Birinchi bosqich- adaptatsiya- moslanish (organizm reaktivligining o’zgarishi va ruhiy bog’lanishning vujudga kelishi).
Ikkinchi bosqich-jismoniy qaramlikning vujudga kelishi, giyohvand moddani istemol qilishni xohlamaganda ham organizmda giyohvand moddani qabul qilishga talabning hosil bo’lishi.
Uchinchi bosqich-organizm barcha sistemalarining izdan chiqishi, ruhiyatning o’zgarishi, bu bosqichda giyovandlar tez qo’zg’aluvchan bo’lib qoladi, jinoiy ishlarni amalga oshiradilar.
Tolerantlik-ayrim dori vositasi yoki zaharli moddalarni uzoq muddat qabul qilish natijasida ular ta'sirining susayishidir. Bunday holat ko’pincha dorilarning yaxshi so’rilmasligi, metabolizmga tez uchrashi va organizmdan tez chiqib ketishi yoki hujayra to’qimalar sezuvchanligining pasayishi natijasida kelib chiqadi. Morfin, nasha, marixuanalarni qabul qilish tufayli ham tolerantlik vujudga keladi. Tolerantlik-giyohvandlik va alkogolizmda tolerantlik ing o’zgarishi jismoniy va ruhiy bog’liklik shu bilan birga ko’zga ko’rinarli darajadagi abstinent(xumorlik) holat yuzaga keladi.
Xumorlik (abstinent sindrom)-kishida betoqatlik, salbiy ,yomon his-to’yg’ularni keltirib chiqaruvchi organizmning og’ir holati xisoblanadi. Masalan, ichkilikboz alkogolni ichishni to’xtatib o’zini yomon his qiladi. Boshi og’riydi, oyoq-qo’llari qaqshab, qaltiraydi, ko’ngli aynib, qusadi. Asabiylashish, jizzakilik, xavotirlanish paydo bo’ladi. Kayfiyati pasayadi, uyqusizlik, gallyutsinatsiya (yo’q narsalarning ko’zga ko’rinishi) titrash, alahlash kabi kasallik belgilari kuzatiladi.
Giyohvand moddalarni qabul qilish to’xtatilganda, giyohvandning ahvoli bundan ham og’ir kechadi.Og’ir hollarda o’z joniga qasd qilish yoki o’lim hollari yuz berishi ham mumkin.
Giyohvand moddalarga kanop o’simligidan olinadigan moddalar: nasha, marixuana, bang, xusus, plan, xaras, dagga, opiy preparatlari: morfin, geroin, kokain kabilar kiradi. Giyohvand moddalarning turlariga qarab, odamda giyohvandlik turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |