O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuyishda birinchi yordam korsatish.
- SОVUQ URISHI
Kuyishning klinikasi. Mahalliy va umumiy belgilar farq qilinadi. Каttа bo'lmagan kuyishda umumiy belgilar uncha ahamiyatli bo'lmasa, keng maydon zararlanganda esa kuyish kasalligi kelib chiqadi. Mahalliy bekgilar kuyish darajasiga bog’liq bo'ladi. Kuyishning zararlanish chuqurligiga qarab 4 darajasi bor; 1 darajali kuyish yallig’lanish bilan kechadi. Yuqori harorat ta'sir qilgan joy kuchli qizaradi va shishadi. Kuchli og'riq paydo bo'ladi bir necha kundan so'ng bu belgilar yo’qolib, teri qo'ng’ir rang oladi. 1 darajali kuyishga quyoshdan kuyish misol bo’la oladi. Ikkinchi darajali kuyishda yallig'lanish kuchli bo'ladi, kapillyarlar kengayadi, shish kattalashadi. Terining epidermal qavati zararlanadi, pufakcha xosil qiladi. Pufakchaning ichi tiniq seroz suyuqlik bilan to’lgan bo'ladi. Og’riq 3 - 4 кun davom etadi. Bu kuyish chandiqsiz bo'ladi va qaynoq suv yoki bug' ta'sirida yuzaga keladi. 3a -darajali kuyishda nafaqat teri balki unining chuqur qavatlari ham zararlanadi. Pufakchalar paydo buladi, ular rangsiz, qoraroq va timqora bo'ladi. 3b- darajali kuyishda so’rg’ich qavat, teri osti yog' kletchatkasi zararlanadi. 4- darajali kuyishda esa chuqur to'qimalar, suyaklar zararlanadi. To'qimalar qora ko'mirga aylanadi va amputasiyani tatab qiladi.
Kuyishda birinchi yordam ko'rsatish. 1. Shikastlangan kishiga yuqori harorat ta'sir qilishini to'xtalish zavur: yonayotgan kiyim-boshni o’chirish, shikastlangan kishini yuqori harorat zonasidan chiqarish, tana yuzasidan tutib, tutab turgan va qizigan kiyimlani yechib tashlash kerak. 2. Alanga olgan kiyimni suv sepib yoki biror qalin matoga o’rab o’chiriladi. 3. Kiyimlani tez yechish uchun qirqish mumkin 4. Teri qoplamalariga zarar etkazmaslik uchun qo’pol xarakat qo'lmaslik lozim. 5. Kuygan yuza tez vaqt ichida bog'lam qo’yib bekitilishi zarur. Kuygan yuzani hech narsa bilan yuvmaslik, unga qo'l tekkizilmasiik, putakchalani sitmaslik, yopish kiyim parchalarini ko’chirmaslik, biror yog' surtmaslik, poroshok sepmaslik zarur va bemor tezlik bilan kasalxonaga yetkazilishi lozim. SОVUQ URISHI Sovuq urishi deb, past haroratning ta'sir qilishi natijasida to'qimalar nekrozi va reaktiv yallig’lanishiga aytiladi. Ortiqcha namlik, mikroiqlimning buzilishi, tor kiyim va poyabzal kiyish, qon aylanishi, gipovitaminoz va shu kabilar sovuq urishi uchun qulay sharoit yaratadi. Uning asosiy sababi to'qimalar ishemiyasi bo'lib, bunda qon aylanishi sekinlashadi. 20 foiz hollarda qo'l - oyoq shikastlanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling