O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Suyak siniqlarining quyidagi siljishlari farqlanadi


Download 0.82 Mb.
bet90/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Suyak siniqlarining quyidagi siljishlari farqlanadi:
1. Uzunasiga siljishi.
2. Yon tomonga siljishi.
3. Burchak hosil qilib siljishi.
4. Siniq qismilarining iz o’qi atrotida aylanishi natijasida kelib chi'quvchi periferik siljishi (potatsion siljish).
Sinishning klink belgilari. Suyak sinishining klinik belgilari umumiy va mahalliy belgilarga bo'linadi. Umumiy belgilarga ko'pincha travmaiik shok, zararlangan to'qimalarning yemirilishi natijasida organizmda zaharlanish alomatlari kiradi.
Mahalliy belgilar: Og'riq, deformasiya, a'zo funksiyasini buzilishi, singan joyda qo'shimcha harakat paydo bo'lishi, qo'l-oyoqning qisqarishi yoki uzayishi, qon quyilishi va boshqalar.
1. Og’riq shikastlanish paytida yuz berib, uning kuchi, davomi, suyak parchalarining dislokasiyasi (siljishi), suyak usti pardasi, nervi va boshqa yumshoq to'qimarning zararlanishiga, gematomaning hajmiga bog'liq. Harakat qilganda og'riq kuchayadi, osoyishtalikda og'riq kamayishi yoki butunlay bo'lmasligi mumkin.
2. Deformasiya-singan joy shaklining o'zgarishi. Uni zararlangan sohada qo'l-ovoqni sog'lom qol-oyoq bilan taqqoslab ko'rilganda aniqlash mumkin.
3. Suyaklar funksiyasining buzilishi-hamma sinishlar uchun xos bo'lib, uzun naysimon sinishlarda kuzatiladi.
4. G’ayritabiiy harakat sinishning to'g'ridan-to'g'ri belgisi bo'lib, uzun naysimon suyaklarda aniq namoyon bo'ladi (ayniqsa, yelka va son suyaklari singanda).
5. Qo’l oyoqni qisqarishi mushaklarning spastik qisqarishi natijasida suyak sinib, uzunasiga siljiganda yuzaga keladi
6. Shish va qon quyilishi singan joyda har hil bo'lishi mumkin.
Yelka suyagi singanda, atrofidagi yumshoq to'qimaga 0,5-0.75 litrgacha, son suyagi zararlanganda 1,5-2 litrgacha qon quyiladi.Agar qon quyilishi chuqurroqda bo'lsa, bir necha soatdan hatto bir necha kundan so'ng namoyon bo'ladi. Kuchli shishlarda, terining yuqori qavatida pufakchalar hosil bo'ladi. 7.Krepitasiya (suyaklar qirsillashi) suvak sinishining aniq belgisi bo'lib, qo'l-oyoqni harakat qildirganda paydo bo'ladi, u suyak siniqlarining bir-biriga tegib, ishqalanishi natijasida kelib chiqadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling