O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
Qon oqishini to'xtatish qon oqishini quyidagi usullar yordamida to'xtatish mumkin:
1) qon oqishining o'z-o'zidan to'xtatishi; 2)qon oqishini vaqtincha toxtatish: 3) qon oqishini butunlay to'xtatish, qon oqishini to'xtatish yo'qotilgan qon o'rnini to'ldirish va patologik o'zgarishlarni yaxshilashga qaratiladi, qon oqishining o'z-o'zidan to'xtashi, kapillyarlar, mayda venalar yoki mayda arleriyalardan qon oqishi ko'pincha o'z-o'zidan to'xlab qoladi, chunki bunda organizmning bir qancha himoya mexanizmlari ta'sir ko'rsatadi. Zararlangan tomirlarning devori qisqaradi (reflector spazm), ularda qon harakati kamayadi, oqqan qon ivib, tomir teshigi laxta (tromb) bilan berkitiladi. Bemorning qoni ivimasa yoki qonning ivish xossasi pasaygan bo'lsa, qon oqishi o'z-o'zidan to'xtamaydi. Tashqi qon oqishida birinchi yordam ko'rsatish uchun avvalo qon oqishini tezda to'xtatish kerak, qon oqishi ikki xil yo’l: vaqtincha va butunlay to'xtatiladi. Birinchi yordam berish sharoitida qon oqishi shikasttlangan odamni davolash muassasasida xirurglar tomonidan qon oqishini butunlay to'xtatish chorasini ko’radi. Qon oqishini vaqtincha to'xtatishda quyidagi usullar qo'llaniladi: 1. Tananing qon oqayotgan qismini gavdaga nisbatan yuqori ko'tarib qo'yish. Bu usul qo'l-oyoq venalaridan ozroq qon oqayotganda uni kamaytirishga va hatto to'xtatishga imkon beradi. Kapillyar qon oqayotganda jarohat bosib bog'langandan keyingina qo'l-oyog'ini ko'tarib qo’yish kerak, tomirlarda bosim pasayadi va qon iviydi. 2) Shikasttlangan joyni bosib turadigan bog'lamda bosib turish. Yumshoq to'qimalardan qon ketayotganda (kalla, boldirning oldingi yuzasi, tizza, tirsak bo’g’imlari terisi jaroharlanganda) vena va arteriyadan qon ketganda bosib bog'lash foydali. Jarohat chetlariga yod nastoykasi Surtilgandan kevin bir necha qavat sterillangan doka yopib, ustidan qalin paxta qo’yiladi-da. zichlab bint o’raladi. Bog’lam tagida bosilgan qon tomirlardagi qon tez ivib tromb hosil qiladi. 3) Arteriyaning yuqorirog'ida barmoq bilan bosib turish. Arierial qon oqishida shoshilinch to'xtatishning keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Arteriya yuzaki suvak yaqinida bo'lsa, shu suyakka qarab bosish mumkin. Arteriya barmoq bilan to'g'ri bosilsa teshigi yetarlicha to'la berkitiladi. Ko'pincha jgutni boshqatdan solishda shu usuldan foydalaniladi. Barmoq bilan bosib turib qon oqishini uzoq vaqt to’xtatib bo’lmaydi,chunki bu katta jismoniy kuch talab qiladi, yordam ko'rsatuvchini charchatadi va transportirovka qilish imkoniyatidan deyarli mahrum qiladi. Bu usul juda qulay, u jarohatga iflos tushurmay, qon to'xtatishni ta'minlaydi. Arteriyani barmoq bilan yuqorirog'idan bosib turish qo'1-oyoqlardagi,bo'yin va boshdagi arteriyalardan oqayotgan qonni vaqtincha to'xtatishda eng qulay bo'lgan birdan-bir usuldir. Yelka arteriyasini yelkaning yuqoridagi uchdan bir qismida qo'ltiq chegarasidan bosish yaxshi natija beradi. Barmoqlar yelkaning ichki etagiga qo'yilib, arteriya yelka suyagiga bosiladi. Son arteriyasi chov burmasi o'rtasining naq pastida bosib turiladi. Bu arteriyani musht bilan bosib turish mumkin, arteriyani bosh barmoq, kaft, musht bilan bosib turish mumkin, umumiy uyqu arteriyasini oltinchi bo'yin umurtqasining uyqu do’mbog'iga bosib turiladi, barmoqlar to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon o’siq muskulining o'rtasiga qo'yiladi. 4) Qo'l yoki oyoqdan qon oqayotgan bo'lsa, bo'g'imni iloji boricha bukib turib, qon oqishini to'xtatish kerak. Qo'ltiq yoki o'mrov osti arteriyasidan qon oqishini to'xtatish uchun qo'lni orqaga maksimal darajada qayirib, orqaga taqab bog'lash mumkin. Shunday vaziyatda o'mrov osti arteriyasi o'mrov suyagi bilan birinchi qovurg'a oralig'ida qisiladi Bilak va qo'l panjasidan qon oqqanda tirsak bo'gimini mumkin qadar bukib bog'lab qo'yish mumkin. Oyoq panjasi va boldirdan qon oqqanda oyoq tizza bo'gimidan maksimal darajada bukib bog'lab qo'yiladi. 5) Shikasttlangan qismiga burov (jgut) solish. Umuman qon oqayotgan arteriyalarni qo'l bilan bosib turish yaxshi foyda beradi, lekin uzoq vaqt bosib turganda qo'l charchab qoladi. Shuning uchun oyoq-qo'l arteriyalaridan oqayotgan qonni jgut yordamida to'xtatish usuli keng qo'llaniladi va u qulay hisoblanadi. Bu usul rezina naychalar, rezina bint yoki matodan tayyorlangan jgut-zakrutka bilan qon oqayotgan joyning yuqorisidan bog'lashga asoslangan. Urush maydonlarida jgut sifatida kamar, ro'molcha, ko'ylak, sochiq va boshqalardan foydalaniladi. Sim, tizimcha, arqon, kanop va shunga o'xshashlardan jgut sifatida foydalanish mutlaqo mumkin emas. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling