik plastmassa asboblar yoki jarroh barmoqlari dezinfeksiya qilinadi. Kimyoviy (sovuq) sterilizasiya deb, etilen oksidi hamda kuchli antisepiklarni qo'llashga aytiladi. Sovuq sterilizasiyadan oqsillar koagulyasiyasi 45C dan 60 C gacha harorat atrofida bajariladi. Bu usul bilan avloklavda yoki havo sterilizatorida kateterlar, xirurgik qo'lqoplar, tomir protezlar, endoskoplar, respirator va sun'iy qon aylanish apparatlari sterilizasiya qilinadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling