O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Kapillyarlardan qon oqishi


Download 0.82 Mb.
bet70/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Kapillyarlardan qon oqishi. Bu qon oqishi juda mayda qon tomirlari (kapillyarlar) shikasttlanganda sodir bo'ladi. Teri shilliq qavati, mushak yuzi shikasttlanganda, teri qirilganda shilliq qavati chaqa bo'lib, uning yuzidagi kapillyarlardan qon oqib turadi. Bunda qon yaraning barcha sathidan oqib chiqadi. Qonning rangi arteriya va venadan oqadigan qon rangi o'rtasida bo'ladi. Qon ivishi normal bo'lganda kapillyar qon oqishi o'z-o’zidan to'xtaydi.
Parenximatoz qon oqishi.Ichki parenximatoz organlar (jigar, taloq, o'pka, buyrak) shikasttlanganda undagi qon tomirlaridan juda ko'p qon oqadi, bu qon ketish birikliruvchi to'qimalar orasida qon tomirlarining qisqarishi qiyin bo'lgan yerda bo'lganligi sababli, yo'li ochiq bo'lib, qon ketishining o'z holicha to'xtashi qiyinlashadi. Bu organlar qon tomirlariga boy bo'lganidan, qon oqishi juda uzoq davom etadi. Qonni o'z-o'zidan deyarli to'xtatib bo'lmaydi, uni operatsiya yo'li bilan to'xtatish mumkin.
Klinik holatiga qarab: tashqi, ichki va yashirin qon oqishi farqlanadi. Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi, qon teridagi jarohat orqali tashqariga chiqadi. Tashqi qon ketish ko'proq bo'yin, qo'1-oyoq va boshqa joylarda kuzatiladi.
Ichki qon ketish shikasttlangan qon tomirlaridan bo'shliqqa, oraliqqa, ichki organlar sohasiga va uning atrofiga tarqalish yo'li bilan namoyon bo'ladi.
Yashirin qon ketishida klinik holatlar noaniq bo'ladi, bu "tushunib bo'lmaydigan" kamquvvatlik , tez charchab qolishlik, bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi bilan kechadi. Oshqozon-ichak bo'shligiga qon tushsa, u jigarrang tusga kiradi, ya'ni qondagi gemoglabin moddasi oshqozon shirasining ta'sirida ushbu rangni beradi. Agar qon oshqozonga yoki ichakka o'tsa, axlat qorayib ко’ mir rangiga aylanadi, bu esa yashirin qon ketishining belgilaridan hisoblanadi.
Buyrak, siydik yo'li, siydik qopi shikasttlanishi qon ketishi bilan kechsa , qon siydikda bo'ladi, qon ketishning sodir bo'lgan vaqtiga qarab: a) birlamchi va 2) ikkilamchi bo’ladi.
Shikasttlanish sodir bo’lgan zahoti, shikasttlangan tomirda qon ketishi birlamchi deb ataladi. Ikkilamchi qon ketish, shikasttlanishning birinchi kunida yarada infeksiya bo'lishi tufayli, ivigan qonning chiqib ketishi natijasida, qon tomo'rini drenaj naychasi bosib qolganda, yoki yot narsalar,
suyak bo’lakchalarining qon tomirlarini shikasttlantirishi hamda to'qimalarning o'lishi tufayli bo’lishi mumkin. U shikasttlanish sodir bo’lgandan keyin bir necha kun va hafta o'tgandan so’ng sodir bo’ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling