O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Giyohvand moddalar ikki xil usulda olinadi


Download 0.82 Mb.
bet100/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Giyohvand moddalar ikki xil usulda olinadi:
1.Turli o’simliklardan tabiiy usulda olinadigan preparatlar.
2. Turli kimyoviy moddalardan sun'iy usulda olinadigan narkotik moddalar.
Ko’knori, kanop va boshqa o’simliklar tarkibida narkotik moddalar saqlanadi. Ko’knori o’simligining nomi lotincha "raravez Somifezum" bo’lib, u bir yillik o’simlik hisoblanadi. Uning 100 dan ortiq turi ma'lum, O’zbekistonda ko’knorining 5 xili uchraydi. Ko’knorning moyli, uxlatuvchi, opiyli turlari ko’p ekiladi. Uxlatuvchi ko’knorining urug’i mayda bo’lib, tarkibida 48-50 foiz yog’ bor. Moyli ko’knori urug’idan oziq-ovqat sanoati va texnikada ishlatiladigan moy olinadi. Bu o’simlik Ukraina, Tatariston va Q’arbiy Evropada ekiladi. Opiyli ko’knori esa Osiyo mamlakatlarida ekiladi. Opiyli ko’knori asosan opiy (afyun) olish uchun ekiladi, Opiyli ko’knorini Osiyo mamlakatlari (Eron, Hindiston, Pokiston Qozog`iston) ekib etishtiradilar. Shuningdek Tojikiston, Turkmanistonda ham oz miqdorda bo’lsada yashirib ekishadi. Afg’oniston bu borada eng oldingi o’rinni egallaydi.
Opiyli ko’knorining bir tupida 20 ta va undan ortiq gul bo’lib mevasi tuxumsimon yoki sharsimon bo’laklar urug`lar bilan to’lgan bo’ladi. Urug’ida, ayniqsa urug’dan tashqari mevasida juda ko’p alkaloidlar mavjud bo’lib, organik va mineral moddalardan tashkil topgan. Tarkibida 2 foiz alkaloidlar, karbon suvlar, organik kislotalar, trietelpen birikmalar, kauchuk, buyoq, pektin, oqsil, shilliq va boshqa moddalar bor. Ko’knorining bu turidan 26 xil alkaloid ajratib olingan bo’lib, eng ko’p uchraydigani morfin( 8- 16 foiz), nartsein, tebanin va boshqalardir. Ko’knorini arablar "afyun", o’zbeklar "qora dori" deyishadi.
"qora dori" (opiy) preparatlari uch xil ko’rinishda bo’ladi:
1.Ko’knorining bargi va somonchalarini maydalab tayyorlangan quruq, jigarrang tusdagi kukun- "ko’knori somonchalari".
2. Ko’knor boshoqining bir kismi, to’q, jigarrang tusli opiy mahsuloti, 1-1,5 sm shakldagi kulchalar shaklida bo’ladi- "xanka” deb yuritiladi.
3. Opiy shimdirilgan qattiq, jigarrang matodan tayyorlangan "bintlar" va "dokachalar". Ishlov berilmagan o’simliklardan olingan opiy narkotiklari tilga tegizilganda, burishtiradi. Kanop bir yillik o’simlik bo’lib, undan turli preparatlar tayyorlanadi. "Marixuana"-kanop o’simligining quritilgan yoki quritilmagan o’tga o’xshash mahsulotidir.
Nasha-ildizi o’q ildiz, poyasi qirrali, barglari panjasimon, cheti arra tishli, tukli. Nasha issiqsevar va nam sevar, mevasi yong’oqcha, po’sti qattik, o’simlik. Nasha urug’i tarkibida 30-35 foiz yog’ va 23-25 foiz oqsil bor. Nashaning turli navlaridan olinadigan giyohvand moddalarga marixuana, gashish, bang, kif, xusus, plan, xaras, dagga va boshqalar kiradi. Bu o’simliklarning vatani Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika mamlakatlari hisoblanadi.
Nashaning tarkibidagi aromatik aldegid kanabiol asosiy narkotik ta'sir ko’rsatadi. Uning ozgina miqdori mastlik holatini yuzaga chiqarishda katta rol o’ynaydi.
Bangidevona-torondoshlarga mansub bir yillik o’simlik bo’lib, butasimon o’simlikdir. O’simlikning urug`i zaharli tarkibida giyohvand modda g. aylanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling