O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Giyohvand moddalar quyidagi guruxlarga bo’linadi


Download 0.82 Mb.
bet99/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Giyohvand moddalar quyidagi guruxlarga bo’linadi:

  1. Ko’knoridan olinadigan giyohvand moddalar.

  2. Kanop o’simligidan olinadigan giyohvand moddalar.

  3. Sintetik— kimyoviy usulda tayyorlanadigan giyohvand moddalar.

Tarkibida kayf qiluvchi modda saqlagan tamaki, nos va spirtli ichimliklar kiradi.
Tarkibida toksik moddalar saqlagan preparatlar. Giyohvandlikning tarixi juda qadim zamonlar bilan bog’liqligi haqida anchagina ma'lumotlar mavjud, opiyning o’zginasi bundan 600-700 yil avval qo’llanilgan bo’lib, uning uxlatuvchi ta'siri O’rta er dengizi atrofi va orollaridagi xalqlarga ma'lum bo’lgan. Gippokrat opiyni kasalliklarni davolashda qo’llagan, Opiydan tayyorlangan eritma "laudanumon" deb nomlangan. Bu eritma yo’tal, ichburug`, uyqusizlik, og`riq, qon ketish, ozib ketish va quvvatsizlikda qo’llanilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab giyohvand moddalar murakkab jarrohlik muolajalarida (operatsiya) qo’llanilgan. Operatsiyadan keyin ham og’riqni qoldirish uchun bemorlarga opiy berilgan. Opiyga o’xshash moddaning narkotik ta'sirini Sharqiy O’rta dengiz xalqlari eramizdan oldingi 11 ming yillikda ham bilishgan. Janubiy Osiyoga opiyni eramizdan oldingi VI asrda Iskandar Zulqarnayn jangchilari olib kelishgan. XVII asrda u Hindistondan Sharqiy-janubiy Osiyoga tarqaldi, keyin Evropaga, o’tgan asrda Angliya, Xitoyga opiy keltirib turish huquqi uchun kurash olib bordi. Yaponiya esa Xitoy bilan Koreyani bosib olgan mahalda bu mamlakatlarda giyohvandlikni rasm qildi. Yaponlar opiy va uning perepatlarini oldiniga tekinga berishgan, keyin esa odamlar o’rganib qolgach, haddan tashqari qimmat bahoga pullashardi.
Narkotik moddani shunchalik qiziqish , tatib ko’rish natijasida unga o’rganib qolgan insonlarning 90 foizi qanday balolarga giriftor bo’lganlarini bilmaganlar.
Osiyo mamlakatlarida nasha chekish va opiy qabul qilish keng tarqalib ketdiki, keyinchalik opiydan geroin ajratib olindi, o’zi esa ko’knoridan olinadi. Geroin opiydan olinganligi bilan, undan 3 marta kuchli ta'sirga ega. Ko’pgina mamlakatlarda giyohvand moddalarni tabobat maqsadidan ko’ra, giyohvandlik maqsadida qimmatga sotishni afzal ko’radilar. O’rta Osiyoda ham nasha chekish, giyohvand moddaning asosini tashkil etuvchi ko’knori iste'mol qilish ilgari vaqtlarda keng tarqalgan. Bizga ma'lumki, giyohvand moddalarning tabiiy va sun'iy usulda olinadigan preparatlari qadimda ham, hozirgi vaqtda ham tibbiyotda keng qo’llanilib kelinmoqda. Chunki, giyohvand moddalar turli kasalliklarni davolashda, og’riqni qoldirishda, yo’talga qarshi, balg’am ko’chiruvchi, tinchlantiruvchi, uxlatuvchi, haroratni tushiruvchi, nafas va yurak faoliyatlarini yaxshilovchi kabi shifobaxsh ta'sirlarga ega.
Giyohvand moddalar inson organizmiga asosan markaziy asab sistemasi orqali ta'sir ko’rsatadi. Giyohvandlikning kelib chiqishini eng avvalo giyohvand moddaning ushbu mamlakatda etishtirilishi, agar etishtirilmasa, uning boshqa mamlakatlardan kirib kelishi (narkobiznes, kontrabanda, tranzit va xokazo) bilan bog’lash mumkin. Bundan tashqari giyohvandlikning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: hayotiy fiziologik hususiyatlar-kayf safoga irsiy moyillik, milliy etnik hususiyatlar, moddalar almashinuvining buzilishi, gormonal o’zgarishlar, asab va ruhiyatning o’ziga xos zaifligi, xarakter va irodaning bo’shligi, o’zini- o’zi boshqara olmaslik.
-Shaxsning ruhiy qarashlari va hayotiy tajribalari bo’lib, ruhiy va asabiy emotsional holatlardan qochish, unutish, o’zini tinchlantirish, atrofdagi o’tkir hissiyotlarga qiziqib, uni o’zida sinab ko’rish ishtiyoqining balandligi, qoniqmaslik, o’z-o’zini qondirishga intilish, havas qilish.
-Ijtimoiy omillar-maqtanchoqlik, to’qlikka sho’xlik, erkatoylik, manmanlik, do’stlari orasida yuqori mavqega ega bo’lish maqsadi, oilada, ota-ona va tarbiyachi pedagoglar tarbiyasining etishmasligi, qarovsiz qolish. Begona, shubhali do’stlarning ko’payishi, guruhlarga tushib qolish, ishning yurishmay ishsiz bo’lib qolish. Ishqiy mojarolar, kamsitish kabilar.
Xulosa qilib aytganda, giyohvandlikka sabab bo’luvchi, omillar juda ko’p, eng asosiysi bu irodasizlik, o’z- o’zini boshqara olmaslikdir.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling