O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Qon yo'qotish hajmiga ko'ra


Download 0.82 Mb.
bet71/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Qon yo'qotish hajmiga ko'ra: 1) yengil; 2)o'rta va 3) og'ir qon yiqotish darajalari farqlanadi. Yengil darajali qon yo'qotishda bemor tomirlarida aylanib turgan qonning 10-15 foizini yiqotadi. Puls tezlashib (minutiga 80 marta), teri oqaradi, kamquvvatlik kuzatiladi, qon bosimi 100/70, 100/60 mm sim. ust. teng bo'ladi.
O'rta darajali qon yo'qotish aylanib turgan qonning 15-20 foizi yo’qotilganda sodir bo'ladi. Bemorni rangi oqarib, badanida sovuq ter paydo bo'ladi, kamquvvatlik, bosh aylanishi, xushsdan ketish kuzatiladi, puls tezlashib 100-110 ga yetadi, qon bosimi kamayib 90-100 mm.sim.ust.ga tushadi. O'rta darajali qon yuqotishda yo'qotilgan qon hayot uchun muhim bo'lmagan to'qimalardan (teri, teri osti osti kletchatkasi, muskul, taloq hisobidan) hayot ychun muxim bo'lgan a'zolariga (miya, yurak, o’pkaga oqib boradi.
Og'ir darajali qon yo’qotish qon tomirlarida aylanib yurgan qonning 20-30% gacha kamayishidan kelib chiqadi va bemor behush holatda bo'ladi, puls bo'lmaydi, qon bosimi tushib ketadi. Katta arteriya va venalarning kesilishi og'ir qon ketishi bilan kechib, organizmning o'z-o'zini tiklash mexanizmi zaiflashadi. Jismonan charchagan, toliqqan, hayajonli, sovuqda qolib ketgan bemor qon yo'qotishni og'ir o'tkazadi.
Inson qon tomirlaridagi qonning miqdori fiziologik holatda tananing 1/10 bo'lagini tashkil etadi; bu 5-6 litrga to'g'ri keladi, qon tomirlarda qon bir me'yorda tarqalmaydi, arteriyada 20%. venada 75%, kapillyariarda esa 5% bo'ladi. Shunday qilib, 95% qon hajmi tomirlarni, yurak kamerasini to'ldirib turadi, 5% qon esa to'qimalarda modda almashinuvida ishtirok etadi. 40-50% aylanib turgan qonni yo'qolishi organizmning o'lishiga olib keladi, undan kam miqdorda qon yo’qotish esa o'tkir kamqonlik kasalligining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
O'tkir kamqonlik
Ko'p qon yo'qotish natijasida, qon aylanishining keskin buzilishi, og'ir kislorod tanqisligi vujudga kelishi sababli o'tkir kamqonlik rivojlanadi.
O'lkir kamqonlik belgilari o'ziga xosdir. Bemorning tinka madori qurib, quvvati ketayotganidan, quloqlari shang'illab, ko’z oldi qorong'ilashayotganidan, boshi aylanishidan, lanjlikdan va ko'ngli aynib qayt qilishidan shikoyat qiladi. Teri va shilliq pardalarning rangi oqaradi, yonoq suyaklari turtib chiqadi, qo'l-oyoqlar muzdek bo'ladi va yopishqoq sovuq ter bosadi, tomiri sust uradi, harorat tushib ketadi, nafas olishi tezlashadi, qon bosimi pasayib ketadi, qon oqishi tezda to'xlatilmasa, bemor o'ladi.
O'tkir kamqonlik belgilari paydo bo'lishi bilanoq tezda yordam berish kerak. Avvalo qon oqishini to'xtatish zarur, so'ngra qon va qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar venaga yuboriladi. Bemorga issiq choy, kofe ko'p ichiriladi. Bunday hollarda bemorning qo'l va oyoqlari yuqori ko'tarilib, boshini pastga tushirib yotqizish kerak (miyada qon aylanishi tezroq tiklanishi uchun)va tezda bemorni xururgiya bo’limiga yuborish zarur.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling