O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Elektr toki urganda birinchi yordam ko'rsatish


Download 0.82 Mb.
bet89/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Elektr toki urganda birinchi yordam ko'rsatish.
1. Elektr toki ta'sirini zudlik bilan to'xtatish zarur. Butun zanjirdan tokni uzish, tayoq bilan yoki rezina qo'lqop bilan simni olib tashlash mumkin.
2. Nafas olish va qon aylanish to'xtagan bo'lsa sun'iy natas oldiriladi va yurakni tashqi massaj qilish zarur.
3. Kuygan joyga bog’lam qo’yish zаrur.
4. Bemorni isitish, issiq choy yoki kofe berish lozim.
5. Shikastlangan kishi texda kasalxonaga etkaziladi.
Suyaklar sinishi ko'p uchraydigan shikastlar turiga kiradi va mexanik ta'sir hamda patologik o'zgarishlar natijasida suyaklar butunligining buzilishi bilan ifodalanadi. Suyaklar sinishi каttа qon tomirlarning shikastlanishiga sabab bo'ladi va og'ir qon ketishiga olib keladi. Shuningdek, singan suyak zarbidan hayotiy muhim organlarning, jarohatlanishi ko'ngilsiz voqealarga olib kelishi mumkin: masalan, kalla suyagi va umurtqa pog'onasi zararlanganda bosh yoki orqa miya butunligi buziladi, chanoq suyaklari sinsa, qovuq, to'g'ri ichak yoki siydik yo'lini, qovurg'alar singanda esa plevra va o'pkalarni, kamroq jigar, taloq va yurakni zararlantirish mumkin.
Har bir ochiq sinish infeksiya kirishi uchun uchoq hisoblanb, mahalliy- yiringlashdan tashqari, osteomielit, ummiy yringli infeksiya esa sepsisni keltirib chiqarishi mumkin.
Travmatik va patologik suyaklar sinishi farqlanadi. Ta'sir qilgan joyda suyak sinishi mavjud bo’lsa, bevosita suyaklar sinishi, ta'sir qilgan joydan uzoqroq soxada sinish paydo bo'lsa, u bilvosita suyaklar sinishi deyiladi.
Travmalik sinish suyakka uning qattiqligini yenguvchi, mexanik kuch ta'sir qilish natijasida kelib chiqadi. Kuch ta'sir qilish mexanizmiga ko'ra, bunday suyaklar sinishi quyidagi turlarga bo'linadi: a) egilgan; b) burilgan; v)qisitgan: d) uzilgan sinishlar.
Patologik suyaklar sinishi sabablariga: suyakning har xil kasalliklari osteomielit; o’sma, qon kasaliklari, irsiy kasalliklar, nerv tizimining ayrim kasalliklari, shuningdek, moddalar almashiniivining buzilishi kabilar kiradi. Suyaklar sinishi ochiq va yopiq suyaklar sinishiiga bo'linadi. Suyaklarning ochiq sinishi deb jarohat hosil qiluvchi, teri butunligining buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga aytiladi. Teri butunligi shikast yetkazuvchi predmet yoki suyak siniqlarining ta'siri natijasida buzilishi mumkin. Suyaklaniing yopiq sinishi deb teri bulunligi buzilmagan holda ro'y beruvchi suyak va uning atrofidagi to'qinalar ning shikastlanishiga aytiladi. Suyaklar sinishi to'liq, to'liq bo'lmagan suyak yorilishlariga bo'linadi. Suyakning to'liq sinishida suyak butunligi to'liq buziladi, suyaklarning to'liq bo’lmagan sinishida esa suyakning bir qismi zararlanadi.
Singan suyak qismlarining siljishi yoki siniqlar o'z joyini o'zgartirishi (dislokasiya) bilan kelib chiqadigan shikastlanish, mexanik ta'sirotning kuchi, og'irligi, spastik tarzda qisqargan mushaklar yoki suyaklaning og'irligi ta'sirida vujudga keladi. Suyak siniqlari siljiganda, siljib ketgan suyak sinishi, agar suyak siniqlari o’z joyida qolsa, dislokasiyasiz - siljimagan sinish deyiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling