O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
Epidemiologiyasi OIVning eng xavfli manbai gomoseksualistlar va. giyohvandlar (narkomanlar) dir. Gomoseksualistlar infektsiyani jinsiy yo’l bilan, narkomanlar esa parenteral shprits. orqali tarqatadilar. Bunday kasallik OITS bilan og`rigan bemordan va har qanday nosteral shprits hamda ignalar bilan venaga yuborilgan moddalar, qon va uning vositalari zararlanganda to’qima va a'zolar ko’chirib o’tkazilganda yuqadi. Respublikada OIV-infeksiyalarining ortishi 2000 yilning boshidan tomirdan giyoxvand moddalarni qabul qiluvchilarda kuzatildi, Ular 75% ni tashkil qiladilar, bularning yoshlari 18-34 yoshgachadir. Bundan tashqari OIV-epidemiyasi boshqa epidemiyalar bilan birga kelishi (jinsiy yo’l bilan, yuqadigan kasalliklar, giyoxvandlik, kasalliklarni ko’payishi) enidsituatsiyaning jiddiyligini ko’rsatadi.
Tarqalish yo’llari. Eng muhim yuqish yo’li jinsiy aloqadir. Gamaseksualistlar aktiv va passiv bo’ladilar. Baribir ikkovi ham OITSni tarqatishda katta xavf tug’diradi. Eng xatarligi shundan iboratki, bitta gomoseksualistning juda ko’p mijozlari bo’ladi. Bundan tashqari, gomoseksualist biseksualist tarzda, harakat qilib OITSni o’z oilasiga yuqtirishi mumkin. OITS - ona qornidan bolaga yo’ldosh orqali ham yuqushi mumkin. Trasplansentar yo’l (yo’ldosh orqali) OITS qo’zgatuvchi vertikal yo’l bilan onadan bolaga yoki tug’ruq paytida o’tadi. Undan tashqari, bola ona suti orqali zararlanishi ham mumkin. OITS virusi bemorning biologik suyuqliklari ( qon, qin suyuqligi, so’lak, ko’z yoshi va orqa miya suyuqligi) da va turli a'zolarda aniqlangan. Lekin ko’z yoshlari orqali zararlanish amalda uchramagan.OITS zararlangan bemorlar ko’z kasalliklariga tekshirilayotganda shifokorlar baribir e'tibor berishlari lozimdir. Shuni ta'kidlab o’tish kerakki, virusni yuqtirish omillariga tish cho’tkalari, qaychilar, soqol olish asboblari ham kirish mumkin. Xatna qilayotganda, tatuirovka, igna sanchib davolashda zararlangan ba'zi asboblar sog’lom kishiga ishlatilganda virus yuqushi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlarga ko’ra OITS virus qon so’ruvchi hashoratlar orqali o’tishini inkor etadi. OIV (VICH) virusi havo orqali, suhbatdan, yo’tal orqali o’tmaydi. Umumiy idish-tovoqlardan va boshqa kundalik buyumlar, sanitariya tarmoqlari, vanna va hakozolardan foydalanganda OIV(VICH) yuqtirish mumkin emas. OITS bilan kasallangan bolalar sog’lom bolalar bilan muloqatda bo’lganlarida maktabgacha yoshdagi bolalar, muassasalari va maktablarda virusning yuqushi kuzatilmagan. Patogenezi. OITSning virus odam organizmiga kirib T-limfotsitlar xelperlarga zararli ta'sir qiladi, natijada T-xelperlarning faoliyati susayadi va keyin ular halok bo’ladi. Ma'lumki, T-limfotsitlar- xelperlar odam organizmi immun sistemasida hal qiluvchi rol o’ynaydi. T- limfotsitlar-xelperlar va organizmda immunitet tanqisligi holatiga sabab bo’ladi.. Sog’lom organizmning immun sistemasi odatda atrof muhitdagi va odam ichidagi har xil mikroblar, viruslar, zamburuglar va sodda bir hujayrali jonivorlarning hujayralaridan saqlab shu bilan birga xatarli o’sma (rak) hujayralarining juda murakkab va ishonchli himoya vositasidir. Ana shu immun sistemasining faoliyatida T-limfotsitlari-xelperlar xal qiluvchi rol o’ynashini yuqorida ta'kidlab o’tdik, OIV aynan shu T-limfotsit-xelperlarga hujum qiladi, ularni qirib, organizmda immunitet tangisligi holatiga sabab bo’ladi. Natijada ilgari zarar qilolmayotgan xar xil saprofit mikroorganizmlar hujumga o’tadilar va turli-tuman kasalliklar rivojlanishiga sabab bo’ladi. Shu kabi ilgari ko’paya olmayotgan rak hujayralari ham bunday qulay vaziyatda tez sur'at bilan ko’paya boshlaydi. OIVT-limfotsit ichiga kirgach, u hujayra bilan bir-butun bo’lib ketadi.T- limfotsitlar- xelperlar oqsil moddalar sintez qiladilar va bu oqsil moddalardan yangi yosh viruslar paydo bo’ladi. Shunday qilib, T-xelperlar virusga xizmat qiladi. Organizmda T- limfotsitlar soni kamayib ketadi, qolganlarning faoliyat susayadi. OITS bilan ogrigan odam organizmida yuz beradigan immunitet tangligining moxiyati ana shundan iborat. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling