O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet96/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinikasi. OITSning klinik rivojlanishi bir necha davrga bo’linadi:
Kasallikni yashirin (inkubatsion) davri, 3-4 oydan 5-10 yilgacha davom etishi mumkin. Kasallik jinsiy yo’l bilan yuqsa yashirin davr qisqa bo’ladi. Gomoseksualistlarda yashirin davr 8 yilgacha davom etadi.
Kasallik boshlanishidan oldinga davr prodmal davri: 1 oydan 6 oygacha bo’lib nospetsifik ko’rinishda kechadi. Kasallikning o’tkir rivojlangan davri. Kasallik tugallanish davri.
OITSning klinikasi xar turli opportunistik (yondosh) infektsiya va invaziyalar hamda hatarli o’sma kasalliklarning simtomplekslari bilan xarakterlanadi. Ya'ni OITS ning o’ziga xos alohida simptomlari yo’q. Organizmda qanday mikroorganizmlar hujumga o’tgan bo’lsalar, o’shalar qo’zgatadigan simptomlari paydo bo’laveradi. OITS ning yaqqol ko’zga tashlanadigan simptomlari paydo bo’lganga qadar paradroma alomatlari ko’rinadi. Prodroma isitma, diareya limfoadenopatiya, darmon qurish, anemiya,depressiya, teri va shilliq pardalarda har turli virusli kasalliklar rivojlanishi va bemorning azob chekishi bilan, ta'riflanadi. Bemorning darmoni qurishi, vazni kamayishi, terlashi bilan, bir qator limfa tugunlarining kattalashuvi OITS ning dastlabki belgilari hisoblanadi.
OITS umuman asta- sekin boshlanadi. Shu sababdan inkubatsion davr bilan prodroma alomatlari boshlangan kunni aniqlash qiyin. Ikkinchi, tomondan, prodroma qachon tugashi va kasallikning asosiy simptomlari boshlanishini bir- biridan ajratish ham qiyin.
Bu davrning keyingi bosqichlarida yuqoridagi ko’rinishlarga ogiz bo’shlig’ida zambrug’lari paydo bo’lishi, doimiy yo’tal tutish, temiratki, umumiy qichima, teri kasalligi va Kaposha sarkomasi kabi havfli kasalliklar qo’shiladi.
OITSning shu ko’rinishlarining hammasi kasallikning o’tkir, klassik manzarasi namoyon bo’lishiga olib keladi, bu holat bemorda T-hujayrali immun tarmog’ining tanqisligi bilan bog`langan. OITSning klinik kechishi ber necha turga bo’linadi. Orttirilgan immun tanqisligi sindromining klinik belgilari. Kasallikning o’tkir rivojlanish davrida 25- 50% bemorlarda 3 kundan to 10 kungacha tana harorati 39°dan yuqorida bo’lib, angina, bezgak kuzatiladi, bo’yin limfa bezlari, jigar va taloq kattalashadi, terisiga toshma toshadi. Bemorda kasallik bir necha turda rivojlanadi:
1. Kasallikking o’pka turida bemorda pnevmotsistali zotiljam rivojlanib, o’pkaning ikkala bo’limi o’tkir yallig’lanadi, kasallik og`ir kechadi, nafas olish susayadi, nafas olganda ko’krak qafasi og`riydi.
2. OITSning me'da-ichak kasalligi turida surinkali ich ketish, og’iz bo’shlig’ida, qizilo’ngachda o’tkir yallig’lanish va ovqatning yaxshi o’tmasligi kuzatiladi. Bemorning vazni kamayadi, ko’krak qafasida og’riq paydo bo’lib ichidan qon ketadi.
3. OITS kasalligida markaziy asab sistemasi, zararlansa bemorning asabi buzilib, eslash qobiliyati susayadi. Bemorni xolsizlanish, bosh ogriq, ko’ngil aynishlar bezovta qiladi va muskullarida atrofiya kuzatiladi. Bemorlarning kaftida, barmoqlarida va oyog`larida sezuvchanlik yo’qoladi.
4.Teri kasalligi turida- Sarkoma Kaposha (terining rak kasalligi) kuzatiladi. Sarkoma Kaposha kasalligi 1872 yilda dermatolog M. Kaposha tomonidani aniqlanib yozilgan. Bu o’ta havfli kasallik bo’lib hisoblanadi. Kasallikning endimik turi Afrikada 1960 yilda kuzatilgan. Afrika xududida bu kasallik Amerikaga nisbatan ko’proq uchraydi.Kasallikning epidemik formasi 1980 yilda OITS bilan kasallangan yosh gomoseksualist erkaklarda kuzatilgan. Bemorning terisida, limfa bezlarida, me’da ichak va o`pkalarida dog`lar yoki bo’rtmachali toshmalar paydo bo’ladi. Bu suvli bo’rtmachalar to’qima va suyakkacha chuqurlashib boradi, hamda qattiq og’riq bo’lib, qon ketadi. Sarkoma Kaposha kasalligiga davo topilmagan.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling