O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet73/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Jgut bog'lash usuli. Qo'l yoki oyoqning yirik arteriyasidan qon ketayotganda qon ketishini to'xtatish chun eng ishonchli vosita jgut bog'lashdir. Esmarxning elastik jguti va NIISIning mato jguti ko'p ishlatiladi. Qo'lga jgut bog'lashda yelkaning uchdan bir yuqori qismi, oyoqqa bog'lashda esa sonning uchdan bir o'rta qismi eng qulay joy hisoblanadi. Oyoq-qo'l arteriyalaridan kuchli qon oqqandagina jgut bog'lashga ruxsat etiladi, qolgan hamma hollarda bu usulni qo'llash tavsiya qilinmaydi. Terining jgut ostida siqilib qolishining oldini olish uchun jgut tagiga sochiq, yaradorning kiyimi yoki bint bog'lovi yopiladi. Qo'l yoki oyoqni bir oz yuqoriga ko'tarib, jgutni uning tagiga qo’yiladi cho’ziladi va qon oqishi to'xtaguncha qo'l yoki oyoq atrofida aylantirib о’raladi. Jgut o'ramlari terini qismay yonma-yon tushishi lozim. Birinchi o'ramni ayniqsa mahkam siqish, lkkinchisini kamroq, qolganlarini bundan ham bo'shroq o'rash kerak. Jgut uchlarini zanjircha va ilmoq bilan o'ramlar ustida mahkamlanadi. Matoni faqat qon oqishi to'xtaguncha siqish kerak. Jgut to'g'ri bog'langanda arterial qon oqishi tezlikda to'xtaydi, oyoq yoki qo'l oqaradi,jgut bog’langan joydan pastda tomirlar pulsasiyasi to’xtaydi.
Jgut bog’lashda ko'pincha quyidagi xatolarga yo'l qo’yiladi: jgut qattiq siqilganda yumshoq to’ qimalar ezilib qoladi, nervlarning ezilishi natijasida qo’l yoki oyoq falajlanishi mumkin; jgut bo’sh bog ‘lansa qon oqishi to'xtamaydi, aksincha venada qon dimlanib qoladi va venoz qon oqishi kuchayadi .
Jgutni oyoq yoki qo'lda 1,5 - 2 soatdan ortiq saqlash yaramaydi. Tomirlarning bundan ko'p qisilishi oyoq yoki qo'lning jonsizlanib qolishiga olib keladi. Shunga ko'ra jgut ustidan bog'lam, kosinka bog’lash qat'iyan taqiqlanadi. Jgut bog’langan vaqtdan so'ng 2 soat ichida shikasttlangan kishini kasalxonaga qon oqishini batamom toxtatish maqsadida olib borishning hamma choralarini ko'rish zarur. Agar biror sababga ko'ra qon oqishini uzil-kesil to'xtatish cho’zilib ketsa, jgutni 10-15 minut yechish bu vaqt ichida arteriyadan qon oqishini barmoq bilan bosib to'xtatib turiladi va u ilgari bog'langan joydan yuqoriroqqa yoki pastroqqa yana bog’ lash zarur. Ba'zan bir necha marta shunday qilinadi (qishda yarim soatda, yozda bir soatda). Jgut bog'langan vaqtni tekshirib turish, uni o'z vaqtida yechish yoki bo'g’lash uchun jgut tagiga yoki shikasttlangan kishining kiyimiga jgut boglangan kuni va vaqti (soati va minuti) yozilgan xat to’g’nab qo'yiladi.
Maxsus jgut bo'lmaganda oyoq-qo'lga kamar, ro'mol, mato parchasini bog'lab tortiladi. Qo'shimcha vositalardan tayyorlangan jgutni zakrutka (burama) deb ataladi. Burama uchun ishlatilgan narsani kerakli joyda bo'sh qo'lib bog'lanadi. Hosil bo'lgan qovuzloqdan tayoqcha. taxtacha o'tkaziladi va uni burab, qovuzloqni qotishi batamom to'xtaguncha aylantiriladi, shundan so'ng tayoqchani oyoq yoki qo'lga mahkamlanadi. Burama qo'yish og'riqqa sabab bo'ladi, burama tagiga, ya'ni tugilgan joy ostiga biror narsani qistirib qo'yish lozim.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling