O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet88/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Sovuq urishlar tasnifi: sovuq urishning 4 darajasi farq qilinadi.
Sovuq urishning birinehi darajasida to'qimaning 40 daqiqadan 60 daqiqagacha sovuq urishi faqatgina teriga ta'sir qiladi, vaqtincha qon aylanishi buziladi. Sovuq ta'sirida teri rangsizlanadi, qonsizlanadi va qotadi. Soha isitilishi bilan tomirlar spazmi kamayadi, giperemiya fazasi boshlanadi. Shikastlangan to'qimada shiish paydo bo'ladi. 1-2 hafta ichida qon alanishi normal bo’ladi, sovuq urish belgilari yu’qoladi. Teri issiq, qizargan, ba'zan qo'ng'ir ko’k rangda bo'ladi, shish vujudga keladi, "sovuq urish bezi" ko’k-qizil rangni eslatib, og'riydi, qichishadi. 2-darajali sovuq urishda terining malpigiy qavatigacha yuzaki nekroz bo'ladi. Sovuq ta'sirida tomirlar spazmi kuchli va uzoq davom etadi, so’ngra to'qirmalarnnig isitilishi, ularni kislorod yetishmovchiligiga olib keladi. Terida pufakchalar hosil qiladi, og'riq bo'ladi va shishadi. 3-darajali sovuq urishda terining chuqur qavatlari va teri osti yog’ kletchatkasi zararlanadi.
4-darajali sovuq urishda terining chuqur qavatlari hatto suyaklar ham nekrozga uchraydi. 4-6 sutka o'tgach anit o'lgan to'qimalar belgilanadi, nekroz chuqurlasha boradi. Sovuq urgan tovon, panjalar 4 hafta ichida, tovon esa 1-2 oy orasida uzilib tushadi.
Sovuq urishida birinchi yordam ko'rsatish.
Sovuq urishini reaktiv davrida davolash, tomirlar spazmini yo’qotishga qaratilgan bo'lib, bunda kislorodga bo’lgan extiyojni qondirish zarur. Mahalliy soha spirt, gibitan suyuqligi yoki teri rangiga ta'sir qilmaydigan antiseptik moddalar bilan dezinfeksiya qilinadi va isituvchi steril doka, pazta bog’lab qo’yiladi. Sovuq urgan sohaga issiq grelka yoki kompress qo’yiladi, sovuq olgan sohaga mаz yog' surtmaslik kerak. Вemoг zudlik bilan kasalxonaga yetkazilishi lozim.
ELEKTR TOKIDAN SIKASTLANISH
Sanoat, qishloq xo’jalrgi va kundalik vayotda elektrlashtrishni ko'p qo'llash, elektr tokidan shikastlanishlar sonini ko'paytirib yubordi. Elektr simlarining ikkala qutbini ushlaganda tokdan shikastlanish riyobga keladi, bu boshqa kuyishlardan farq qiladi. Elektr tokining ta'sir qilishi uning kuchiga, kuchlanishi va ta'sir davomiyligiga bog'liq bo'ladi. Elektr tokining ta'siri natijasida elektroliz (bug' yoki gaz hosil bo'lishi) ruyobga kelib, suyakda fosfor tuzlari eriydi. Yuqori kuchlanishdagi shikastlanish nafaqat terini balki mushak va suyaklarni ham zararlantiradi. Mushak ko’chadi, "tunel" paydo bo'lib, qontalash kuzatiladi. Bu o'zgarishlar tokning kirish, shuningdek, chiqish joylarida ro'y beradi. Elektr tokidan shikastlangan sohada sarg'ish- qing'ir yoki kulrang kuyish jarohatlari yuzaga keladi. Ular odatda katta bo’lmasdan 2-3 mm, o'rtasi past va atrofi do’mboqcha kabi ko’tarilib turadi. Termik kuyishdan farqli elektrdan kuyishda giperemiya va og’riq bo'lmaydi. Bu belgilar tok chiqish joyida mavjud bo'lishi mumkin. Chuqurligini qiyin, ba'zida mushak, nerv qon – tomirlar, suyaklar zararlanishi, tok o'tgan sohada tunel yoki bo'shliqlar hosil bo'lishi mumkin. Elektr tokidan shikastlanganda mahalliy va umumiy belgilar kuzatiladi.
Umumiy belgilar har hil buladi, u tokning ta'sir qilish davriga bog'liq. Yengil hollarda qo’rquv, darmonsizlik, hushdan ketish, ko'ngil aynishi kuzatiladi. Og'ir hollarda esa shok belgisi chala o'lim holatiga ham sabab bo'ladi. Shikastlanganda nafas olishning to'xtashi, yurak fibrillyasiyasi yuzaga keladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling