Qon ivish usullari Qon ikki xil usulda: 1) Bevosita va 2) Bilvosita qo'yiladi.
Qonni donor venasidan to'gridan-to'gri bemor venasiga quyisb bevosita qon quyish deyiladi. Bu usul juda kam qo'llaniladi. Donor qonini resipient venasiga quyish bilvosita qon quyish deyiladi. Bunda donordon olingan qonni ivishga to’sqinlik qiladigan eritmali idishdan olib ma'lum vaqtdan so’ng risipientga quyish bilvosita qon quyish diyiladi.Qonni arteriyaga, venaga, suyak ko'migiga quyish mumkin. Ba'zi bir kasalliklarda butun qon o'rniga qonning ayrim komponentlari: plazmasi. zardobi, Eritrositar, leykositar va trombositar massasini quyish mumkin.
Plazma qonni 4C da 48 soat tindirib olinadi. Hozirgi vaqtda plazma o'rnini bosadigan sintetik kolloid eritmalardan poliglyukin ko'p ishlatiladi. Poliglyukin organizmdan uzoq vaqtgacha chiqib ketmaydi. Shok, qon yiqotish, kuyish va boshqa holatlarda poliglyukin ishlatiladi.
Zardob ivigan yoki fibrilsizlangan qonning suyuq qismi. Plazma va zardob tarkibida oqsil moddalar, antitelalar va garmonlar bo'ladi. Ular suyuq (nativ plazma va zardob) va quyuq holda chiqariladi. Har xil shok holatlarida, qon to’xtatish maqsadida qon quyilganda, organizm oqsil yo’qotganda plazma yoki zardob quyo’ladi.
Eritrositar massa 80-90% eritrosit bilan 20% plazmadan iborat bo'lib, tayyor ampulalarda chiqariladi.
Leykositar massa organizmda leykositlar kamayganda, nurdan zararlanganda, shuningdek jarohatning bitishini tezlatish maqsadida venalarga quyo’ladi.
Trpombositar massa suyuq va quruq holda chiqariladi. Qonning ivish xossasi buzilganda qonni to'xtatish maqsadida venaga quyo’ladi.
Qon o'rnida ishlatiladigan suyuqliklarga har xil eritmalar (albumin, protein, jelatinol), zararsizlantiruvchi eritmalar (gemodez), vena qon tomiriga yuboriladigan preparatlar (gidrolizin) kiradi. Xirurgiyada qon o'rnida tuzli eritmalar (Ringer eritmasi, ringer LOKK eritmasi) ko'p ishlatiladi. Shokka qarshi ishlatiladigan suyuqliklar qon o'rnida keng qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |