O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet103/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

N A S H A V A N D L I K .
Nasha qadimgi giyohvand moddalardan biri hisoblanadi. Nasha kanop o’simligidan olinadi. U maxsus hidga ega bo’lgan modda, tarkibidagi giyohvand ta'sirga ega bo’lgan modda 1964 yilda ajratib olingan bo’lib, sintez qilingan modda 9-tetragidrokannabiol deb ataladi. Nasha tabobatda qo’llanilmaydi. Uni yashirincha yo’llar bilan nasha changini yig’ish yo’li bilan olinadi.
Nashani turlicha iste'mol qilish mumkin, shu jumladan chaynash, chekish, ichimlik tayyorlib ichish hokazo. Birinchi marta chekilganda ko’ngil aynishi, og’iz achishishi, so’lak ajralishi, engil bosh aylanishi xollari kelib chiqadi.
Bunga qaramasdan chekish davom ettirilaversa, bu holatlar o’tib ketadi va o’rnini tashna bo’lish, ochlik hamda shilliq pardalarning qurishi egallaydi. So’ngra badanga issiqlik yuguradi va butun tanaga yoyiladi. Engil tortish, vaznsizlik kuzatiladi. Sakrash, raqsga tushish hoxishi paydo bo’ladi, odam ko’p kuladi, sal harakatlanish, gavda holatini biroz o’zgartirish to’xtovsiz kulgiga sabab bo’ladi ya'ni eyforiya holati paydo bo’ladi. Fikrlash sur'ati tezlashadi. So’zlar, ko’p gaplar tartibsiz, lekin aniq bir fikrni ifodalamaydi. Atrofdagilar bilan muloqotni yo’qotadi, ularning u bilan xursandchilik qilmayotganligidan ajablanadi, goh jahldor, goh xushchaqchaq holat —ekzaltatsiyaga olib keladi. Turli fantaziyalar va illyuziyalar paydo bo’ladi. Ovozlar kuchli jarangdor bo’lib eshitiladi. Bularning hammasi nasha mastligining birinchi (qo’zg’alish) fazasida sodir bo’ladi.
Ikkinchi faza tushkunlikka tushish fazasi bo’lib, ranglar xira ko’rinadi, illyuziya va fantaziyalar yo’qoladi, fikrlash tormozlanadi, qo’rquv paydo bo’ladi, kayfiyat yomonlashadi.
Nasha mastligining belgilari qabul qilingan narkotikning miqdoriga, soniga, kishining oliy nerv faoliyatiga bog’liq bo’lib, undan o’tkir mast bo’lish bir soatgacha davom etadi va og’ir uyqu, behollik bilan davom etadi.
Nashani ko’proq iste'mol qilish, es-hushning aynishi, ko’rish, eshitish gallyutsinatsiyalari, vasvasa g’oyalari hamda keskin qo’zg’alish bilan yuzaga chiqadi, bu vaqtda inson hech narsadan qaytmaydi va juda og’ir jinoyatlar sodir etishi mumkin, 2-6 oy muntazam nasha qabul qiluvchilarda psixasteniya, xotira pasayishi, atrofidagi yaqinlari va do’stlariga nisbatan qiziqishi hamda ular bilan muloqotini yo’qotish holatlari kelib chiqadi.
M O R F I NIZM
Ushbu gurugga opiy va uning preparatlari-pantopon, omnopon, laudonon, pektol, opionon kabi 20 ga yaqin alkoloidlar hamda opiy hosilalari- morfin, kodein, tebain, geroin, dionin, papaverin, narkolen, shuningdek fenadol va promedol ham kiradi.
Morfin tipidagi narkotiklar ko’knoridan olinadi. Uni ichish, teri ostiga, vena ichiga yuborish yoki chekish orqali qabul qilinadi. O’limga olib keladigan sof dozasi 0,3—0,5 g.
Morfindan o’tkir zaharlanish natijasida kuchli qo’zg’alishlar yuzaga keladi. Bu eyforiya (kayfi safolik) deb ataladi. Ayni vaqtda og’iz qurib, tanaga issiq yugurganday bo’ladi, odam bo’shashadi, boshi og’riydi, terlaydi. Siydik ko’p ajraladi. Yurak va nafas ritmi buziladi.
Es —hush o’zgaradi. Ko’karish, qonli ich ketish, teri qichishish, toshmalar toshishi, yuzi ko’karib qizarishi kuzatiladi, so’ngra mudroq bosib chuqur uyquga ketadi.
Narkotikni qabul qilgandan keyin beg`amlik, xotirjamlik, eyforiya (hamma narsadan mamnunlik), ba'zan illyuziya kuzatiladi, 30-40 minutdan keyin eyforiya o’rnini mudroq bosadi.
Morfinga bo’lgan abstinentsiya (xumorlik) uni oxirgi marta qabul qilgandan keyin bir necha soat o’tib boshlanadi va 5—7 kun davom etadi. Bu paytda terlash, ko’z yoshi oqishi, burundan suv kelish, qaltirash, ko’ngil aynish, qusish, harorat ko’tarilishi, nafas tezlashishi, muskullar og`rishi, organizmda suvsizlanish kabi holatlar paydo bo’lib, xatto o’lib qolish hollari uchrashi mumkin.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling