O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
CHIN SUVGA CHO'KISH, QURUQ SUVGA CHO’KISH
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUVGA CHO’KKANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
CHIN SUVGA CHO'KISH, QURUQ SUVGA CHO’KISH,
SINKOPAL SUVGA CHO’KISH Cho'kayotgan odamning hayot uchun kurashishi chin suvga cho'kish uchun xarakterlidir. Cho'kayotgan odam suv yuzasiga qalqib chiqib talvasali nafas oladi va bunda suv yutadi. Suv nafas yo'llarini to'ldirib, o'pkaga havo kirishiga to'sqinlik qiladi. Maromsiz nafas olish va nafasini tutib turish qonda karbonat angidridi to'planib qolishiga sabab bo'ladi. Bu o'z navbatida beixtiyor nafas olishiga olib keladi. Bu vaqtda suv ko'p miqdorda traxeya, bronx va alveolalarga tushadi. Suv ostida muntazam nafas olish bir necha sekundgacha davom etadi. So'ngra bir minutgacha ikkilamchi to'xtashi, keyin esa agonal nafas oladi. Yurak faolyatining toxtashi cho'kishda qorinchalar fibrillyasiyasi natijasida kelib chiqadi. chuchuk suvga vaqtida o'pka orqali qonga ko'p miqdorda suyuqlik tushib, qonning suyuqlanishiga, eritrositlar gemoliziga va ionlar tengligi buzilishiga olib keladi. Yurak faoliyati natas olishdan avalroq to'xlab qoladi. Chin suvga cho'kkan odamni teri va shilliq qavatlari ko’karib ketadi. Og'zi va burnida ko'pikli suyuqlik (ko'pincha qon aralash) keladi va ko'krak qafasi bosilganda suyuqlik miqdori ko'payadi. Quruq suvga cho’kishda xushdan ketish kuzatiladi. Bunday hollarda odam cho’kmaslik uchun aktiv qarshilik ko'rsata olmay, birdan suv tubiga cho’kib ketadi.Hiqildoqqa ozroq miqdorda tushgan suv tovush boylamlarini spazmiga olib keladi. Natijada odam nafas olmay qoladi. Iekin o'pkaga o’tishiga yo'l qo'yilmaydi. Unda nafas yo'llarida suv bo'lmaydi, teri va shilliq pardalar ham ko’karmay balki oqaradi. Faqat og’iz va burunda biroz suyuqlik bo'ladi. SUVGA CHO’KKANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH Cho’kayotgan odamning orqasidan suzib kelib qo'ltig'idan ushlanadi va yuzini yuqoriga aylantirib u bilan qirgoqqa suzib chiqiladi. Suvdan olib chiqilgan odam ichiga suv kirgan bo’lsa-yu, lekin xushidan ketmagan bo'lsa, shu zaxoti qusishi va xushidan kctishi mumkin. Agar zararlanuvchi hushidan kctmagan bo'lsa, tinchlantirib, ho'l kiyimlari yechiladi va isitilib, choy, kofc, spirt yoki valeriana nastoykasi beriladi va tezda kasalxonaga junatiladi. Zararlanuvchi suvdan xushsiz, lekin уuгак va nafas faoliyatini saqlagan xolda olib chiqilsa, ularga novshadil spirti xidlatilib badani isitiladi. Agar zarurat bo'lsa yurak va nafas faoliyatini yaxhilovchi dorilar qilinadi va yaqin davolash muassasasiga yuboriladi. Cho’kkan o’lim xolatidagi odamning awalo nafas yo’llari yot jismlar, suv va shilimshiq moddalardan tozalanib, su’niy nafas oldiriladi va yurak massaji o’tkaziladi. Agar yot jismlar cho’kkan kishining og’iz bo'slig’ida, bo'lsa, ular qo'l bilan olib tashlanadi. Ko’rsatkich barmoqni tamoqqa kiritib, nafas yo'li ochiq yoкi yopiqligi tekshirib ko’riladi. Nafas yo'llaridan, oshqozondan suyuqlik va ko'piklar chiqarib yuborish uchun zararlanuvchi qorniga yotqizilib sonidan ko'tarladi va qorni bilan qutqaruvchining tizzasiga yotqiziladi. Chap qo'l bilan zararlanuvchining orqasiga bosiladi. Cho’kkan odam chalqancha yotqizilib, og’zidan-og'ziga va og'zidan-burniga usulida sun'iy nafas beriladi va parallel ravishda yurak yopiq massaj qilinadi. Teri va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikasttlanishga yopiq shikasttlanishlar deyiladi. Sababi: o'lmas tumtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish, yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilisli natijasida kelib chiqadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling